Yangi nom: Humoyun Mirzo!
Xabaringiz bor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxon o'tgan yili taqdim qilgan "Sen uchun" deb nomlangan konsert dasturida o'zining Humoyun Mirzo ismli yana bir shogirdini katta sahnaga olib chiqqan edi. Konsert dasturida Humoyun Mirzo "Telba" deb nomlangan ilk taronasini saroyga yig'ilgan tomoshabinlarga taqdim qilgan edi...
Hozirda barcha FM to'lqinlari orqali Humoyun Mirzoning aynan "Telba" taronasi tinglovchilar hukmiga havola qilib kelinmoqda. Qisqa muddat ichida qo'shiq o'z muxlislarini topishga ulgurdi. Shu kunlarda esa "Telba" uchun klip suratga olinmoqda. Eslatib o'tamiz, "Telba" taronasining so'zini Normurod Nazrullaev yozgan bo'lsa, musiqasini Iqbol Muhammadjonov bastalagan.
P.S.: Quyida sizning e'tiboringizga Humoyun Mirzoning ilk fotosessiyasidan bir nechta fotosuratlarni ham taqdim qilamiz. Ko'rib baho bering.




 Ìîé Ìèð
|