Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
25 Yan, 2010

«EvrikA» loyihasining ilk g'olibi aniqlandi!

EvrikASB.uz portalining «EvrikA» nomli yangi yildagi ilk interaktiv loyihasi haqida portalimiz orqali batafsil ma'lumot berdik. Loyihaning ilk mehmoni sifatida Alisher Uzoqov taklif etilgan edi. Navbatdagi haftada esa xonanda Ulug'bek Rahmatullaev mehmon bo'ladi!!!

Demak, Alisher Uzoqov tomonidan berilgan savollarga to'liq va aniq javobni Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi Nargiza Begmatova g'olib deb topildi. Alisher Uzoqov tomonidan berilgan savollarning javobi quyidagicha edi:

1. Alisher Uzoqovning eng sevimli futbolchisi Dennis Bergkamp (Arsenal, Gollandiya).
2. Alisher Uzoqovning eng sevimli aktrisasi Sandra Ballok.
3. Alisher Uzoqov ilk marotaba 6 oyligida «Kunda» videofilmida suratga tushgan.

Endi esa, loyihaning navbatdagi mehmoni Ulug'bek Rahmatullaevning savollarini e'lon qilamiz. Demak, savollar quyidagicha:

1. Ulug'bek Rahmatullaev qaysi chet el xonandasi bilan duet kuylash va suhbatlashishni orzu qiladi?
2. Ulug'bek Rahmatullaev xonandalikdan avval san'atga tegishli bo'lgan qaysi sohaga qiziqqan?
3. Ulug'bek Rahmatullaev «Do'st» nomli qo'shiq kuylagan. Ushbu qo'shiqni u kim bilan birgalikda ijro qilgan?

O'z javoblaringizni, info@sb.uz elektron manziliga yuborishingiz so'raladi. G'olib deb topilgan muxlis Ulug'bek Rahmatullaevning ofisida u bilan shaxsan uchrashadi va bir piyola choy bilan suhbatlashish imkoniyati beriladi. Ushbu taklifni Ulug'bek Rahmatullaevning shaxsan o'zi berdi. Demak, shoshiling. Vaqt ketdi.

EvrikA

P.S.: Eslatib o'tamiz, javoblaringizni 30 yanvarga qadar yo'llashingiz so'raladi.


Muallif: | Bo'lim: Evrika | 72 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *