|
Sogdiana "SUPER HIT-PARAD" g'olibasi!!! 23 kun davomida ovozlar qabul qilingan bizning hit-paradimizda bu safar Sogdiana ijrosidagi "Meni esla" taronasi tengsiz deb topildi. Marhamat, qolgan o'rinlar bilan tanishib chiqing!
| Mirtohir Mirgulamov /18:39 25.11.06/ | | | |
|
|
|
Haqiqiy SENSATSIYA!!! O'zbek estradasining mega yulduzi Sogdiana sanoqli soatlardan so'ng Rossiya Shou-biznesining eng katta saroyida, eng nufuzli sovrin hisoblanmish "Zolotoy grammofon"ni qo'lga kiritadi!!!
| Mirtohir Mirgulamov /21:42 24.11.06/ | | | |
|
|
|
Barcha www.Shou-bizneS.uz portali ashaddiy muxlislari, bizning fan-klub sizlar uchun ajoyib sovg'a tayyorlamoqda!
| Mirtohir Mirgulamov /16:03 24.11.06/ | | | |
|
|
|
Tolib Quliev... Bu ijodkor siz-u bizga yaxshi tanish. Bastakor va xonandalik yo'nalishida o'ziga yarasha mavqega ega edi... Biroq, u endi oramizda yo'q.
| Mirtohir Mirgulamov /13:16 24.11.06/ | | | |
|
|
|
|
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Rayhon G'anieva ijrosidagi yangi "Bakabang" taronasini tingladingizmi? Agar hali tinglamagan bo'lsangiz ertaga "Smile" on-line radiosi orqali tinglashingiz mumkin bo'ladi.
| Mirtohir Mirgulamov /19:46 23.11.06/ | | | |
|
|
|
Juda ham qisqa fursat ichida minglab o'z muxlislariga ega bo'lgan "Smile" on-line radiosi nega jim? Bu savol, nazarimda, bugungi kunning eng dolzarb mavzusi. Xo'sh, "Smile"ga nima bo'ldi?
| Mirtohir Mirgulamov /22:11 22.11.06/ | | | |
|
|
|
Yosh, maftunkor va iste'dodli xonanda Zoda o'zining "Jonginam" deb nomlangan taronasiga klip suratga tushirayotganligi haqida bundan bir necha hafta avval ma'lumot bergan edik. Mana endi klip ham tayyor bo'ldi.
| Mirtohir Mirgulamov /21:47 22.11.06/ | | | |
|
|
|
Kun sayin ijodida o'sish sezilayotgan iste'dodli xonanda Dilfuza Ismoilovaning yangi fotojamlanmasi portalimizning Fotogallereya bo'limidan o'qin egalladi.
| Mirtohir Mirgulamov /21:23 22.11.06/ | | | |
|
|
|
“Smile” on-line radiosi boshlovchisi DJ Shax tomonidan tayyorlangan navbatdagi flash klip ham Portalimizning Flash kliplar bo'limidan o'z o'rnini egalladi.
| Rustam Fayziev /08:35 21.11.06/ | | | |
|
|
|
O'zbek shou-biznesi olamida eng ko'zga ko'ringan yulduzlaridan biriga kiruvchi Lola negadir juda ham kamnamo bo'lib qoldi. Buning sababi nima ekan? U bu yil yakkaxon konsert dasturini taqdim etadimi yoki yo'qmi?
| Mirtohir Mirgulamov /20:35 20.11.06/ | | | |
|
|
|
Jingalak sochli, iste'dodli, qizlarning yoqimtoyiga aylanib ulgurgan xonanda Sharof Muqimov va nihoyat ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi!!! Sharofning ta'kidlashicha, 2007 yil 13-14 fevral kunlari "Turkiston" saroyida yoshlikdagi orzusi bo'lmish yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.
| Mirtohir Mirgulamov /15:03 20.11.06/ | | | |
|
|
|
Iste'dodli xonanda Doston Ubaydullaev ijodidagi so'nggi yangiliklarni bilish maqsadida uning prodyuseri hisoblanmish Jamshid Xojiniyozov bilan bog'landik. Jamshid Xojiniyozov bergan ma'lumotlarga ko'ra, hozirda ular yosh iste'dod egalariga ko'mak berish uchun prodyuserlik markazi tashkil etishgan.
| Mirtohir Mirgulamov /14:49 20.11.06/ | | | |
|
|
|
Anora. Yosh iste'dod edasi bo'lgan bu xonanda bugungi kunda jonli ijroda eng yaxshi kuylay oldaigan xonandalarda biriga kirsa ajab emas. Zero, u o'zining jozibador ovozi bilan barchani lol qoldirib kelmoqda. Bugun uni nafaqat O'zbekistonda, balki Yaponiyada ham tanishadi! Qiziq Anora bilan Yaponiyani nima bog'lab turadi?
| Mirtohir Mirgulamov /22:25 19.11.06/ | | | |
|
|
|
"Ishonmasman"... "Yorim bo'lsang"... ana endi esa "Nechun erkam"! Sardor Rahimxonning navbatdagi taronasi aynan mana shunday nomlanadi.
| Mirtohir Mirgulamov /10:17 18.11.06/ | | | |
|
|
|
"Yo'q"... Shahzodaning yangi taronasi aynan shunday nomlanadi. Bu haqda biz sizga bundan bir necha hafta ilgari ham ma'lumot bergan edik. Bu tarona kimga va nimaga qarata ijro etilgan? Shahzoda shu qo'shiqqa ishlangan klipda yangi qiyofada, yangi imijda paydo bo'ladi. Lekin, nima uchun u o'z imijini o'zgartirdi?
| Mirtohir Mirgulamov /20:02 16.11.06/ | | | |
|
|
|
O'zbek kinosining eng ko'zga ko'ringan kinorejissorlaridan biri Bahrom Yoqubovning navbatdagi filmi "Sug'diyona" va nihoyat katta ekranga chiqdi. Film ekranga chiqishidan avval biz o'z muxlislarimiz bilan prem'eraga 2 kishilik chiptani yutib olish uchun viktorini o'yini o'tkazgan edik. Aniq javoblar juda ham ko'p yo'llandi va g'olib prem'eraga 2 kishilik chiptani qo'lga kiritdi. Eng birinchi javob yo'llagan Alisher Ikromov ismli foydalanuvchimiz g'olib bo'ldi.
| Mirtohir Mirgulamov /21:52 15.11.06/ | | | |
|
|
|
|