Siz haqingizda

Xush kelibsiz,
Mehmon

Ro’yhatdan o’tish yoki kirish

_BLOGIN

REKLAMA

Hamkorlarimiz

REKLAMA

Ovoz berish!

2010 yil SB.uz portalidan nima kutyapsiz?

«SB.uz - 4 yoshda!» gala-konsertini
Yulduzlar ishtirokida sumalak bazmini
Yulduzlar ijrosida SB.uz portalidan maxsus taronani
«SB.uz - Bitiruv kechasi 2010!» konsert dasturini
Online radio tashkil etilishini
Portal jurnali yoki gazetasi tashkil etilishini
«SB.uz bilan yangi yil kechasi!» konsert dasturini


Natijalar
Boshqa so’rovnomalar

Umumiy ovozlar: 228
Izohlar: 16

REKLAMA

Bosh sahifa  Yaxshisi    Mashhurlari   Ro’yhat  
Intervyu
Yulduzlar bilan intervyu
Yulduzlar
Yulduzlar haqida
Yangiliklar
Eng so'nggi yangiliklar
Programma
Programma
Yumor
Yumor
Yulduzlar Reytingi
Yulduzlar Reytingi
Uzkino
O'zbek kinosi
TV
TV olamida!
Maktublar
Muxlislardan maktublar
Portal news
Portal yangiliklari
Radio olamida
Radio olamidagi yangiliklar
30x30
30x30
Evrika

Jami: 3188 ta maqola 13 kategoriyada
Davron Ergashev“Mario” qo’shig’ini “Zakonniy” qilib aytib, ancha-muncha dillarni “Egov-egov” qilgan xonanda Davron Ergashevning yangi yo’nalishi  ko’plab musiqashunoslar va san’at ahli tomonidan tanqidga olindi. Ammo muxlislarga qarshi borib bo’larmidi… Xonandaning okean ortida suratga olingan “Jingalak” klipi ham turli tortishuvlar mavzusiga aylanib qolsa, ajab emas.
Eng maftunkor xonandaSaytimiz orqali o'tkazilgan 3 oylik so'rovnoma asosida ko'rsatilgan 7 nafar ayol xonanda ichidan "Eng maftunkor xonanda" aniqlandi. Juda ham keskin raqobat yuzaga kelgan mazkur tanlovda g'oliblikka har bir xonanda asosiy da'vogar bo'la olardi. Biroq, faqatgina ular ichidan bittasi yutib chiqishi lozim edi. Bu ham bo'lsa, maftunkor Shahzoda bo'ldi. Maqolani batafsil o'qib, yo'llangan ovozlar yakuniy natijasi bilan tanishishingiz mumkin bo'ladi. Biz shu o'rinda estradamiz yulduzi Shahzodani "Eng maftunkor xonanda" deya topilganligi munosabati bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Endilikda siz aziz muxlislar "Eng maftunkor erkak xonanda" nomini aniqlab berishingiz darkor. Sizningcha u kim?
SogdianaHa, ming afsuski estradamiz yulduzi Sogdiana "Yulduzlar fabrikasi - 6" teleloyihasini tark etdi. U shu kungacha o'zini nimalarga qodir ekanligini hammaga isbotlay oldi. Uning mahorati barchaga birdek ayon. Albatta, uni finalga borishini istaganlar soni minglab, balki millionlab topilar edi. Biroq, Rossiya tanlovida ishtirok etayotgan o'zbek xonandasini g'olib chiqishi haqiqatdan yiroq edi. Zero, shuncha o'z yurtdoshlari turganda bizning hamyurtimizga g'oliblik kursini topshirib qo'yishni qaysi yurt ham istardi. Mayli, nima bo'lganda ham Sogdianani O'zbekistondan borib, shu bosqichgacha yetib kelishini o'zi katta yutuq! Shu ishni yana qaysi bir o'zbek xonandasi takrorlay oladi? Qani kim ayta oladi? Juda ham qiyin vazifani uddalagan Sogdianani hali oldinda katta yutuqlar kutib turibdi. Bular haqida esa keyinroq sizga ma'lumot beramiz. Darvoqe, Sogdiana bilan eksklyuziv intervyu faqat bizda bo'ladi. Agarda sizning Sogdianaga yo'llaydigan mahsus savollaringiz bo'lsa bemalol yozib qoldirishingiz mumkin.
O'zbek estradasida ijod qilayotgan xonandalarning may oyi yakunlari bo'yicha reyting natijalari hech bir san'at shinavandasini befarq qoldirmasa kerak. Mana siz azizlar tomonidan yo'llangan ovozlarning barchasi sarhisob qilinib, yulduzlarimizning oyilik reyting natijalari aniqlandi. Marhamat tanishib chiqing.
Eslatib o'tamiz, bu loyiha 30-kanalning "Shou-biznes yangiliklari" ko'rsatuvi, "Humo" haftanomasi hamda "Sanam" jurnali bilan hamkorlikda amalga oshirilayotganligi sababli saytdagi oy yakunlari ozgina farq qilishi mumkin.
ShahzodaEstradamiz yulduzi Shahzodaning reytingi "Kechalar" qo'shig'idan so'ng anchagina ko'tarilgani hech kimga sir emas. Ana endi mana shu reytingni osonlikcha qo'ldan boy bermaslik kerak. Buni tushungan Shahzoda yana yangi qo'shiq yaratdi va unga ayni kunda klip ham tasvirga tushirilmoqda. Ravil Gimazutdinov musiqasi, Shahnoz so'zi bilan kuylangan ushbu qo'shiq hali qanday nomlanishi 100% aniq emas. Lekin, qo'shiq naqoratidan kelib chiqqan holda tarona "Faqat sen" deb nomlanishi mumkin, deya tahmin qilsa bo'ladi. Klip iste'dodli klipmeyker Yodgor Nosirov tomonidan tasvirga tushirilmoqda. Hozir biz sizni e'tiboringizga klip suratga olish jarayonida olingan fotosuratlarni havola etamiz.
MalikaEstrada olamida shiddat bilan ijod qila boshlagan Malika yangi ijod na'munalarini muxlislar hukmiga havola etishga tayyor. Qo'shiqlardan biri Shuhrat Zokirov musiqasi, Shohruh Jo'raev so'zi bilan kuylangan "Begonaman" taronasi bo'lsa, ikkinchisi  Jasur Abdurahmonov musiqasi, Tohir Muhammad so'zi bilan kuylangan "Sen borsan" taronasidir. Yaqin kunlarda "Begonaman" qo'shig'iga ham klip tasvirga tushirilishi rejalashtirilgan. 
ZumradTaniqli kinorejissor Bahrom Yoqubov yana yangi film ustida ish boshladi. Bahrom Yoqubovning har bir filmini tomosha qilgan kinotomoshabin bu rejissor asosan muammoli, dolzarb mavzularni ko'tarib chiqishini biladi. U o'z an'anasiga sodiq qolgan holda navbatdagi filmida ham o'ziga hos muammoli mavzuni ekranlashtirishga qaror qilgan.
SherkhanSherkhan nomi ostida ijod qilayotgan yosh ijodkor o'zining ilk albomi tarkibidan o'rin oladigan eng so'nggi qo'shig'ini yozib tugatish arafasida. Qo'shiq 100% jonli yozilmoqda. Ya'ni, qo'shiqdagi musiqalarni ham jonli ravishda studiyada chalib, tayyorlanmoqda. Mazkur taronada Sherkhan yaxshilik va yomonlik mavzusini ko'tarib chiqqan. Yaqin kunlarda shu qo'shiqqa klip ham tasvirga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Darvoqe, bu qo'shiqning prem'erasi ham aynan bizning internet portalda bo'lib o'tadi.
Shou-biznes olamiShou-biznes olami saytining eng ko'zga ko'ringanoyihalaridan biri hisoblanmish "SUPER HIT-PARAD" loyihasi o'zining uchinchi yakunlarini e'lon qilishga tayyor. Bu safar g'oliblik shohsupasiga Shohruhning "Hayr endi" taronasi ko'tarildi. Shu munosabat bilan Shohruhni muborakbod etib qolamiz. Tashrif buyuruvchilardan esa keyingi "SUPER HIT-PARAD"da yanada faolroq qatnashishlarini so'rab qolardik. Marhamat natijalar bilan tanishing... 

Yodgor MirzajonovQizlarning yoqimtoy xonandasi Yodgor Mirzajonov "Tunlari tanho" qo'shig'iga klip ishlayotganligi haqida sizga avval xabar bergan edik. Mana qisqa fursat ichida klip ham tayyor bo'ldi va klip prem'erasi aynan bizning saytimizda bo'lmoqda. Agarda siz hali TV orqali namoyish etilmagan klipni tomosha qilishni istasangiz marhamat ko'chirib oling! Tez kunlarda sizni e'tirboringizga yana bir qator ajoyib kliplar ham taqdim etiladi. Jumladan Rayhonning "Intilib yashayman", Roksananing "Top ikki dona" qo'shig'iga ishlangan kliplar.
Yulduz-BolajonlarBugun 1-iyun Bolalrani himoya qilish kuni! Mana shu munosabat bilan Shou-biznes olami sayti barcha bolajonlarni muborakbod etadi. Siz hech yulduzlarimizni bolalikda tushgan suratlarini ko'rganmisiz? Ular bolalikda qanday bo'lishganligi sizga juda ham qiziq bo'lsa kerak. Marhamat sizni e'tiboringizga mahsus suratlar jamlangan katta fotosuratni taqdim etamiz. Ushbu suratdan bugungi kundagi Shou-biznes olamida faoliyat yuritayotgan 3 nafar maftunkor chehraning bolalikda tushgan ajoyib suratlari o'rin olgan. Suratlardan bahramand bo'ling!
MP3Siz uchun eng yangi mp3 formatdagi qo'shiqlarni taqdim etishda davom etamiz. Saytimizning "MP3 BASE" sahifasidan Lolaning "Baxt yarim", Shohruhxonning "Armonim" (eksklyuziv), Shahnozning "Aytgin nega", Manzura va Akbarning "Bo'ldi, yetar!", Odil To'laganovning "Soya bormi", Kvartetning "Qani Kvartet", Shahriyor hamda Zarina Nizomiddinovaning "Ismi yuragimda" kabi qo'shiqlari o'rin oldi.
DIQQAT!!! Ba'zi texnik sabablarga ko'ra Sogdiananing "Vaqt" hamda Roksananing "Yurak urar" nomli taronalarini ko'chirish imkoni bo'lmagan edi. Ana endi bemalol ko'chirib olishingiz mumkin.
YayraSarlavhani o'qib hayron qolgandirsiz? Ha, shoirlardan ehtiyot bo'ling! Bu san'atkorlarimizga maslahat, desak noto'g'ri bo'lmasa kerak. Buni qarangki, maftunkor Yayra yangi taronasi ustida ish olib borayotgan paytda "yosh shoircha"larimizdan biri bastakor tomonidan ilgari surilgan bir g'oyani o'zlashtirib olib, boshqa xonandagi "pullagan". Buni natijasi o'laroq, Yayra umid qilayotgan, hatto omma e'tiboriga nomini ham ma'lum qilgan ajoyib taronasidan mahrum bo'lgan. Qo'shiq "Mayli" deb nomlanishi kerak edi va naqorati ham shu so'zdan iborat bo'lishi kerak edi. Ammo... Shuning uchun aziz san'atkorlarimiz hozirda shoirlardan ham ehtiyot bo'lish kerak ekan.
Aziza JonimAziza Jonim ozgina fursatli tanaffusdan so'ng yana ijodga kirishdi. Lekin, endilikda Aziza ijodga avvalgilardan ham jiddiy kirishgan. Estradada o'zini yangi yo'nalishfa sinab ko'rishga qaror qildi. Ya'ni, texno hip-hop hamda sharqona uslublarning uyg'unlashuvi asosida ajoyib bir tarona yaratdi. Ibrohim Jiyanov so'zi, Aziz Usmonov va Farhod Abdullaevlar musiqasi asosida dunyoga kelgan mazkur tarona hech kimni befarq qoldirmaydi. Zero, bizda yangi yo'nalishlar har doim yaxshi qarshi olingan.
Odil To'laganovYosh iste'dodli xonanda Odil To'laganov o'zining "Soya bormi" nomli taronasi orqali xalq ko'nglidan joy olgan edi. Biroq, Odilning "Soya bormi" qo'shig'idan so'ng ijro etgan taronalari u darajada ommalshmangandek. Ayni kunda xonandamiz yana 3ta yangi qo'shiq tayyorlamoqda. Ulardan biri "Nega" deb nomlanadi va shu taronaga kelayotgan hafta Rustam Murodov boshchiligida klip ham tasvirga tushiriladi. Odil mazkur qo'shig'i omadli chiqishiga umid qilmoqda. Qolgan qo'shiqlar nominin esa Odil To'laganov hozircha sir tutishga qaror qildi.
SogdianaEstradamizning yorqin yulduzi Sogdiana ijrosidagi yangi o'zbek tilidagi "Vaqt" nomli taronasini saytimizning "MP3 BASE" sahifasidan ko'chirib olishingiz mumkin. Faqat Shou-biznes olami saytida siz eng yangi va sifatli qo'shiqlar hamda kliplarni ko'chirib olishingiz mumkin. Eslatib o'tamiz, ushbu qo'shiqlardan noqonuniy yo'llarda foydalanish taqiqlanadi. Bu mp3 qo'shiqlar faqatgina uy sharoitida tinglash uchun mo'ljallangan.

So’nggi xabarlar

Gallery.SB.uz loyihasidan Dineyra, Masrur UsmonovFarruh Komilov, Kaniza, Iroda Dilroz va "100%" guruhining fotosuratlari o'rin oldi.
----------------------------------
"Ada emas, DADA!" badiiy filmi prem'erasi ba'zi sabablarga ko'ra surildi.
----------------------------------
Navro'z bayrami uchun SB.uz portali o'z muxlislariga ajoyib sovg'a hozirlamoqda.
----------------------------------
SB.uz portali "Sumalak bazmi"ga tayyorgarlik ko'rmoqda. Barcha yulduzlarni sumalak bazmiga taklif qilamiz!

REKLAMA

Multimedia time

Audio Time
--------------------------------
Video Time

REKLAMA

Tug’ilgan kunlar

7 oy 18 kun qoldi

Zebo
26 oktyabr

Barchasini ko'rish

Biz bilan aloqa

Portal ma'muriyati
info@sb.uz
REKLAMA BO'YICHA
E-Mail: reklama@sb.uz