Sizning hukmingizga havola etilayotgan mazkur suratda jajji qizaloqni ko'ryapsiz. Bu qizaloq bugungi kunda O'zbek estradasining eng ko'zga ko'ringan yulduzi...
Shou-biznes olamida faqatgina xonandalar emas, balki shoir, bastakor va musiqaga sayqal berish ustalarining ham o'rni juda katta. Kimdir buni biladi, kimdir esa yo'q. O'zbek estradasida bir iste'dod egasi bor, Shahnoz! Sizning munosabatingiz qanday bu ijodkorga?
Bugun - bayramoldi kun O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'antkor Obidjon Asomovning tug'ilgan kun ayyomlari! Ushbu ayyom bilan biz - Shou-biznes Olami portali ijodkorlari, qolaversa ularning onalari To'xtaxon onamiz, turmush o'rtoqlari Dilfuzaxon hamda farzandlari Dilorom, Nargiza, Odilxon va Nozimaxonlarning nomlaridan Obid akani 43 yoshlari bilan tabriklaymiz... Tabrik SMSini yuborish
Bugun "Se*Tanho" guruhining go'zal a'zosi Layloning tavallud topgan kuni.
Laylo, sizni tug'ilgan kuningiz bilan Shou-biznes olami portali ijodkorlari chin qalbdan tabriklab, ijodingizga barkomillik, o'zingizga baxt, har doim shunday betakror bo'lib yurishingizni hamda yuzingizga yarashib turadigan tabassumingiz sizni hech qachon tark etmasligini tilab qolamiz. Muxlislaringiz esa shu sahifada siz uchun tabriklar qoldirishadilar...
Bugun Toshkentning sho’x boshlovchilaridan biri, “Kvartet” guruhi a’zosi MC Shodning tavallud topgan kuni bo’lib o’tdi. MC Shod necha yoshga to’lganini aytib o’tirmaymiz. Zero, MC Shodning o’zi buni istamadi. Mayli, nima bo’lganda ham biz uni barcha muxlislari nomidan chin dildan muborakbod etamiz. Bugungi ko’tarinki kayfiyat hech qachon tark etmasin seni MC Shod!
Guruhlar tashkil etilib, oradan biroz vaqt o’tgach ularning parchalanishi tabiiy holga aylanib qoldi. Biroq ba’zi xonandalar guruhni tark etsalarda, o’z faoliyatlarini yangicha uslubda, yakkaxon tarzda boshlaydilar. Bular sarasiga Jahongir.uzni kiritish mumkin. Boshqa xonandalardan farqli o’laroq o’z vaqtida “Firdavs-N” guruhi tarkibida ijod qilgan Jahongir ayni kunda o’zgacha yo’nalish, o’zgacha tahallus tanlab Jahongir.uz nomi ostida faoliyat yuritayotgani bunga yaqqol misol bo’la oladi. 2001-yil. Konservatoriyada ta’lim olayotgan Jahongir o’zini yakkaxon xonanda sifatida sinab ko’rish umidi uyg’ondi va ilk “Ko’ngil savoli” nomli taronasini muxlislarga taqdim etdi. Ushbu qo’shiq FM to’lqinlarida jarang topgach, Jahongir “Firdavs-N” guruhini tark etib, yangicha yo’nalishda faoliyat boshlaganini ko’plar ma’qulladi. Undan so’ng “Foydasi yo’q”, “Darbadar”, “ Sensiz”, “Menimcha…”, “Ber” nomli taronalari bilan san’at ixlosmandlarini xushnud etdi. Ayniqsa rejissor Doni Agzamov va tasvirchi Zafar Qodirov bilan hamkorlikda suratga olingan “Ber” nomli klipi muxlislarga manzur bo’ldi. 2003-2004-yil. Ushbu yil Jahongirga omadli va sermahsul keldi. U yuqorida aytilgan taronalar safiga yangi taronalar qo’shib, ilk “Yolg’izman” nomli CD-AUDIO kassetalarini muxlislarga taqdim etdi. Ushbu ijod maxsuli “Radio Records” studiyasida yozilgan bo’lib, CD diskda 12 track mavjud va deyarli barcha taronalar g’oyasi Jahongirni o’ziga tegishli hamda CD disk orqali “Ber” nomli klipni ham tomosha qilish mumkin. Jahongir ushbu vaqt oralig’ida “Muhabbat sinovlari” filmiga Doni Agzamov bilan saundtrek yaratdi. Qolaversa, so’z matni DJ Jahongirga, musiqa g’oyasi Jahongir.uzga tegishli bo’lgan “Qalbimda kuz” nomli taronasi bilan musiqa shinavandalarini xushnud etdi. Ushbu tarona Jahongir.uz ijodida katta o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Yangicha yo’nalishdagi mazkur qo’shiq ko’pchilik tomonidan Jahongir.uz ijodidagi yana bir mo’jiza deya tan olindi. Radio va televideniya hit-paradlarida ushbu tarona yuqori pog’onalarni egalladi. 2005-yil. Ushbu yilda Jahongir.uz “Qalbimda kuz” qo’shig’iga ham klip suratga oldirdi. Klip rejjisori Bahrom Berdiyev. Qolaversa, Tarona-2005 taqdimoti marosimida “Yilning eng yaxshi bastakori” naminatsiyasida Jahongir.uz nomzod etib ko’rsatildi. Yangilik. “Bir tiyin” – ushbu qo’shiq rus va o’zbek tillarida jarang topgan va taronaga g’ayritabiiy tarzda ajoyib klip suratga olingan. Klip rejjisori Scan Multi. 2001-2005-yil. Bu vaqt oralig’ida taronalar safi kengaydi va har bir taronada yangi yo’nalish, yangilik kashf etildi, qolaversa Ozoda Nursaidova bilan “Ya begu”, Aida Davletova bilan “Bilaman”, Rustam G’oyipov bilan “Bolajon”, DJ Jahongir bilan birga “Bekor” nomli duetlar ijro etdi. Bastakorlik faoliyatida Ravshan Komilov, Farruh Komilov, Aziza, “Separi” guruhi, “Kvartet” guruhi, “Firdavs-N” guruhi, “Se*Tanho” guruhi va boshqa ko’plab san’atkorlarning taronalarini yaratishda o’z xissasini qo’shib kelmoqda.
San’atga qadam qo’yish tarixi. Sogdiana 1984 yil 17 fevral kuni Toshkentda tavallud topgan. Sogdiana juda ham yoshligidan turli xil bolalar tadbirlarida, bayramlarda faol ishtirok etardi. 1991 yil Glier nomli maxsus musiqa maktabiga o’qishga kirdi. U yerda fortepiano yo’nalishi bo’yicha tahsil oldi. Katta pioninochi bo’lib yetishishiga ishonch bor edi. Hatto turli xil tadbirlarda ishtirok etib, laureat ham bo’lgan. 1996 yili Uspenskiy nomidagi musiqa maktabiga o’qishga kirib, u yerda ham fortepiano bo’yicha dars oldi. Aynan mana shu yili Sogdianada estrada san’atiga ham qiziqish uyg’ondi. 1998 yildan buyon Dilorom Omonullaeva ustozligida vokal bo’yicha dars ola boshladi.
Mirtohir Mirgulamov /04:25 28.03.06/
Gallery.SB.uz
So’nggi xabarlar
Audio Time! Portalimizning Audio Time loyihasida Oybek va Nigora ijodiga mansub yangi "To'xtama" taronasi joy oldi. Bemalol tashrif buyurib, tinglashingiz mumkin. Tinglash... ---------------------------------- Prem'era! Ulug'bek Rahmatullaevning yangi "Sensiz yashay olarman" taronasining prem'erasi 19 iyun kuni soat 11:00da FM 105,8 MHz "Zamin FM", 21:00 da esa FM 103,5 MHz "Poytaxt" va FM 101,5 MHz "Grand" radiolari orqali bo'lib o'tadi. O'tkazib yubormang! ---------------------------------- Oybek & Nigoradan prem'era! "Akfa Media" tarkibidan chiqib, alohida ijod qilayotgan Oybek va Nigora so'nggi 4 oy ichida juda sermahsul ijod qilishdi. Ko'plab muxlislarning talablariga binoan, ularning so'nggi hit qo'shiqlaridan biri "Afsus bilmaysan"ning mp3 ko'rinishini bugun bizning portaldan ko'chirib olishingiz mumkin. Qo'shiqni ko'chirib olish ----------------------------------