Ravshan Sobirovning ijodida so'nggi kunlarda qisqa tanaffus sezilib qolgan edi. Xonandaga ushbu savol bilan murojaat qilganimizda, u bizga, aksincha eng qizg'in ijod pallasida ekanligini ma'lum qildi. Muxlislarga atab Mudofaa vazirligi bilan birgalikda Jizzax shahrida "BVS" studiyasi bilan "Vatan uchun" nomli taronasiga klip suratga olib, tez kunlarda taqdim etishini ma'lum qildi. Ushbu qo'shiqning musiqasini Ravshan Sobirovning o'zi yozgan. She'ri esa Xusan Sodiqovga tegishli. O'z muxlislari uchun tinim bilmayotgan xonanda tez kunlarda ularga atab katta sovg'a tayyorlaganini ham aytib o'tdi.
Aziza Jonim - jarangdor nom. Avvaliga Aziza nomi ostida ijod qilgan xonanda mana bir qancha vaqtlardan buyon shu tahallus bilan ijodini davom ettirmoqda. Aziza Jonimdan yangi taronani qarshi olishga tayyormisiz? Xonanda hozirda nomi sir tutilayotgan taronani muxlislarga taqdim etishdan oldin, uning ijodkorlarini tanishtirishni istadi. Matn muallifi Ibrohim Jiyanov, musiqa muallifi Farhod. Qo'shiq "Pan - terra" studiyasida yozildi. Yaqin kunlarda bizning portal orqali birinchilardan bo'lib qo'shiq nomini bilib olasiz. Xonanda iqtisod bo'yicha ta'lim olgan edi, shu kunlarda o'qishni davom ettirish uchun shu soha bo'yicha aspiranturaga xujjat topshirgan. Biz unga omad tilab qolamiz. Aytishadiku, "Beshikdan to qabirgacha ilm izla", - deb. Aziza Jonim shu maqolga amal qilgan ko'rinadi. Bexabar qolmasdan ogoh bo'l!
Bugungi kunda hammani e'tiborini tortayotgan ikki yosh xonanda Nigora hamda Oybek bizning on-line anjumanimizning 8-mehmoni bo'lishdi. Nigora va Oybek juda ham qisqa fursat ichida yetarlicha muxlislarga ega bo'lib ulgurishganini anjuman chog'ida anglash qiyin bo'lmadi. Portalimiz tomonidan odatdagi savollarga javob bergan yosh ijodkorlarimiz o'z muxlislaridan ko'plab kutilmagan savollarni ham qabul qilishdi. On-line anjumanda odatdagidek jonli ijro ham bo'ldi, eng yaxshi savol egasiga sovg'a ham... Qanday sovg'a deysizmi? Eng yaxshi savol egasi deb topilgan ishtirokchimiz Nigora hamda Oybek bilan uchrashish imkoniga ega bo'ldi. Bu kabi imkoniyatlar faqat bizda! Shou-biznes olamida!
4 avgust kuni Shou-biznes olami portalida "Yulduzlar yog'dusi" bo'lganligi haqida sizga yozib ma'lum qilgandik. Mana hozir esa shu kunning videolavhalari va fotosuratlari ham tayyor bo'ldi. Ushbu videolavhalarni va fotosuratlarni siz aziz foydalanuvchilarimizni ko'rib baxramand bo'lishga chorlaymiz:
Roksanani ashaddiy muxlislari do'ppisini osmonga otishlari mumkin. Chunki Roksananing hali hech qayerga chiqmagan (ya'ni radio, TV va internet) eng yangi taronasi faqat bizda! Qo'shiqni ko'chirib olib mazza qilib tinglashingiz mumkin. Qo'shiq haqida to'xtaladigan bo'lsak, qo'shiq o'z nomi bilan Vatan haqida ekanligini bildirib turibdi. Roksana bu qo'shiqqa o'zgacha mehr bilan yondashgan holda kuylaganini alohida ta'kidlab o'tdi. Axir kim ham o'z vatani haqida dildan kuylamaydi deysiz. Ona vatan madh etilgan qo'shiq hattoki hit-paradlarda ham yuqori pog'onalarni zabt etishga loyiq.
Faqat Shou-biznes olami portali siz aziz tashrif buyuruvchilar uchun mana shunday ajoyib flash kliplarni va qiziqarli o'yinlarni taqdim etadi. Sevimli portalingizning siz uchun tayyorlagan navbatdagi sovg'asi Anora ijrosidagi "Atrofimda" qo'shig'iga ishlangan flash klipdir. Marhamat quyidagi yo'llanma orqali flash klipni tomosha qilishingiz mumkin: Anora "Atrofimda"(flash clip) Klipni tomosha qilgach o'z fikringizni qoldirishni unutmang! Agarda siz o'z sevimli xonandangizni flash klipini ko'rishni istasangiz bizga info@sb.uz manziliga maktub yo'llang! Darvoqe, flash klip Akmal O'rinboev hamda kamina tomonidan ishlab chiqilgan.
30-kanalning "Shou-biznes yangiliklari" ko'rsatuvi bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan "Yulduzlar reytingi" loyihasi natijalarini bir oz kechroq bo'lsada e'tiboringizga havola etmoqdamiz. Bu safar ham g'oliblik Shohruhga nasib qildi. Shu munosabat bilan biz Shohruhni muborakbod etamiz. Natijalar bilan esa maqolani batafsil o'qib tanishib chiqishingiz mumkin.
Portalimizning eng yaxshi loyihalaridan biri bo'lmish "SUPER HIT-PARAD"ning navbatdagi natijalarini e'lon qilishga tayyormiz. Demak, "SUPER HIT-PARAD"ning navbatdagi g'olibasi bilan tanishing: maftunkor Yayra! Ha, bu safar Yayraning "Jonga tegdi" nomli taronasi ko'rsatilgan nomzod taronalar ichida tengsiz deb topildi. Ikkinchi o'rin "Radius 21"ning "Xunarim dam" qo'shig'iga nasib qildi. Qolgan natijalar bilan esa maqolani batafsil o'qib tanishib chiqishingiz mumkin.
“Afruz” guruhining sho’x va to’polonchi yigitlari yana bir antiqa klipni suratga olib tugatishdi. Ayni damda montaj jarayoni boshlanish arafasida. Ushbu tarona sizga juda ham yaxshi tanish bo'lib uni nomi “Ay - Ay” dir. Guruh a'zolari yana yangi 3 ta yangi taronalar ustida ish boshlagan. Ularning har uchchalasiga ham klip suratga tushirish niyatida. Bundan tashqari “Afruz” guruhi “Akfa-media” ijodiy markazi bilan hamkorlikda ish boshlash arafasida. Hozircha klip lavhalaridan bahramand bo'ling!
Yosh xonanda hamda aktyor Aziz Rametov ORT telekanalining buyurtmasiga asosan Mosfilm tomonidan suratga olinayotgan “??? ???????” filmida 5 ta taniqli hamda yosh aktyorlar bilan suratga tushdi. Uning aytishicha, Maksim ismli aktyor bilan yelkama – yelka ishlab ko’ngli to’lgan emish. Aynan bizning saytda shu filmdan ekskluziv suratlarni tomosha qilishingiz mumkin. Endi xonandaning ijodiga to’htalsak, yaqinda yangi tarona bo’lmish “Xobbi” qo’shig’ini muxlislarga sovg’a tariqasida tayyorladi. Taronaning musiqasi, she’ri va aranjirovkasi "Afridun"ga tegishli. Yana bir taronaning nomi esa “Eslayman” deb nomlanadi. Musiqasi Mr.Jockerga, she’ri esa Xusanga tegishli. Aziz Rametov muxlislarini sevadi va hurmat qiladi!
Hozirda ko’pchilik xonandalar Mustaqiligimizning 15 yillik tantanasiga bag’ishlab, muxlislarga sovg’a tayyorlayotgan bir pallada umidli xonanda Ulug’bek Rahmatullaev muxlislariga atab yangi musiqiy albom yaratdi. Albomni qanday nomlashga kelganda esa boshi qotgan. Tahmin qilishicha “Oydin kechalar”, “Sevma” yoki boshqacha nomlanishi ham mumkin. Xonanda Zulhumor Mo’minova bilan birga kuylagan “Bugun” nomli duetini tinglagan bo’lsangiz kerak. Shu taronaga klip suratga olib tugatildi. Tez kunlarda siz bu klipni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo’lasizlar. Yana shuni aytib o’tishni joiz topgan xonanda shu kunlarda ijoddan tashqari dam olib sport bilan shug’ullanmoqda. Sport kelajak garovi!
“A’lo FM 90” ijodkorlari shu kunda jo’shib ishlashmoqda. Tashkil etilganiga ko’p bo’lmagan radio, oz vaqt ichida o’z ashaddiy muxlislariga ega bo’lib ham ulgurdi. Siz ushbu radio orqali zamonaviy yo'nalishdagi va jahon estradasining eng dilga yoqar taronalarini tinglashingiz mumkin. Bu radioni boshqa radiolardan farqi shundaki, faqat zamonaviy yoshlar uchun mo'ljallangan. Zamon bilan hamnafas bo’ling. “A’lo FM 90” - tabassum bilan!
3 avgust Shou-biznes olamida unutilmas kun bo’lib qoldi. “Shou-biznes.uz” hamda “Akfa-media” bilan hamkorlikdagi yangi loyihasi estrada yulduzlari bilan yaqinlik tutib ularning ijodlarini aynan shu sayt orqali muxlislar hukmiga taqdim etildi. Yana shuni aytib o’tish joizki siz sayt orqali barcha xonandalarning qiziqarli ijod namunalarini va to’g’ridan to’g’ri muloqatini ko’rish imkoniga ega bo’lishdi. Ushbu anjumanda estradamizning barcha ko’zga ko’ringan xonandalari va yosh iste'dodli xonandalar ishtirok etishdi. Shulardan: “Bojalar”, Oybek va Nigora, Ziyoda, Ravshan Sobirov, Anora, Behruz, sevimli boshlovchingiz Jahongir Mirzo, Aziz Rajabiy, Mirjamol, Otabek Mutalxo’jaev, Roksana, Aziza Jonim, Yayra, Yasmina, Sharof Muqimov, Jo’rabek, Ulug’bek Rahmatullaev, Samandar hamda qizlarning erkatoyi Yodgor Mirzajonov. Bu bo'lajak matbuot anjumaniga tayyorgarlik ko’rishdir. Shunday qilib bu anjuman davom etadi. Ha aytgancha, tez kunlarda saytning o’zgarishi va ikki jamoaning birlashuvi munosabati bilan matbuot anjumani bo’lib o’tadi. Biz bilan birga bo’ling eng qaynoq yangiliklar faqat bizda!
O'zining "Baxt yomg'iri", "Sensiz kerak emas" taronalari orqali muxlislar qalbidan joy olgan umidli xonanda Kamila qisqa fursatli tanaffusdan so'ng yana ijodga bel bog'ladi. Kamila ijrosidagi "Yurak" nomli taronasiga klipmeyker Yodgor Nosirov tomonidan ajoyib, qiziqarli mavzuga ega klip tasvirga tushirildi. Ayni kunda klip "Akfa-media" studiyasida montaj jarayonida. Tez kunlarda klipning prem'erasi aynan bizning portalimizda bo'lib o'tadi. Hozircha esa, odatdagidek klip lavhalaridan bahramand bo'lishingiz mumkin. Fotosuratlarni ko'rish uchun ichkariga kiring.
"Bojalar" guruhi a'zosi guruhni tark etishi mumkin ekan. Ha, Jahongir Poziljonovning ta'kidlashicha, xonanda guruhni tark etish niyatida emish. Nega, nima sababdan? Bunga sabab kuni kecha Andijonda bo'lgani kabi voqealarmi yoki Jahongirni "artist" deb qizlarini bermayotgan ota-onalarmi? Endilikda Jahongir oddiy hayot kechirishni istamoqda. Qiziq, unda "Bojalar" guruhiga nima bo'ladi? Mo'nim guruhda bir o'zi qoladimi? Yoki Jahongirni o'rniga boshqa nomzod tanlanadimi? Agarda boshqa nomzod tanlanadigan bo'lsa, unda kim bo'ladi u? Bu kabi savollar juda ham ko'p. Lekin, Jahongir guruhni tark etmasa yaxshi bo'lardi, menimcha. Mayli endi buni vaqt ko'rsatadi.
Obid Asomov haqida "Xalq so'zi" gazetasida chop etilgan "San`at komillik yo'limi?" maqolasiga Obid Asomov tomonidan berilgan javobni o'qing va bilib oling. Bu javob faqat Obid Asomovning saytida!!!
Audio Time! Portalimizning Audio Time loyihasida Oybek va Nigora ijodiga mansub yangi "To'xtama" taronasi joy oldi. Bemalol tashrif buyurib, tinglashingiz mumkin. Tinglash... ---------------------------------- Prem'era! Ulug'bek Rahmatullaevning yangi "Sensiz yashay olarman" taronasining prem'erasi 19 iyun kuni soat 11:00da FM 105,8 MHz "Zamin FM", 21:00 da esa FM 103,5 MHz "Poytaxt" va FM 101,5 MHz "Grand" radiolari orqali bo'lib o'tadi. O'tkazib yubormang! ---------------------------------- Oybek & Nigoradan prem'era! "Akfa Media" tarkibidan chiqib, alohida ijod qilayotgan Oybek va Nigora so'nggi 4 oy ichida juda sermahsul ijod qilishdi. Ko'plab muxlislarning talablariga binoan, ularning so'nggi hit qo'shiqlaridan biri "Afsus bilmaysan"ning mp3 ko'rinishini bugun bizning portaldan ko'chirib olishingiz mumkin. Qo'shiqni ko'chirib olish ----------------------------------