Oybek va Nigora — «PhotoMania»!!!
Bugun payshanba. Har haftaning payshanba kuni SB.uz portali o’zining yangi loyihasini taqdim etadi. Har haftada bir bora yulduzlardan birini hamkorimiz «The Best Studio» studiyasiga taklif qilib, maxsus fotojamlanma uchun fotosuratlarga muhrlanadi. Bu fotosuratlar esa albatta bizning portalimiz muxlislari uchun eksklyuziv ravishda taqdim etiladi. Bizning navbatdagi yulduzlarimiz Oybek va Nigora dueti.
«PhotoMania»ning navbatdagi mehmoni yuqorida aytganimizdek Oybek va Nigora juftligi. Ularning ijodiga qiziquvchi muxlislar uchun yangi fotosuratlar juda ham manzur bo’ladi, degan umiddamiz. SB.uz portali «The Best Studio» studiyasi hamda «7×7″ gazetasi hamkorlikdagi loyihasi hisoblangan «PhotoMania»da professional fotoustalari Mr.Ishmael hamda Oybek Maksudoff turli ko’rinishlarda fototasmaga yulduzlarni muhrlab, chiroyli montaj qilgan holda muxlislar e’tiboriga tortiq etishda o’z imkoniyatlarini ishga solmoqdalar. Marhamat, fotosuratlardan bahramand bo’ling.