Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Dek, 2012

«Photo Cup» 2013 yilgi chempionatlarga tayyor!!!

Photo Cup2012 yilning ilk soniyalaridan start olgan «Photo Cup» loyihasi mana 1 yillik yubileyini nishonlashga ham tayyor turibdi. Mana shu o’tayotgan yil davomida mazkur loyiha ozmi-ko’pmi o’z muxlislarini topa oldi. Ketma-ket har 2 oyda bir o’tkazilgan chempionatlar bizga hayajonli daqiqalarni juda ko’p bor taqdim etdi. Shu hayajonli daqiqalarda biz bilan birga bo’lgan barcha muxlislarni kelayotgan yangi yil bilan, qolaversa «Photo Cup» loyihasining 1 yilligi bilan chin dildan muborakbod etamiz.

«Photo Cup» loyihasining 2012 yildagi yakuniy bosqichida, ya’ni «Yil fotosurati» nomini qo’lga kiritishda bo’lib o’tgan kurashlar ham juda keskin tus olgani yodingizda bo’lsa kerak. «Yil fotosurati» nomini qo’lga kiritgan Shahzodani ham alohida tabriklab qolamiz. Kelgusi yilda Shahzoda qolgan yulduzlarga ham imkon qoldiradi, degan umiddamiz (albatta hazil! Kim kuchli bo’lsa o’sha g’olib bo’laversin!).
2013 yilning 1-chempionati, hisob bo’yicha 6-chempionat uchun qur’a tashlash va saralash o’yinlari o’tib bo’ldi. Hamma ishtirokchilar o’z guruhini va ishtirok etadigan rasmlarini aniqlab ham bo’ldilar. Yangi yilda, yangi chempionatlarni boshlash uchun hammasi tayyor. 2013 yil 1 yanvardan boshlab siz www.photocup.sb.uz saytida yana yangi chempionni aniqlash uchun ovoz berishda ishtirok etishingiz mumkin. Quyida 6-chempionat uchun qur’a tashlash va saralash bosqichlaridan so’ng hosil bo’lgan guruh jadvalini ko’rishingiz mumkin.

6-chempionatda ishtirok etadigan fotosuratlarning guruh jadvali va joylashuvi uchun yo’llanma


Muallif: | Bo'lim: Photo Cup, Portal loyihalari | 555 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *