Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Fev, 2007

Zoda: Internet olamida sayr qilaman!

ZodaBugungi bizning mehmonimiz, iste’dodli yosh xonandalarimizdan biri, “Orzu”, “Jonginam”, “Sezaman” taronalari ila bizga anchayin tanilgan hamda qalbimizdan chuqur joy olgan ZODA. ZODAni savollarga ko’mishdan avval, u haqida qisqacha ma’lumot bersak. 1985 yil 15-oktyabrda toshkent shaxrida tavallud topgan Zoda, yoshligidan musiqaga juda ham qattiq qiziqib keladi. 

- San’atga bo’lgan qiziqishingiz, yoki bo’lmasam san’atga kirib kelishingiz haqida…
- Yoshligimdan san’atni juda ham qadrlaganim uchun qo’shiq kuylashni juda ham yoqtirganman. Oliygohni tugatgach, estrada olamidagi o’zimning ilk faoliyatimni boshladim.
- Ijodingizdagi so’nggi yangiliklardan muxlislarni voqif etsangiz.
- Juda ham ma’yus qo’shiq ijro qildim, tez kunlarda muxlislarimni mana shu yangi «Seni qalbing» deb nomlanmish tarona bilan xushnud etaman…
- Bojalar bilan duet tarona ijro etdingiz. Ushbu duet haqida nima deya olasiz?
- Menga “Bojalar” guruhining ijodi juda ham yoqadi, ular bilan do’stmiz… Shu tufayli duet ijro etish bo’yicha g’oya tug’ildi hamda biz birgalikda ushbu duetni ijro etdik.
- Kelajakda yana duet ijro etsangiz, duetdoshingiz kim bo’lishi mumkin?
- Bu savolga aniq javob berishim qiyin. Lekin kelajakda yana duet aytish niyatim yo’q emas…
- Sizning ijroingizdagi qo’shiqlar ichki dunyoingizga mos keladimi?
- Ha. Deyarli barcha qo’shiqlarim ichki dunyoimga mos keladi. Agar siz o’sha ijro etayogan qo’shig’ingiz qalbingizdan chiqmasa, siz uni muxlislarga yetkazib bera olmaysiz. Bundan kelib chiqadiki, qo’shiqni ich-ichidan ijro etish lozim.
- Estradada sizning eng yaqin do’stlaringiz?
- Barcha san’atkorlarni o’zimga do’st deb bilaman.
- 14 fevral, Sevishganlar kuniga ham oz qoldi. Tabiiyki, hamma sevadi va seviladi. Shu o’rinda bir savol tug’iladi: sevgan insoningiz bormi???
- Sevgi-muhabbat mavzusida juda ham ko’p gapirish mumkin. Biroq, shaxsiy hayot — bu shaxsiy hayot. Shuning uchun ushbu savolga javob bermayman.
- Oilangizdagilarni sizning san’at sohasidagi qadamlaringizga bo’lgan fikrligi qanday?
- Mening ushbu sohada ijod qilishimga oila a’zolarimning hissasi juda ham katta. Ular meni hamisha qo’llab quvatlaydilar. Shunday oilada tavallud topganimdan baxtliman. Ayniqsa, opalarim doimo yonimda. Ularga ham rahmat!
- Darvoqe, oila-a’zolaringiz haqida so’rashni unutibmiz. Ozgina shu haqda ham ma’lumot bersangiz.
- Oilada 3 ta qizmiz, shulardan eng kichigi hamda eng erkatoyi o’zim bo’laman (kuladi).

Zoda
- Hozirgi kunda deyarli ko’pgina taniqli insonlar kinoda rol ijro etmoqda. Adashmasam sizni suratingizni «Olovuddinning sehrli chirog’i» filmining afishasida ko’rib qoldim…
- Ushbu filmga qolgan san’atkorlar qatorida men ham chaqirildim. 2 kun davomida ushbu filmda suratga tushdim. O’ylaymanki tomoshabinlarga ushbu film juda ham yoqdi va yoqib kelmoqda…
- Demak, aktrisalik borasida ham o’zingizni sinab ko’rdingiz. Kinoga takliflar ham ko’paygandir???
- Ha, kinoga takliflar bo’lyapti. Biroq, ularning hammasiga ham rozilik beraverish bu yaxshi emas. Yaqinda yana bir taklif bo’ldi, taniqli kinorejissordan. Hozircha u rejissor kimligini va qanday filmga taklif tushganligini ma’lum qilmayman. Vaqti kelganda o’zingiz hammasini bilib olasiz.
- Siz odatda kayfiyatga qarab ish tutasizmi?
- Ha. Agarda kayfiyatim bo’lmasa, to’grisi hech qanday ishga qo’l urmayman.
- Sizningcha insondagi muhim hislatlar bu — ……
- Insoniylik hamda mehribonlik… Ushbu hislatga ega insonlar bilan suhbat qurish o’zgacha…
- Qaysi guruh va xonandalarni ijodini qadrlaysiz?
- “Yalla” guruhini yoshligimdan buyon yoqtiraman. Ular men uchun “KUMIR”. Xorij hamda o’zbek estradasini tinglayman…
- Ko’pchilikni qiziqtirayotgan savol… ZODA internetda o’tiradimi???
- Ha, bo’sh vaqtim bo’lganida internet olamida sayr qilib turaman. Bu juda ham o’zgacha olam!!!
- Radio tinglaysizmi? Agar tinglasangiz, odatda qaysi radioni ko’proq???
- Radio eshitib turaman. Ayniqsa O’zbegim taronasi radiosini…
- O’z muxlislaringizga tilaklaringiz?
- Omad, baxt, muhabbat… dunyodagi barcha eng ezgu va yaxshi tilaklarni tilab qolaman…
- Ajoyib hamda qiziqarli suhbat uchun tashakkur… Shaxsiy hayotingizga baxt, ijodingizga esa omad…
- Sizga ham rahmat!

Jahongir (JET) suhbatlashdi


Muallif: | Bo'lim: Intervyu | 57 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *