English Russian Uzbek

Siz haqingizda

Xush kelibsiz,
Mehmon

Ro’yhatdan o’tish yoki kirish

_BLOGIN

REKLAMA

Hamkorlarimiz

REKLAMA

Ovoz berish!

«Yulduzlar Reytingi»

Ziyoda
Rayhon
Shahzoda
Ulug'bek Rahmatullaev
Ruhshona
Shohruhxon
Radius 21
Oybek va Nigora
Tohir Sodiqov
Jakhongir.uz
Shahriyor
Dineyra
Manzura
Sardor Rahimxon
DiaS
Umar Shamsiev
Xusan
Nilufar Usmonova
Feruza Jumaniyozova
Doston Ubaydullaev
Anvar Sanaev
Zebo
Gulsanam Mamazoitova
Sogdiana
Firdavs
Yodgor Mirzajonov
Otabek Muhammadzohid
Anora
Botir
Avaz Olimov
Abduvali Rajabov
Sevara Nazarxon
Sharof Muqimov
100%
Mirjamol
Shahnoz Abdullaeva
Otabek Mutalxo'jaev
Davron Ergashev
Samandar
Eldor Bek


Natijalar
Boshqa so’rovnomalar

Umumiy ovozlar: 723
Izohlar: 28

REKLAMA

Bosh sahifa  Yaxshisi    Mashhurlari   Ro’yhat  
Yangiliklar » Intervyu
Davron Ergashev“Mario” qo’shig’ini “Zakonniy” qilib aytib, ancha-muncha dillarni “Egov-egov” qilgan xonanda Davron Ergashevning yangi yo’nalishi  ko’plab musiqashunoslar va san’at ahli tomonidan tanqidga olindi. Ammo muxlislarga qarshi borib bo’larmidi… Xonandaning okean ortida suratga olingan “Jingalak” klipi ham turli tortishuvlar mavzusiga aylanib qolsa, ajab emas.
YayraYayra - bu yosh, iste'dodli, maftunkor xonanda bugungi kunda ko'pchilikni e'tiborini o'ziga tortmoqda. Nima sababdan? Maftunkorligi tufaylimi yoki ijro etgan qo'shiqlari xalq nazriga tushganmi? Nima bo'lgan taqdirda ham u bugun xalq e'tiborida. Bugungi kunda Yayraning muxlislari ko'plab topiladi. Aynan mana shu muxlislardan bizga kelgan maktublar Yayra bilan suhbat uyushtirishimizga turtki bo'ldi. Suhbatni diqqat bilan o'qishni sizga tavsiya etamiz!
Sardor Rahimxon“Tarona taqdimoti 2006”ga yaxshi niyat va ilinj bilan tashrif buyurgan Sardor Rahimxon “Yil yangiligi” nominatsiyasi bo’yicha qo’lga kiritgan mukofotini onasiga topshirar ekan, onasini sevinch yoshlarini ko’rib hayajonlarini ommadan yashira olmadi…

-  Sardor, “Ishonmasman” qo’shig’ingiz qisqa vaqt ichida el og’ziga tushdi. Qo’shig’ingizning shu darajada hit bo’lishini kutganmidingiz?
Yo’q, kutmagan edim. Lekin shunday bo’lishini juda ham xohlaganman. Orzu qilganman. Bu, balki, o’sha 9 oy davomida qilingan mehnatning, ehtimol, o’z ishining ustalari(Oxunjon Hakimov sh’eri, Iqbol Muhammadjonov musiqasi, Jakhongir.uz aranjirovkasi) qilgan mehnatning samarasidir. Chunki, o’ylashimcha, qo’shiqning muvaffaqiyatli bo’lishiga birgina xonandaning mehnati kifoya emas. Qo’shiq butun bir ijodiy guruhning yakdilligi mevasidir.
SogdianaSevgi-muhabbat – bu buyuk tuyg’u! Ishq deb atalmish hissiyotni so’z bilan ifodalash juda ham murakkab. Qo’shiq tariqasida tabiiy ifodalash esa bundanda mushkul. Sevgi bizni qalbimizga so’rovsiz kirib oladi va bir umr biz bilan hamnafas, yo’ldosh bo’ladi. Hayotimizni boylik, go’zallik, mansab tark etishi mumkin, ammo muhabbat bir umr biz bilan birga qoladi. Sevgan insonning qo’lidan yomonlik kelmaydi, deyishadi. Shubhasiz, sevgan inson birovga yomonlik qila olmaydi. Zero, uning qalbida mehr-muhabbat bor. Mana shu ulug’ tuyg’uni ajoyib tarona sifatida bizning e’tiborimizga taqdim etuvchi san’atkorlar ham sevishadi, sevilishadi, sevgi degan tuyg’uni ich-ichidan his etishadi. Yo’qsa, bunday ajoyib qo’shiqlar ko’ngilga xush yoqib, ishq to’la qalblarga malham vazifasini o’tamasdi. Bugun ana shunday romantik taronalari bilan qalblarni to’lqinlantirib kelayotgan Sogdiana faqat muhabbat haqida so’zlaydi. Aniqrog’i, sevgi-muhabbatga oid 30ta iboraga, 30ta ta’rif beradi.
RayhonO’zbek estradasining eng chaqnoq yulduzlaridan biri sanalmish Rayhon o’z an’anasiga sodiq qolgan holda bu yil ham romantik bayram – “Sevishganlar kuni” munosabati bilan 12-13-14 fevral kunlari soat 19:00da “Xalqlar do’stligi” saroyida o’zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. Bu yilgi konsert “Yolg’izim” deb nomlanib, avvalgi konsert dasturlaridan mutlaqo farq qildi.
Tohir SodiqovO’zbek estradasining eng yorqin yulduzlari, deganda shubhasiz, Tohir Sodiqovni ham ko’z oldimizga keltiramiz. Uni hech ikkilanmay, “mega yulduz” deyishimiz mumkin. Sanoqsiz qo’shiqlarni birin-ketin kuylab, turli kliplar, albomlar, chiqargan, ammo muxlislar qalbini zabt etolmagan xonandalar kammi? Ba’zilarining yuzini eslab qolamiz va kim edi, qaysi qo’shiqni ijro etgan edi, deb o’ylab qolamiz. Ammo oz bo’lsa ham, soz bo’lsin deb, haqiqiy ijodni, muxlislar ishonchini qadrlaydigan xonandalar ham bor. Tohir Sodiqov ana shundaylardan. Har safar uning uyiga yoki studiyasiga qo’ng’iroq qilganimizda u yoki gastrol safariga jo’nab ketgan bo’ladi, yo bo’lmasa biror ijodiy ish bilan band bo’ladi. Ijodkor kishining hayoti shu-da. Va nihoyat... u bizning mehmonimiz.
SogdianaSogdiana – yosh, maftunkor, xushmuomala, shirali ovoz sohibasi. Uning “Ovora bo’lma” nomli qo’shig’i yoshlarning tiliga, nafaqat tiliga hatto diliga tushganini ta’kidlab o’tish o’rinli. Sogdiana ismi qadimgi Sharq davlatini yodga soladi, ya’ni So’g’diyona davlatini. Sogdianani bugun nafaqat O’zbekistonda hatto dunyo miqyosida ham asta-sekinlik bilan tanib borishyapti. Bundan kelib chiqadi-ki, bu nom bejiz tanlanmagan, sharqona ism bilan yurtimizni tarannum etayotgan, ismi jismiga monand yosh xonanda qayta-qayta xalqaro festivallarda ishtirok etib, g’oliblik nashidasini surayotgani tahsinga sazovordir.

Davron ErgashevDavron Ergashev 1978 yili 14 fevral kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Oilali, turmush o’rtog’i Anoraxon, qizalog’i Mohirabonu va o’g’ilchasi Ibrohim bilan shirin hayot kechirmoqda, Bahor faslini yoqtiradi. Sevimli ranglari – oq va qora. Aktyorlardan Al Pachino, aktrisalardan Demi Murning mahoratiga tan beradi. Sevimli o’zbek kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Kelinlar qo’zg’aloni” fil’mini miriqib tomosha qiladi. Xonandalardan Jennifer Lopez, Snoop dog, Ibrohim Totlisas va Yulduz Usmonovalarni sevib tinglaydi. Sport turlaridan bouling bilan shug’ullanadi. Xobbisi – turli xil davlat pullarini yig’ish.

Gallery.SB.uz

So’nggi xabarlar

Audio Time!
Portalimizning Audio Time loyihasida Oybek va Nigora ijodiga mansub yangi "To'xtama" taronasi joy oldi. Bemalol tashrif buyurib, tinglashingiz mumkin.
Tinglash...
----------------------------------
Prem'era!
Ulug'bek Rahmatullaevning yangi "Sensiz yashay olarman" taronasining prem'erasi 19 iyun kuni soat 11:00da FM 105,8 MHz "Zamin FM", 21:00 da esa FM 103,5 MHz "Poytaxt" va FM 101,5 MHz "Grand" radiolari orqali bo'lib o'tadi.
O'tkazib yubormang!
----------------------------------
Oybek & Nigoradan prem'era!
"Akfa Media" tarkibidan chiqib, alohida ijod qilayotgan Oybek va Nigora so'nggi 4 oy ichida juda sermahsul ijod qilishdi. Ko'plab muxlislarning talablariga binoan, ularning so'nggi hit qo'shiqlaridan biri "Afsus bilmaysan"ning mp3 ko'rinishini bugun bizning portaldan ko'chirib olishingiz mumkin.
Qo'shiqni ko'chirib olish
----------------------------------

REKLAMA

Tug’ilgan kunlar

3 oy 20 kun qoldi

Anvar Sanaev
16 noyabr

Barchasini ko'rish

REKLAMA

Biz bilan aloqa

Portal ma'muriyati
info@sb.uz
REKLAMA BO'YICHA
E-Mail: reklama@sb.uz