English Russian Uzbek

Siz haqingizda

Xush kelibsiz,
Mehmon

Ro’yhatdan o’tish yoki kirish

_BLOGIN

REKLAMA

Hamkorlarimiz

REKLAMA

Ovoz berish!

«Yulduzlar Reytingi»

Ziyoda
Rayhon
Shahzoda
Ulug'bek Rahmatullaev
Ruhshona
Shohruhxon
Radius 21
Oybek va Nigora
Tohir Sodiqov
Jakhongir.uz
Shahriyor
Dineyra
Manzura
Sardor Rahimxon
DiaS
Umar Shamsiev
Xusan
Nilufar Usmonova
Feruza Jumaniyozova
Doston Ubaydullaev
Anvar Sanaev
Zebo
Gulsanam Mamazoitova
Sogdiana
Firdavs
Yodgor Mirzajonov
Otabek Muhammadzohid
Anora
Botir
Avaz Olimov
Abduvali Rajabov
Sevara Nazarxon
Sharof Muqimov
100%
Mirjamol
Shahnoz Abdullaeva
Otabek Mutalxo'jaev
Davron Ergashev
Samandar
Eldor Bek


Natijalar
Boshqa so’rovnomalar

Umumiy ovozlar: 723
Izohlar: 28

REKLAMA

Bosh sahifa  Yaxshisi    Mashhurlari   Ro’yhat  
Intervyu
Yulduzlar bilan intervyu
Yulduzlar
Yulduzlar haqida
Yangiliklar
Eng so'nggi yangiliklar
Programma
Programma
Yumor
Yumor
Yulduzlar Reytingi
Yulduzlar Reytingi
Uzkino
O'zbek kinosi
TV
TV olamida!
Maktublar
Muxlislardan maktublar
Portal news
Portal yangiliklari
Radio olamida
Radio olamidagi yangiliklar
30x30
30x30
Evrika

Jami: 3400 ta maqola 13 kategoriyada
RoksanaYurtimizning 15 yillik tantanasiga bag’ishlab yosh iste’dodli xonanda Roksana “Vatan” deb nomlangan yangi diltortar taronasini allaqachon tinglagan bo'lsangiz kerak.. Qo'shiq taqdimoti izning portalimizda bo'lganligidan hammangiz boxabarsiz. Shuningdek, barcha FM-to'lqinlarida ham jarang sochmoqda. Xonanda muxlislar uchun qanday sovg’a tayyorlashni o'ylab bosh qotirmoqda. Avval ilk albomini yozib tugatgani ma'qulmi yoki yangi qo'shiqlaridan biriga yana ajoyib, qimmatbaho klip yaratgani yaxshimi? O’z fikringizni bildirishni istasangiz roksana@sb.uz pochtasiga o’z fikr-mulohazalaringizni yo'llashingiz mumkin. Xonanda barcha muxlislarini fikr – mulohazalarini inobatga olgan holda bir qarorga kelib ish ko’radi. Albatta o'z fikringizni bildiring!
BunyodYangi taronalar og’ushida qolgan Bunyod muxlislari uchun yangi duet taronani tayyorlab qo’ygan, lekin duet uchun Bunyodga mos keladigan san’atkor izlanmoqda. Ushbu taronaning barcha tashkiliy qismi tayyor. Qo’shiq matni, musiqasi va hakazo... Qo'shiq bastakori Mashhuraxon. Duet taronaning nomi “Eslayman” deb nomlandi. Qiziq-a?... qo'shiq ham, uning nomi ham tayyot, lekin duetdosh yo'q! Tez kunlarda ushbu antiqa kuttirilgan duetdan boxabar bo’lishingiz mumkin. Xonandaga vodiydan ko’plab takliflar tushgani sababli tez kunlarda vodiyga ijodiy safar uyushtiradi. Biz Bunyodga ijodiy omad tilagan holda undan eng so’nggi tandirdan uzilgan qaynoq xabarlarni kutib qolamiz.

 "Tarona Records" kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan qo'l telefonlar uchun Shahzoda va Shahriyor ijrosidagi "Birinchi sevgi" taronasining maxsus ringtonini e'tiboringizga taqdim etamiz! Uni ko'chirib olib, o'z mobil telefoningizga qo'yishingiz mumkin.
Ko'chirib olish uchun variantlar: 128Kbs(754kb) 64Kbs(377kb) 32Kbs(142kb)


Bu hali hammasi emas, shuningdek siz 2 klipning qaynoq premyerasini ko'rishingiz mumkin.
Ertaga ushbu kliplarni ko'chirib olish uchun taqdim etamiz.

Afruz & Aziza Halilova - Ayriliq(Klip)

Kvartet - Kvartachka(Klip)

 

Puzzle o'yiniFaqat va faqat Shou-biznes olami portali siz aziz foydalanuvchilar uchun bunday imkoniyatni taqdim etishi mumkin. Bizning siz azizlar uchun tayyorlagan navbatdagi sovg'amiz bu Puzzle o'yini! Bu o'yinda siz uchun sevimli yulduzlaringiz surati namoyish etiladi. Siz esa o'z o'rnida bu suratlarni yoddan bilib olishingiz lozim. O'yin boshlangach tomosha qilgan suratingiz bir necha bo'lakchalarga bo'linib ketadi va sizning vazifangiz suratni qaytadan tiklashdir. Bu o'yinda nafaqat vaqtingizni maroqli o'tkazishingiz mumkin, balki aqlingizni ham charxlashingiz mumkin bo'ladi. Bizning ilk Puzzle o'yinlarimiz Yodgor Mirzajonov, Yasmin hamda Nigora va Oybekning suratlaridan tayyorlangan. Yaqin kunlarda boshqa yulduzlar suratlaridan ham shunday o'yinlar tayyorlanib e'tiboringizga taqdim etiladi. Mazkur o'yin Akmal O'rinboev hamda kamina hamkorligida tayyorlandi.

Marhamat o'yinlarni o'ynab ko'ring: O'yinlar

Davron ErgashevEstradamiz yulduzi Davron Ergashev ijod qilishdan sira to'xtayotgani yo'q. O'z vaqtida "Mario" nomini olgan xonanda hozirda sutudiyadan ortayotgani yo'q. Har kuni yangidan-yangi qo'shiq yozish bilan ovora. Chunki rejalashtirilgan yakkaxon konsertga ham juda oz qoldi. So'nggi yaratilgan qo'shiqlar ichida "Baribir" nomli tarona alohida hamiyatga molik. Shahnoz so'zi va musiqasi, Ravil Gimazutdinov aranjirovkasi bilan tayyorlangan mazkur taronaga "ice Tim" - Temur Qodirov tomonidan klip ham tasvirga tushirilgan. Avvaliga "Zakonniy", keyin "Mario", undan keyin "Egov-egov", so'nggi chiqqani "Jingalak"... ana endi esa "Baribir".
Sharof MuqimovSharof Muqimov sevimli muxlislari hukmiga tez kunlarda o'zining "Yolg'on muhabbat" deb nomlangan yangi taronasi va unga ishlangan klipni taqdim etadi. Ushbu qo'shiq matni Doniyor Mirzo qalamiga mansub, musiqasi esa Ozoda Abduvalievaniki. Klipni yosh klipmeyker Muzaffar Erkinov suratga tushirgan. Shuningdek, Sharof Muqimov Jo'rabek bilan hamkorlikda shaxsiy ofis, ya'ni studiya ochishni rejalashtirishgan. Ajab emas tez kunda studiya ham tashkil etilsa. Xonanda agar ko'zga tutgan ishimiz amalga oshsa, barcha ijodlarimiz shu yerda tayyorlanadi, deb ishonch bildirdi. Biz ularga omad tilab, yangiliklar shodasini kutib qolamiz.
GulsanamPortalimizning bugungi mehmonlarini siz ancha yaxshi taniysiz. Ularning san’atidan, ijodlari va shaxsiy hayotlaridan ham ozmi ko’pmi xabardorsiz. Biroq biz bugun sizga bu ikki san’atkorning sizga tanish bo’lmagan qirralari haqida so’z yuritamiz. Xo’sh, aka-singil bir-birlariga qay darajada o’xshaydilar? Ularning tabiati ham hamohangmi yoki unda farq bormi? Bu farqlar aynan nimada ko’rinadi? Bu haqda xonandalarning o’zigina emas, balki ularning oila a’zolari ham fikr bildiradilar. Quyidagi ma’lumotlar asosida ushbu savollarga birgalikda javob izlashga harakat qilamiz. Demak, Otabek Muhammadzohid va Gulsanam Mamazoitova.

SogdianaEstradamizning mega yulduzi (menimcha, endi uni mega yulduz deb bemalol aytishimiz mumkin) Sogdiana bugun ertalab azonda soat 5:00da Toshkentga uchib keldi. Aslida soat 4:20da Toshkentga yetib kelishi lozim edi. U keladigan somolyot buzilib qolganligi sababli boshqa reysda uchib kelishga to'g'ri kelgan, natijada ozroq ushlanib qolgan. Sevimli yulduzimiz Toshkentda bu safar ham ko'p bo'lmaydi. Faqatgina bir hafta xolos.Chunki uni Rossiyada "Yulduzlar fabrikasi" bilan bo'ladigan navbatdagi MDH davlatlari bo'ylab uyushtiriladigan gastrol safarlari kutib turmoqda. Xo'sh, Sogdiana Toshkentda nima bilan band bo'ladi? Albatta, taniqli kinorejissor Bahrom Yoqubov suratga olayotgan filmga tayyorgarlik ishlari bilan-da... Avval xabar berganimizdek, Sogdiana Bahrom Yoqubovning "Zumrad" ishchi nomli yangi filmida bosh rolni ijro etishi rejalashtirilmoqda. Film haqida batafsil ma'lumotni tez kunlarda e'tiboringizga havola etamiz. Darvoqe, ertaga Sogdiana film uchun mahsus soundtreck-qo'shiqni yozish ishlari bilan band bo'ladi. Nasib qilsa, ertaga sizni e'tiboringizga qo'shiq yozilish jarayonidan bir nechta fotosuratlarni taqdim etamiz.

Barchangizga ma'lum, 9 avgust soat 16:00da portalimiz tomonidan uyushtirilgan "GOOD IDEA" loyihasiga kelgan maktublar ko'rib chiqilib, on-line tarzda g'oliblar aniqlanishi lozim edi. Biroq, bizni internet bilan ta'minlab berayotgan "Sharq telekom" aynan mana shu on-line anjuman boshlanishidan roppa-rosa bir soat oldin o'zining texnik hatoliklar sababli internetni uzib qo'ydi! Biz barcha ko'rgan hozirliklarimiz zoe ketishiga oz qoldi. Lekin, endi chekinishga yo'l yo'q edi. Nima bo'lsa, bo'lsin dedik-da on-lineni off-line holatida yozishga kirishdik...

GOOD IDEA TANLOVINI G'OLIBLARNI TANLASH JARAYONINI KO'RISH

Tinib tinchimagan Shou-biznes olami Portali ijodkorlari sizga navbatdagi loyihani taqdim etadi!
Ushbu loyihani biz "On-line ofis" deb nomladik.
Chap tarafdagi videokameraga sichqoncha bilan bosib, siz Shou-biznes olami Portalining ofisida nimalar sodir bo'layotgaligini ko'rishingiz mumkin.
Sizdan berkitadigan sirimiz yo'q!!!
Ha aytgancha, idoramizga kelayotgan xonanda va san'atkorlarni siz ularni ko'rayotganingizdan xabarlari yo'q.
Bu bizning o'zaro sirimiz bo'lsin!
P.S. On-line ofisni ko'rayotganingizda surat avtomat ravishda almashib turadi, agar almashmayotgan bo'lsa, suratga bosing, shunda ham almashmasa demak biz tarafdan kamera vaqtincha o'chirilgan bo'ladi :)
Ushbu suratni siz faqat ozingiz ko'rishingiz mumkin undan nusxa ko'chirish yoki tijorat yohud boshqa maqsadlarda foydalanish qat'iy man etiladi aks holda qonunda belgilangan tartiblar asosida jazolanadi.
AnoraAnoraning kunchiqar davlat bo’lmish Yaponiyada bir qator taronalari jamlangan audio disklari sotuvga chiqdi. Diskni nomi yaponchasiga “Sobani ite” deb nomlangan bo’lsa, o’zbekchasida esa “Yonimda bo’l” deb nomlandi. Albomdan Anoraning 4 ta qo'shig'i o'rin olgan. Ular "Tuyg'u", "Sensiz yolg'iz", "Oy nurlari" hamda yapon tilida kuylangan "Sobani ite" taronasidir. Anora o’zbek muxlislariga esa yangi qo'shiqlaridan biriga klip ishlab, uni taqdim etish niyatida . Yangi tayyorlanajak klipni har doimgidek eng birinchi bizdan ko'chirib olib, tomosha qilishingzi mumkin bo’ladi. 

Nigora va Oybek hamda ZiyodaYuqorida nomlari zikr etilgan yosh ijodkorlar “Akfa – media” studiyasi xodimlari uchun, shu yerda ijod qilayotgan va ter to’kayotgan insonlarga antiqa tomosha, ya’ni teatrlashtirilgan konsert taqdim etishar emish. Shu gap rostmi yoki yolg’onmi deb shaxsan o’zlaridan so’rasak ular:

Oybek: – Bilasizmi, san’at umumiy ma’noni anglatadi. Biz qizlar bilan san’atning shu qirrasini ham o’rganish uchun shu yerda ijod qilayotgan insonlarga qisqagina teatrlashtirilgan konsert qo’yib bermoqchimiz.

Nigora: – Shuni ham aytib o’tish joizki, qiziqqan muxlislar “Akfa – media”ga tashrif buyurib tomosha qilish baxtiga muyassar bo’lishlari mumkin. Bu teatr mavzusi dars jarayonida bo’ladigan qiziqarli voqealardan kelib chiqadi.

Ziyoda: – Men ham do’stlarim aytgan gaplarga qo’shilaman. O’ylaymanki, bu ishimiz barchaga ma'qul tushadi. Nasib etsa keyinchalik katta sahnalarda ham muxlislarga atab antiqa tomoshalarni taqdim etamiz.

Ana shunaqa gaplar. Portalimizni kuzatishda davom eting, shunda siz antiqa teatrlashtirilgan shouni qachon bo’lishidan boxabar bo’lasiz.

Internet provayderimizda olib borilayotgan texnik ishlar sababli portalimizning fayllar bazasida joylashitirilgan fayllarni ko'chirib olish, flash kliplarni ko'rish va flash o'yinlarni o'ynash imkoniyati vaqtincha mavjud emasligini ma'lum qilamiz.
Hozir esa siz qadrli foydalanuvchilarimiz e'tiboriga Yodgor Mirzajonovning yangi klipini ko'rish uchun taqdim etamiz.
Diqqat! Fayllar bazasidagi kliplarni hatto internet tezligi baland bo'lmagan foydalanuvchilar ham ko'rishlari mumkin. Kliplarni ko'rish uchun maxsus dasturni ko'chirib olib, uni o'z kopmyuteringizga o'rnatish kifoya. (Dastur ishlashi uchun ActiveX komponenti faol bo'lishi zarur).
Internet tezligi past bo'lgan foydalanuvchilarimiz uchun tavsiya:
Klip yoki boshqa videolavhalarni ko'rish jarayonida maxsus iPodRadio pleyerida ko'rsatish jarayoni boshlangandan so'ng Pause tugmasini bosing, ma'lum vaqtdan so'ng (mazkur vaqt playerdagi chiziqni to'lgunicha davom etadi), Play tugamasini qaytadan bosing. Shunda siz ko'rmoqchi bo'lgan videolavhalarni a'lo darajada tomosha qilasiz.
Agar videolavhalarni ko'rishda yoki On-line anjumanlarda ishtirok etishda muammolarga duch kelayotgan bo'lsangiz, portal web masteri Rustam Fayzievga portalning Aloqa bo'limidan murojaat qilishingizni so'raymiz.

Yodgor Mirzajonov - Hayolimda klipini tomosha qilish

Shahzoda va Shahriyor "Birinchi sevgi"... Shahzoda hamda Shahriyor ijrosidagi ushbu tarona va klipni muxlislar juda ham ko'p kutishdi. Va nihoyat klip ham qo'shiq ham tayyor. Lekin, yana ozgina kutishingizga tog'ri keladi. Endi qirqiga jidagan, qirq biriga ham chidashga to'g'ri keladi. Eslatib o'tamiz klip prem'erasi aynan bizning portalimizda bo'ladi. Biroq, unga qadar Shahzoda hamda Shahriyor mobil telefoni bor o'z muxlislariga ajoyib sovg'a tariqasida qo'shiqning aynan telefon qo'ng'irog'i uchun mo'ljallangan qisqa ko'rinishini aynan bizning portal orqali taqdim etishga qaror qilishgan. Shunday ekan, yaqin kunlarda yaratiladigan imkoniyatdan foydalaning azizlar!

Hozircha esa maqolani batafsil o'qib klip lavhalaridan bahramand bo'ling!

Samandar"Chinor ostidagi duel" - ushbu nom ostidagi ajoyib filmni eslagan bo'lsangiz kerak. Samandar Hamroqulov bu filmni ko'rgan kezlari oldiga shu filmda kuylangan "Eng gullagan yoshlik chog'imda..." qo'shig'ini kuylashni maqsad qilib qo'ygan ekan. Mana bugun buni vaqti yetti shekilli, Samandar tez kunlarda shu taronani muxlislarga taqdim etishni ko'zlagan. Tarona deyarli tayyor, faqat muxlislar hukmiga taqdim etish qoldi holos. Samandar yana yangi ikki tarona tayyorlagan ulardan biri hazil tariqasida yaratilgan bo'lsa, ikkinchisi tojik tilida yaratilgan. Hazil tarzida yaratilgan qo'shiqning nomi "Men seni kutaman" deb nomlangan bo'lsa, tojik tilida yaratilgan toronani nomi "Dilbarijon" deb nomlanadi. Xonanda muxlislari bilan yanada yaqinlashish uchun tez kunlarda o'zining web saytini ochishni rejalashtirgan. Portalimizni kuzatishda davom eting, shunda siz Samandarning rasmiy sayti haqida eng birinchilardan bo'lib ma'lumotga ega bo'lasiz.
BehruzFM to'lqinlari orqali yangrayotgan "Yevropa" taronasi sizning e'tiboringizdan ham chetda qolmagan bo'lsa kerak. Behruz ijodidagi ushbu tarona xonandaning ashaddiy muxlislariga juda ham yoqqan ko'rinadi. Nega deysizmi? Chunki ushbu taronadan so'ng xonanda bilan bog'lanib muxlislar yana shunga o'xshash yangi taronani taqdim etishini so'rashgan. Sentyabr oylarida Jahongir.uz musiqasi, Temur so'zi bilan yaralgan "Do'st" taronasi sizning hukmingizga ekskluziv tarzda taqdim etiladi. Kuzating faqat bizda!

Gallery.SB.uz

So’nggi xabarlar

Audio Time!
Portalimizning Audio Time loyihasida Oybek va Nigora ijodiga mansub yangi "To'xtama" taronasi joy oldi. Bemalol tashrif buyurib, tinglashingiz mumkin.
Tinglash...
----------------------------------
Prem'era!
Ulug'bek Rahmatullaevning yangi "Sensiz yashay olarman" taronasining prem'erasi 19 iyun kuni soat 11:00da FM 105,8 MHz "Zamin FM", 21:00 da esa FM 103,5 MHz "Poytaxt" va FM 101,5 MHz "Grand" radiolari orqali bo'lib o'tadi.
O'tkazib yubormang!
----------------------------------
Oybek & Nigoradan prem'era!
"Akfa Media" tarkibidan chiqib, alohida ijod qilayotgan Oybek va Nigora so'nggi 4 oy ichida juda sermahsul ijod qilishdi. Ko'plab muxlislarning talablariga binoan, ularning so'nggi hit qo'shiqlaridan biri "Afsus bilmaysan"ning mp3 ko'rinishini bugun bizning portaldan ko'chirib olishingiz mumkin.
Qo'shiqni ko'chirib olish
----------------------------------

REKLAMA

Tug’ilgan kunlar

11 oy 7 kun qoldi

Tohir Sodiqov
01 iyul

Barchasini ko'rish

REKLAMA

Biz bilan aloqa

Portal ma'muriyati
info@sb.uz
REKLAMA BO'YICHA
E-Mail: reklama@sb.uz