English Russian Uzbek

Siz haqingizda

Xush kelibsiz,
Mehmon

Ro’yhatdan o’tish yoki kirish

_BLOGIN

REKLAMA

Hamkorlarimiz

REKLAMA

Ovoz berish!

Qaysi yosh xonanda yoki guruh sizga ko'proq manzur bo'lmoqda?

Ruhshona
Bayon guruhi
Sirojiddin
Dilso'z
DiaS
Jamshid
Humoyun Mirzo
Davr guruhi
Jafar


Natijalar
Boshqa so’rovnomalar

Umumiy ovozlar: 130
Izohlar: 5

REKLAMA

Bosh sahifa  Yaxshisi    Mashhurlari   Ro’yhat  
Yangiliklar » Intervyu
Davron Ergashev: "Qaysi qo'shiq yashashga haqli?"
Davron Ergashev“Mario” qo’shig’ini “Zakonniy” qilib aytib, ancha-muncha dillarni “Egov-egov” qilgan xonanda Davron Ergashevning yangi yo’nalishi  ko’plab musiqashunoslar va san’at ahli tomonidan tanqidga olindi. Ammo muxlislarga qarshi borib bo’larmidi… Xonandaning okean ortida suratga olingan “Jingalak” klipi ham turli tortishuvlar mavzusiga aylanib qolsa, ajab emas.

-          Okean ortiga uyushtirgan safardan asosiy maqsadingiz nima edi?
Aprel oyining o’rtalarida AQSHga uyushtirilgan safarimiz qaysidir ma’noda ijodiy safar bo’lsa, yana qaysidir ma’noda dam olish safari bo’ldi. Asosiy maqsad esa yangi “Jingalak” nomli taronaga klipni suratga tushirish edi. Florida, Mayami, Las-Vegas va Key Vestda dam olishga ham ulgurdik. Klipni Xurshid ismli do’stimiz tasvirga tushirdi. Klip lavhalari hech kimni bee’tibor qoldirmaydi, degan umiddaman. Ushbu klip boshqa AQSHda suratga tushirilgan kliplarimizdan professional jihatlari bilan farq qiladi. Klipning mukammal, a’lo darajada chiqishi uchun montaj ishlari ham katta rol o’ynaydi. Shuning uchun taniqli klipmeykerimiz Temur aka Qodirovga murojaat qildim.
-         
Yoqimli taasurotlar ham ko’pdir?
-          Musofir yurtda yolg’iz yursang, yayrolmaysan. Bu borada mening omadim keldi. Safarda do’stim Samandar bilan birga bo’ldik. Faqat Samandar bir oz oldinroq, men esa bu yerdagi ishlarimni bitirib keyinroq bordim. Los-Anjelesda mum haykallar muzeyiga kirdik. Haykallarni ko’rsangiz… Mashhur shaxslarni shu darajada o’xshash qilib yaratishganki, ajablanasan kishi. Arnold Shvarzenegger, Vupi Goldberg, Silvestr Stallone, Jorj Bush kabi taniqli shaxslarning mumdan yasalgan haykallari oldida esdalik uchun suratga tushdik.
-          Yangi qo’shig’ingizni ajoyib nomlabsizmi?
-          Ha, “Jingalak”. Shahnoz so’zi va musiqasi, Ravil Gimazutdinov aranjirovkasi asosida tayyorlangan bu qo’shig’imiz klipida ikkita amerikalik va bitta ispaniyalik jingalak sochli qoramag’iz qizlar ishtirok etishgan.
-          “Egov-egov”da polshalik qiz, “Jingalak”da amerikalik va ispaniyalik qizlar…
-          Shunchaki oddiylikdan chetlashishga harakat qilyapman, xolos.
-          AQSHga uyushtirilgan bu safaringiz birinchisi emas, shekilli?
-          O’yalymanki, oxirgisi ham emas. Los-Anjeles menga juda ham yoqib qoldi. Iyul oylarida yana boorish niyatim bor.
-          Amerikaga borganingizda biror bir mashhur xonandalar bilan aloqa o’rnatishga harakat qilmadingizmi?
-          11 kunlik safar doirasida bunga imkonim bo’lmadi. Balki, keyinroq harakat qilib ko’rarman. Aytmoqchi, klipimda suratga tushgan qizning eri xonanda ekan. To’g’ri, u darajada mashhur emas. O’sha yigit qo’shig’imni eshitib ko’rib, duet aytsak qanday bo’lar ekan, degan taklifni kiritdi. Aloqa qilib turish maqsadida telefon raqamlarimiz, uy manzillarimizni yozib oldik.
-          OAVda Davron Ergashev iyun oyida konsert berar ekan, degan xabar berilgan edi. Iyun oyi ham keldi…
-          Bilasiz, o’zbekning to’yi ko’p. Niyat qilib kelgan barcha insonlarga rozilik berib qo’ydik, shunday vaziyatda konsertga yetarlicha tayyorgarlik ko’rishga albatta vaqt yetishmaydi. Konsert esa jiddiy ma’suliyatni talab qiladi. Shu sababdan konsertni bir oz ortga surishga qaror qildim. Xudo xohlasa, kuz oylarida albatta konsert beraman.
-          Bo’lajak konsert dasturingiz qaysi yo’nalishda bo’ladi?
-          Albatta, dasturdan har ikki yo’nalishdagi qo’shiqlarim o’rin oladi. Chunki milliy estrada yo’nalishidagi qo’shiqlarimning ham o’z muxlislari bor. Hammaning ko’nglini birdek olish bizning vazifamiz.
-          Qo’shiqlaringiz yo’nalishi borasida ham turli noto’g’ri fikrlar aytilyapti, o’zingiz oydinlik kiritolmaysizmi?
-          Ha, ko’pchilik boshida Davron Ergashev rep yo’nalishida qo’shiq aytishga o’tibdi, degan gap-so’zlarni tarqatishdi. Ammo qo’shiqlarimning hech birini rep deb bo’lmaydi. Hali rep yo’nalishida qo’shiq aytganim yo’q. Reggi, R & B yo’nalishlarida ijro etilgan bu qo’shiqlar. Bitta uslubda qotib qolgim kelmayapti. Masalan, avvalgi albomimdagi arabcha, turkcha, sharqona va milliy yo’nalishdagi qo’shiqlarimning bittasi ham xit bo’lmadi. Yangilik yaratishga harakar qilib, bitta qo’shiq chiqarishim bilan qo’shig’im xit darajasiga ko’tarildi.
-          Bugungi kunda sizning yangi yo’nalishingiz tanqidga ko’p uchramoqda. Shu tanqidlarga siz qanday qaraysiz?
-          Tanqid hamma ishda, har doim bo’ladi. Muxlislar qalbiga quloq tutaman. Ularga yoqdimi, qo’shig’im yashashga haqli. Haqiqiy bahoni muxlislar berishadi. Axir tanqid ostiga olingan “Mario” qo’shig’im “Tarona taqdimoti - 2006”da “Yil qo’shig’i” deb tan olindi-ku! Muxlislarim omon bo’lishsin.
-          “Zakonniy”, “Mario” kabi qo’shiqlaringiz chiqqanidan so’ng yosh xonandalarimiz sizga taqlid qila boshlashdi. Bularga munosabatingiz qanaqa?
-          Ko’p eshitdim, ana u yangi xonanda sizga o’xshab aytyapti, sizning qo’shiqlaringizning o’zginasi, degan gaplarni. Eplasa, uddasidan chiqsa, omadini bersin! Mening hech qanday qarshilik joyim yo’q.
-          “Taqdir charxpalagi” filmida bosh qahramon obrazini yaratdingiz. Biroq, negadir bu film ommalashmadi. Nima uchun? Siz nima deb o’ylaysiz?
-          Filmda haqiqiy o’zbek oilasining hayoti ko’rsatilgan. Yomon chiqmagandi, nazarimda. Menimcha, reklama sust bo’ldi. Filmning ommalashishida yaxshi reklamaning ham o’rni kattaligini hayot ko’rsatib turibdi-ku!
-          Yana shunday taklif bo’lsa, rozi bo’larmidingiz?
-          Bosh rol bo’lsa, scenariy ma’qul kelsa, albatta tushardim. Shu o’rinda bir fikrimni aytib o’tmoqchi edim. “Nega kinolarda aktyorlar emas, xonandalar bosh rollarni ijro etyapti?” degan gaplarni ko’p eshityapman. Muxlislar shuni xohlashyaptimi, shu filmlarni tomosha qilishyapti. Aytib o’tishim joizki, bu filmlar orqali shaxsan men o’zimni reklama qilmoqchi emasman. Xudoga shukur, qo’shiqlarim orqali xalq ko’nglidan joy olyapman. Men uchun bu – “xobbi”. Reklama qilishning esa boshqa yo’llari ko’p.
-          Ko’rinib turibdiki, o’zingiz haqingizdagi maqtovlardan ham, tanqidlardan ham boxabarsiz. Muxlislaringiz ham siz haqingizdagi ishonarli ma’lumotlardan boxabar bo’lishni istaydilar. Buning iloji bormi?
Nega bo’lmasin? Xuddi shu maqsadda shaxsiy web-saytim faoliyat yuritmoqda. www.davron.uz manzilga tashrif buyurib, barcha yangiliklarimdan voqif bo’lishingiz, menga SMS yuborishingiz, davron@sb.uz manzilimga maktub ham jo’natishingiz mumkin. Muxlislar bilan dillashish men uchun ham yoqimli, ham foydali.
Bookmark and Share
nilu-liliya (Mehmon)
Qo’shildi 12.02.2009 02:21 Izoh: 47
nilu-liliya (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
FAYZBOJA (Mehmon)
Qo’shildi 02.01.2009 01:03 Izoh: 46
FAYZBOJA (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
_Red_Devil_ (Mehmon)
Qo’shildi 22.12.2008 10:24 Izoh: 45
_Red_Devil_ (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
crazy_bobrik (Mehmon)
Qo’shildi 14.11.2008 23:32 Izoh: 44
crazy_bobrik (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
forever_8989 (Mehmon)
Qo’shildi 21.10.2008 04:52 Izoh: 43
forever_8989 (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
ELYORBEK5005 (Mehmon)
Qo’shildi 07.06.2008 15:34 Izoh: 42
ELYORBEK5005 (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
Don_Vito (Mehmon)
Qo’shildi 27.04.2008 07:38 Izoh: 41
Don_Vito (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
MAFIYA_BOXODIR (Mehmon)
Qo’shildi 05.09.2007 11:38 Izoh: 40
MAFIYA_BOXODIR (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
sayman (Mehmon)
Qo’shildi 19.08.2007 08:55 Izoh: 39
sayman (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
gilardinho (Mehmon)
Qo’shildi 06.05.2007 00:11 Izoh: 38
gilardinho (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
BOSS_DON (Mehmon)
Qo’shildi 30.04.2007 15:01 Izoh: 37
BOSS_DON (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
eminem30 (Mehmon)
Qo’shildi 14.04.2007 07:46 Izoh: 36
eminem30 (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
Mulatka (Mehmon)
Qo’shildi 07.03.2007 09:37 Izoh: 35
Mulatka (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
miss_joni (Mehmon)
Qo’shildi 13.02.2007 16:45 Izoh: 34
miss_joni (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
SHEVO_FORWARD (Mehmon)
Qo’shildi 12.02.2007 21:26 Izoh: 33
SHEVO_FORWARD (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
Sizning izohingiz administrator tekshiruvi va ruhsatidan so’ng joylanadi.
Sizning ismingiz:
Izoh:
Kulgucha - 01 Kulgucha - 02 Kulgucha - 03 Kulgucha - 04 Kulgucha - 05 Kulgucha - 06 Kulgucha - 07 Kulgucha - 08 Kulgucha - 09 Kulgucha - 10 Kulgucha - 11 Kulgucha - 12 Kulgucha - 13 Kulgucha - 14 Kulgucha - 15 Kulgucha - 16 Kulgucha - 17 Kulgucha - 18
Yashirin kod:
Yashirin kod
Qaytarish:

Gallery.SB.uz

So’nggi xabarlar

Audio Time!
Portalimizning Audio Time loyihasida Oybek va Nigora ijodiga mansub yangi "To'xtama" taronasi joy oldi. Bemalol tashrif buyurib, tinglashingiz mumkin.
Tinglash...
----------------------------------
Prem'era!
Ulug'bek Rahmatullaevning yangi "Sensiz yashay olarman" taronasining prem'erasi 19 iyun kuni soat 11:00da FM 105,8 MHz "Zamin FM", 21:00 da esa FM 103,5 MHz "Poytaxt" va FM 101,5 MHz "Grand" radiolari orqali bo'lib o'tadi.
O'tkazib yubormang!
----------------------------------
Oybek & Nigoradan prem'era!
"Akfa Media" tarkibidan chiqib, alohida ijod qilayotgan Oybek va Nigora so'nggi 4 oy ichida juda sermahsul ijod qilishdi. Ko'plab muxlislarning talablariga binoan, ularning so'nggi hit qo'shiqlaridan biri "Afsus bilmaysan"ning mp3 ko'rinishini bugun bizning portaldan ko'chirib olishingiz mumkin.
Qo'shiqni ko'chirib olish
----------------------------------

REKLAMA

Tug’ilgan kunlar

9 oy 3 kun qoldi

Rashid Xoliqov
28 aprel

Barchasini ko'rish

REKLAMA

Biz bilan aloqa

Portal ma'muriyati
info@sb.uz
REKLAMA BO'YICHA
E-Mail: reklama@sb.uz