Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 Yan, 2010

SB.uz portalidan yangi loyiha: «EvrikA»!

Alisher UzoqovSB.uz portali 2010 yildagi ilk loyihasini taqdim qiladi. Yangi loyiha «EvrikA» deb nomlanadi va uning ilk mehmoni «O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi ta'lim, sog'liqni saqlash va ijtimoiy mihofaza masalalari kompleksi» tomonidan «2009 yilning eng yaxshi kino aktyori» nomiga sazovor bo'lgan aktyor Alisher Uzoqov!

«EvrikA» loyihasining shartlari juda oddiy. Har haftaning shanba kuni mehmon san'atkor tomonidan 3 ta savol taqdim qilinadi. Kimda-kim savollarga to'g'ri javob bersa, san'atkorning esdalik sovg'asiga ega bo'ladi. «EvrikA» loyihasining ilk mehmoni Alisher Uzoqov. Alisher Uzoqov tomonidan taqdim qilingan savollar quyidagicha:

1. Alisher Uzoqovning eng sevimli futbolchisi kim?
2. Alisher Uzoqovning eng yaxshi ko'rgan aktrisasi kim?
3. Alisher Uzoqov ilk bora necha yoshida qaysi filmda rol o'ynagan?

Javoblaringizni 22 yanvar kunigacha yuborishingiz so'raladi. Tanlov javobi esa 23 yanvar kuni portalimiz orqali e'lon qilinadi. Darvoqe, javoblaringizni info@sb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Alisher Uzoqov


Muallif: | Bo'lim: Evrika | 51 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *