Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Dek, 2012

«Photo Cup» 2012 yilgi so’nggi o’yinlarini o’tkazadi!!!

Photo CupVaqt juda ham tez o’tgandek go’yo. Yaqindagina start olgan «Photo Cup» loyihasida 5ta chempionat o’yinlari o’tkazildi. Har bir chempionat g’olibi, yilning eng yaxshi fotosurati nomi uchun kurash olib bordi. Natijada esa hozir so’nggi hal qiluvchi bosqich ostonasida turibmiz. Demak, yana sanoqli kunlardan so’ng 2012 yilning eng yaxshi fotosurati nomini kim qo’lga kiritganini bilib olish imkoniyatiga ega bo’lamiz.

«Yil fotosurati» nomiga ega chiqish uchun kurashlar boshlanganiga ham 1 oydan oshdi. Unda ishtirok etgan 5 nafar yulduzlar Shahzoda, Shohruhxon, Gulchehra Eshonqulova, Lola va Shahzoda Matchonova kuchli raqobatga kirishgan bo’lsalarda yakunda bir g’olib qolishini hammalari yaxshi bilar edilar. Mana shu g’olib nomi ham deyarli aniq bo’lib ulgurdi. Hozirda yakkapeshqadamlik qilayotgan yulduzimiz Shahzodaning fotosurati «Yil fotosurati» deb rasman tan olinishi uchun oldinda kutib turgan 7 kunlik ayovsiz kurash qarshilik qilmoqda. Agarda kutilmagan natija yuzaga kelmasa Shahzoda g’olib, deb rasman tan olinadi. Aksincha bo’lishi uchun esa Shahzoda Matchonova Gulchehra Eshonqulovani 100dan ortiqroq ovoz nisbatiga ko’ra yutishi va shu bilan birga Lola ham Shahzoda ustidan 50-60dan ortiqroq ovoz nisbatiga ko’ra yutishi talab etiladi. Bu natijalar esa qayd etilmasligi 99% aniq, desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Zero, Shahzodaning muxlislari so’nggi turda ham o’z sevimli yulduzlarini qo’llab-quvvatlashlariga shubha yo’q. Mayli, biz bir chetda turib natijani kuzatamiz. Biz uchun kuchlilar g’alaba qozonishi muhimroq! Kim kuchli bo’lsa, ana o’sha «Yil fotosurati» nomiga egalik qilaqolsin.

So’nggi tur natijalari bilan tanishish va keyingi turda ovoz berish uchun yo’llanma


Muallif: | Bo'lim: Photo Cup, Portal loyihalari | 249 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *