English Russian Uzbek

Siz haqingizda

Xush kelibsiz,
Mehmon

Ro’yhatdan o’tish yoki kirish

_BLOGIN

REKLAMA

Hamkorlarimiz

REKLAMA

Ovoz berish!

«Yulduzlar Reytingi»

Ziyoda
Rayhon
Shahzoda
Ulug'bek Rahmatullaev
Ruhshona
Shohruhxon
Radius 21
Oybek va Nigora
Tohir Sodiqov
Jakhongir.uz
Shahriyor
Dineyra
Manzura
Sardor Rahimxon
DiaS
Umar Shamsiev
Xusan
Nilufar Usmonova
Feruza Jumaniyozova
Doston Ubaydullaev
Anvar Sanaev
Zebo
Gulsanam Mamazoitova
Sogdiana
Firdavs
Yodgor Mirzajonov
Otabek Muhammadzohid
Anora
Botir
Avaz Olimov
Abduvali Rajabov
Sevara Nazarxon
Sharof Muqimov
100%
Mirjamol
Shahnoz Abdullaeva
Otabek Mutalxo'jaev
Davron Ergashev
Samandar
Eldor Bek


Natijalar
Boshqa so’rovnomalar

Umumiy ovozlar: 723
Izohlar: 28

REKLAMA

Bosh sahifa  Yaxshisi    Mashhurlari   Ro’yhat  
Intervyu
Yulduzlar bilan intervyu
Yulduzlar
Yulduzlar haqida
Yangiliklar
Eng so'nggi yangiliklar
Programma
Programma
Yumor
Yumor
Yulduzlar Reytingi
Yulduzlar Reytingi
Uzkino
O'zbek kinosi
TV
TV olamida!
Maktublar
Muxlislardan maktublar
Portal news
Portal yangiliklari
Radio olamida
Radio olamidagi yangiliklar
30x30
30x30
Evrika

Jami: 3400 ta maqola 13 kategoriyada
Scan MultiInternet tarmog'ining kuchiga boshqa ommaviy axborot vositalari xodimlar unchalik ham ishonishmasdi. Lekin kuni kecha internet tarmog'ida tarqagan xabar qisqa fursat ichida hammani larzaga soldi. Internet saytlarning biridagi forumda yozishlaricha, taniqli klipmeyker, tez kunlarda ekran yuzini ko'rishi lozim bo'lgan "Xo'ja Nasriddin: O'yin boshlandi" filmi rejissori Scan Multini o'z uyida o'ldirib ketishgan emish. Bu haqiqatmi yoki navbatdagi yolg'on ma'lumot? Bu savolga javob topishga harakat qilib, aniq ma'lumotlarga ega bo'ldik. Bizga yetib kelgan xabarlarga ko'ra Scan Multini Darxondagi ofisida o'ldirib ketishgan. Kim va nima uchun? Aynan mana shu savollarga hozircha javob topilgani yo'q.

Batafsil ichkarida...

Tarona bitiruvchi - 200625-26 iyun kunlari poytaxtimizning muhtasham "Xalqlar Do'stligi" saroyida "Tarona bitiruvchi - 2006" katta gala-konsert dasturi bo'lib o'tdi. Konsertda estradamizning deyarli barcha vakillari ishtirok etishdi. Konsertning boshlanishida bir qator yangi guruh va xonandalarning chiqishiga guvoh bo'lgan bo'lsak, oxirlarida eng mashhur yulduzlarimiz 2006 yil bitiruvchilarini o'z taronalari ila qutlashdi. Konsertga tashrif buyurgan har bir inson yuqori kayfiyatda o'z uylariga ravona bo'lishdi.

AnoraYaqindagina o'zining "Atrofimda" nomli taronasini klipi bilan muxlislar hukmiga taqdim etgan Anora ayni paytda yana ikki qo'shiq ustida ish olib bormoqda. Jakhongir.uz musiqasi, Temur so'zi bilan tayyorlanayotgan navbatdagi tarona "Aldama" deb nomlanadi. Ushbu qo'shiq "R & B" yo'nalishida kuylangan. Anoraning ikkinchi qo'shig'i ham aynan shu ijodkorlar bilan yaratilmoqda. Bunisi esa birinchisidan farqli ravishda ma'yus tarona. Ikkinchi qo'shiqqa hali nom qo'yilganicha yo'q.
Yodgor MirzajonovEng ko'p mish-mishlar aynan san'atkorlar orasida tarqaladi. "Eshitdingmi, ana u xonanda olamdan o'tganmish?", "Ana u bor-u, sevaman-o'lamanni aytgan o'sha uylanibdi", "Eri bilan ajrashibdimi sevimli qo'shiqching?"... bu kabi mish-mishlar deyarli har kuni bolalaydi. Bunday mish-mishlarning navbatdagisi Yodgor Mirzajonovga tegishli.
Batafsil ichkarida...

Ravshan SobirovO'z vaqtida estradamizning eng yorqin yulduzi hisoblangan Ravshan Sobirov yana ijodga jiddiy kirishdi. U yana o'z mavqeini tiklashga tayyor. "Kel jonim" qo'shig'i va unga ishlangan klip birinchi qadam bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Xo'sh, Ravshan Sobirov buni uddalaydimi? Albatta buni vaqt ko'rsatadi. Darvoqe, bugun Ravshan Sobirovning tavallud topgan kuni, mana shu munosabat bilan biz Shou-biznes olami sayti ijodkorlari sevimli xonandamizni chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Eng ezgu tilaklari ro'yobga chiqishini ollohdan so'rab qolamiz.
Maqolani batafsil o'qib "Kel jonim" taronasiga ishlangan klipdan lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin. Qo'shiqning mp3 ko'rinishini esa saytimizning "MP3 BASE" sahifasidan ko'chirib olishingiz mumkin.
Ravshan KomilovBuni qarangki, xonandamiz xonandoniga endilikda to'yga etib emas, balki tishini davolatish uchun kelishayotgan ekan. Buni qanday tushunish mumkin? Ravshan Komilovning boshi qotgan. Shu o'rinda sevimli xonandamiz shunday deydi: "Hozir to'y payti, ro'za boshlangach albatta tish shifokori sifatida ishimni boshlayman". Qani aytingchi, Ravshan Komilovning asl kasbi nima? Xonandalikmi yoki tish shifokori? Kimda-kim to'g'ri va original javob yo'llasa, shaxsan Ravshan Komliovning AQSHdan keltirilgan sovg'asi bor.
Shou-biznes olamiBuni qarangki, repper Shohruh "SUPER HIT-PARAD"da yana birinchilikni egalladi. Shohruh ijrosidagi "Voqea" taronasi SUPER tarona deya muxlislar tomonidan tan olindi. Shou-biznes olami sayti ijodkorlari shu munosabat bilan Shohruhni chin qilabimizdan muborakbod etamiz va kelgusi ishlariga omadlar tilaymiz. "SUPER HIT-PARAD"ning navbatdagi boshqichida ishtirok etishga sizni chorlab qolamiz. Sevimli qo'shig'ingizga ovoz bering va sevimli xonandangizni qo'llab-quvvatlang!
Maqolani batafsil o'qib "SUPER HIT-PARAD" natijalari bilan tanishishingiz mumkin.
YayraMaftunkor estradamiz yulduzlaridan biri Yayra o'z muxlislari hukmiga yana bir yangi taronasi havola etishga tayyor. "Jonga tegdi" nomli Yayraning yangi taronasi sho'x tarona bo'lib, avvalgi "Armon", "O'zga dunyo" kabi qo'shiqlardan tubdan farq qiladi. Ko'proq, xonanda ijodidagi "Yayraman" taronasini yodga soladi. Ishonmaysizmi? Marhamat, saytimizning "MP3 BASE" sahifasidan ko'chirib olib, o'zingiz bunga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Darvoqe, qo'shiqning prem'erasi aynan bizning saytda bo'layotganini alohida ta'kidlab o'tish o'rinli. Hali hech bir radio yoki konsert zallarda yangramagan bu taronani faqatgina bizning saytdan ko'chirib olib tinglashingiz mumkin. Ha, aytgancha, Yayra ham ko'p boshqa xonandalar singari 25-26 iyun kunlari bo'lib o'tadigan "Tarona bitiruvchi - 2006" gala konsertida ishtirok etadi.
ShohruhSaytimiz muxlislarini ko'proq qaysi xonanda qiziqtirsa, biz albatta o'sha xonanda haqida ko'proq ma'lumotlar berishga harakat qilamiz. Mana masalan so'nggi paytlarda saytimizning deyarli barcha ovoz berish yo'nalishlarida yuqori pog'onalarni zabt etib kelayotgan Shohruh haqida juda ham ko'p va ho'p yozdik, intervyular uyushtirdik, eksklyuziv foto, mp3 hamda kliplarini sizning hukmingizga havola etdik, yangli klip va mp3larni taqdim etishda davom etmoqdamiz. Saytimizning "MP3 BASE" sahifasidan Shohruh ijrosidagi "Bolaligim" qo'shig'ini ko'chirib olishingiz mumkin(eslatma: eng sifatli mp3 formatdagi qo'shiqlar faqat bizda!). Ushbu qo'shiqqa ishlangan klipni esa 23 iyun kuni ko'chirib olishingiz mumkin. Hozircha klipdan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.
Lola
Ba'zi tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra estradamiz yulduzi Lola prodyuserlik markazi tashkil etish arafasida ekan. Bu qanchalik haqiqat yoki yolg'on ma'lumot ekanligini faqatgina oliy hakam vaqt ko'rsatadi. Zero, "Tarona records" ham bu kabi xabarlarni sir tutishni yaxshi ko'rishi hammaga ayon. Demak, kutishdan o'zga chora yo'q!
Nigora va OybekMana yana siz azizlar hukmingizga yangi klip va yangi mp3 qo'shiqlarni taqdim etmoqdamiz. Saytimizning "CLIPS BASE"  sahifasidan Nigora va Oybek ijrosidagi "Sen uchun" nomli qo'shig'iga ishlangan klipni,  "MP3 BASE"  sahifasidan esa "Radius 21" guruhining "Gop Stop", Ziyodaning "Senda emas", Nigora va Oybekning "Yorimsan" nomli taronalari o'rin oldi. Marhamat ko'chirib oling va tinglab zavqlaning! Shou-biznes olami sayti faqat siz uchun xizmat qiladi!
AfsonaEstradaga yaqindagi qadam qo'ygan Afsonaning Uchqun Sharipov kuyi, Bobur Bobomurod so'zi bilan kuylagan "Seni o'ylayman" qo'shig'i yaqindagina tinglovchilar hukmiga havola etildi. Shuningdek, xonanda ayni damda o'z tengdosh dugonalari uchun "Qizlarjon" nomli yangi qo'shiq tayyorlamoqda. Unda hayot achchiq - chuchugini obdon tortgan bir go'zal yosh ayolning ko'nglidahi armon - niyatlari qizlarga maslahatli tilak tarzida bayon etiladi.
Mr JockerHa, yaqindagina "Kvartet" guruhini tark etgan Mr Jocker yana qo'shiq aytmoqda. U endi bir o'zi qo'shiq aytadimi, degan fikr sizni hayolingizga kelgan bo'lishi mumkin. Yo'q, u bir o'zi emas, balki Muzaffar ismli ijodkor bilan qo'shiq aytmoqda. Siz Muzaffarni ko'pgina xonandalarning eng mashhur qo'shiqlari matni muallifi sifatida yaxshi tanisangiz kerak. Hullas, mana shu ikki ijodkorning ilk ijod mahsullari ayni kunda tayyorlanmoqda. Qo'shiq yaqin bir hafta ichida tayyor bo'ladi. Lekin, eng qizig'i shundaki saytimizning "Exclusive mp3!" sahifasidan eksklyuziv tarzda hali tayyor bo'lmagan qo'shiqning demo variantini ko'chirib olib, tinglashingiz mumkin. Bunday imkoniyat faqat Shou-biznes olami saytida bo'ladi.
Shohruh on-lineKutilgan vaqtlar ham yetib keldi va ilk ON-LINE VIDEO-KONFERENSIYA bo'lib o'tdi. Kutilgan darajada o'tkazilgan ushbu video-konferensiyani O'zbekistonda birinchi bor o'tkazilganligini alohida ta'kidlab o'tish o'rinli. Bu video-konferensiyada qandaydir oddiy virtual muloqot emas, haqiqiy ON-LINE VIDEO-KONFERENSIYA bo'lganiga konferensiyada ishtirok etganlar o'zlari guvoh bo'lishdi. Konferensiyaning boshqa saytlardagi on-line suhbatlardan farq qiladigan jihatlari anchagina. Masalan, konferensiyada ishtirok etgan har bir ishtirokchi nafaqat sevimli yulduzi bilan shunchaki yozma ravishda muloqot o'rnatishlari mumkin. Balki, o'sha sevimli yulduzini tovushini eshitib va hattoki to'g'ridan-to'g'ri ko'rib ham suhbatidan bahramand bo'lishlari mumkin. Batafsil ichkarida...

On-line video konferensiyaning sur'atlarini ko'rish


Se*TanhoSevimli saytingiz siz azizlarning e'tiboriga eksklyuziv fotosuratlar, mp3 ko'rinishidagi qo'shiqlar hamda eng yangi kliplarni taqdim etishda davom etadi. Marhamat saytimizning "CLIPS BASE"  sahifasiga tashrif buyurib "Se*Tanho" guruhining "Qora ko'zlaring" qo'shig'iga ishlangan ajoyib klipini eksklyuziv tarzda ko'chirib olishingiz mumkin. Eslatib o'tamiz klip hali hech qayerda namoyish etilmagan. Klip prem'erasi aynan bizning saytda bo'lishini istagan afsonaviy guruh "Se*Tanho" qizlarining kelgusi ishlariga omadlar tilab qolamiz.
Otabek Mutalxo'jaevYo'q, bu barvasta yigit taniqli hind kinoyulduzi Saif Ali Xon emas. U faqatgina Saif Ali Xonga o'xshaydi, xolos (tag'in kim biladi, deysiz, balki qandaydir aloqasi bordir). Uning ismi-sharifi Otabek Mutalxo'jaev. Estrada olamida yangi nom sifatida paydo bo'lgan yosh xonanda bizni e'tiborimizni o'zining tashqi ko'rinishi ila tortdi. Bu qadar Saif Ali Xonga o'xshashlik, kimni ham e'tiborini tortmaydi, deysiz. Qiziq, Otabek ijrosidagi qo'shiqlar ham hind yo'nalishiga o'xsharmikin? Hatti-harakatlari-chi? Bu haqda keyinroq to'xtalib o'tamiz.

Gallery.SB.uz

So’nggi xabarlar

Audio Time!
Portalimizning Audio Time loyihasida Oybek va Nigora ijodiga mansub yangi "To'xtama" taronasi joy oldi. Bemalol tashrif buyurib, tinglashingiz mumkin.
Tinglash...
----------------------------------
Prem'era!
Ulug'bek Rahmatullaevning yangi "Sensiz yashay olarman" taronasining prem'erasi 19 iyun kuni soat 11:00da FM 105,8 MHz "Zamin FM", 21:00 da esa FM 103,5 MHz "Poytaxt" va FM 101,5 MHz "Grand" radiolari orqali bo'lib o'tadi.
O'tkazib yubormang!
----------------------------------
Oybek & Nigoradan prem'era!
"Akfa Media" tarkibidan chiqib, alohida ijod qilayotgan Oybek va Nigora so'nggi 4 oy ichida juda sermahsul ijod qilishdi. Ko'plab muxlislarning talablariga binoan, ularning so'nggi hit qo'shiqlaridan biri "Afsus bilmaysan"ning mp3 ko'rinishini bugun bizning portaldan ko'chirib olishingiz mumkin.
Qo'shiqni ko'chirib olish
----------------------------------

REKLAMA

Tug’ilgan kunlar

5 oy 12 kun qoldi

Ziyoda
07 yanvar

Barchasini ko'rish

REKLAMA

Biz bilan aloqa

Portal ma'muriyati
info@sb.uz
REKLAMA BO'YICHA
E-Mail: reklama@sb.uz