Jahongir.uz — Orzular bekati
SB.uz portalining «Flash kliplar» loyihasi internet olamida o’ziga xos, yangilik tarzidagi loyiha hisoblanadi. Mazkur loyihada biror bir mashhur yulduzning qo’shiqlaridan biri uchun flash (swf) formatda klip tayyorlanadi. Bu klip oddiy kliplardan farq qilib, unda asosan turli obrazlar yaratilgan holda qiziqarli, yumorga boy tarzda ishlab chiqiladi. Demak, Jahongir.uz ijrosidagi «Orzular bekati» taronasiga ishlangan flash klipni e’tiboringizga tortiq etamiz. Bu flash kliplarning barchasi shunchaki kayfiyatni ko’tarish uchun, hazil tarzida tayyorlangan.