Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
7-chempionat 2-tur o’yinlari yakuniga yetdi
16 Mart, 2013

7-chempionat 2-tur o’yinlari yakuniga yetdi

Photo CupSevimli portalning sevimli loyihasi davom etmoqda. Yulduzlarning fotosuratlari o’rtasida kechayotgan chempionatlarning yettinchisida 2-tur o’yinlari yakuniga yetdi. Nimchorak finalchilarning bir qanchasi hoziroq aniq bo’lib ulgurdi. Xo’sh, ular kimlar? Bu savolga hoziroq javob topishingiz mumkin.

7-fotosuratlar chempionatining 2-tur o’yinlariga bag’ishlangan maqolamizni boshlaymiz.
A-guruhidan nimchorak final o’yinlariga chiqadigan ishtirokchilar nomi aniq bo’lib ulgurdi. Guruhning favoritlari qatoridan o’rin olgan Rayhon hamda Shohruhxon bu safargi uchrashuvlarda ham mag’lubiyatga uchrashdi. Qayd etilgan natija bilan ular nimchorak final yo’llanmasidan butkul umidlarini uzishdi. 7-chempionatda yaqqol ajralib turgan rasmlardan biri Nyushaning fotosurati ekanligi shundoq ham ma’lum. Natija ham bu ayni haqiqat ekanligini isbotlab turibdi. «Photo Cup» loyihasi debyutanti Robert Downey Jr. ham kutilmagan g’alabalar bilan nimchorak masalasini muddatidan oldin hal qilib bo’ldi. Qoyil!
B-guruhida ham nimchorakchilar nomlari aniq. G’arb yulduzi Selena Gomez hamda bir necha chempionatlarimizda yaxshi natijalar ko’rsatib kelayotgan Katrina Kaif chempionlik uchun kurashni davom ettiradigan bo’ldilar. Hind kinosining yana bir vakilasi, jahon go’zali Aishwarya Rai hamda Ulug’bek Rahmatullaev ham chempionatdagi yurishini shu yerda yakunlaydi. 3-turda kechadigan uchrashuv chempionatda hech qanday ahamiyat kasb etmaydi endi.
C-guruhida biroz chigal vaziyat. Garchi Asal Shodieva chempionatdagi asosiy raqibasi Gulnora Qosimovadan ustun kelib, guruh taqvimida 1-o’rinda ketayotgan bo’lsada guruhdan chiqa olmasligi ham mumkin. Buning uchun 3-tur o’yinlarida Oybek va Nigora Asal Shodievani yirik hisobda mag’lub etishiga to’g'ri keladi. Guruhda qolib ketishi deyarli yaqqol ko’rinib turgan Rihanna ham agar biror bir mo’jiza yuz bersa nimchorakda ishtirok etishi mumkin. Hozircha esa Rihannaga uzr…
D-guruhi. Lola Sardor Rahimxon ustidan ishonchli g’alabaga erishdi. «Gangnam Style» taronasi bilan dunyoni «portlatgan» «PSY» guruhi esa futbol yulduzimiz Odil Ahmedovdan ustun keldi. Biroq, hammada birdek imkoniyat saqlanib qolgan. Eng yaxshi imkoniyat Lolada bo’lsa, eng yomon natija Sardor Rahimxonda.
E-guruhida haqiqiy kurash kechdi. «O’lim guruhi» sifatida tariflanayotgan ushbu guruhda turning markaziy uchrashuvi Shahzoda hamda Kareena Kapoor o’rtasida bo’lib o’tdi. So’nggi daqiqalargacha kechgan kurashda Shahzodaning g’alabasiga hech kim shubha qilmayotgan edi. Biroq, so’nggi daqiqalar Kareena Kapoor foydasiga ishladi. Murosasiz kurashda Kareena g’alaba qozonib, guruhning yakka peshqadamiga aylanib oldi va nimchorak final yo’llanmasini naqd qilib qo’ydi. Shakira — Doston Ubaydullaev uchrashuvida esa jahon yulduzi Doston Ubaydullaevga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Endi ikkinchi yo’llanma uchun Shahzoda va Shakira o’rtasida kurash kechadi. Doston Ubaydullaev esa 3-turda 7-chempionat bilan hayrlashuv uchrashuvini o’tkazadi.
F-guruhiga nazar tashlasak bu yerda ham nimchorak finalchilarni yaqqol ajralib turganini ko’rishimiz mumkin. Ular Zarina Nizomiddinova hamda Farruh Soipov. Aktyorlardan iborat bu guruhda qolib ketganlar ichida Ubaydulla Omon va hind aktyori Shahrukh Khan bor.
G-guruhi. Bu guruhda chempionlik uchun haqiqiy davogar turibdi. 6-fotosuratlar chempionati chempioni Shahzoda Muhammedova g’alabali yurishlarini hech ham to’xtatmayapti. Navbatdagi g’alaba Zamzama ustidan qozonildi. Guruhning ikkinchi o’yinida Dima Bilan va Iker Casillas qarama-qarshiligiga guvoh bo’ldik. Dima Bilan taniqli darvozabon darvozasiga bemalol «gol» urib, g’alaba qozondi. Ammo, nimchorak yo’llanmalari hali o’z egasini topgani yo’q.
H-guruhida Cristiano Ronaldo qiyinchilik bilan Necati Sasmaz ustidan kichik hisobda g’alaba qozondi. Adiz Rajabov esa «Fayoz» guruhidan ishonchli g’alabaga erishdi. Nimchorak finalda kimlar ishtirok etishi 3-tur o’yinlaridan so’ng hal bo’ladi.

2-tur o’yinlari natijalari bilan tanishish va 3-tur o’yinlarida ishtirok etish uchun yo’llanma


Muallif: | Bo'lim: Photo Cup | 177 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *