Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
18 Mart, 2007

Zebo: "San’at men uchun hayot misoli!"

ZeboHozirgi kunda o’zbek estradasi rivojlanib, xorij estradasidan qolishmaydigan darajada o’z mavqeiga ega bo’lib kelmoqda. Bunda esa oddiygina qilib aytganda, san’atkorlarimizning hissasi juda ham katta. Bugun biz sizni e’tiboringizga ana shunday o’zbek estradasini nafaqat O’zbekistonda, balki xorijda ham ko’tarib kelayotgan iste’dodli, yosh xonandalarimizdan biri ZEBO bilan uyushtirilgan suhbatni havola etamiz.

Zebo… Bu yosh hamda umidli xonanda 80-yillar boshida Toshkentda, san’atkorlar, ya’ni rassomlar oilasida tavallud topgan.

- Avvalam bor san’at sohasiga kirib kelishingiz haqida so’zlab bersangiz?
-  Oilamizdagilarning barchasi san’at sohasida ish faoliyatligini yuritishganligi uchun, san’atga yoshligimdan juda ham qiziqardim. San’at men uchun hayot misoli.
- Qo’shiqchilik yoki boshqacha qilib aytganda qo’shiq kuylashga sizga nima turtki bo’lgan?
- To’g’risini aytsam, men miloman, ya’ni musiqa tinglashni va kuylashni juda ham yaxshi ko’radigan insonman. Shu sababli yoshligimdan qo’shiq kuylashni yoqtirardim. Oliygohni tamomlagach esa, qo’shiq kuylashga jiddiy kirishdim.
Zebo- Oilangizdagilarning qo’shiq kuylashingizga qarshiligi bo’lmaganmi?
Yo’q. Eng birinchi ular meni qo’llab quvvatlashgan.
- Oilangiz haqida so’zlab bersangiz?
- Oilada ota-onam va 4 farzandmiz. 2 ta opam hamda ukam bor. Katta opam dizayner sifatida ish faoliyatlarini olib boradilar. Ikkinchi opam esa kiyimlar bo’yicha modelyer.
- Eshitimizcha, yaqinda Yaponiya safariga otlanibsiz?
- Ha, aprel oyida Yaponiyaga kontsert safariga boraman. U yerda eng yangi qo’shiqlarim bilan chiqish qilaman. U yerdan qaytib kelgach esa, ilk albomim ustida ish olib boraman.
- Albomni qachon chiqarishni rejalashtirgansiz?
- Ilk albomim kuz oylarida muxlislar hukmiga havola etiladi. Unda 12 taga yaqin taronalar joy olishi kutilmoqda.
- Hozirgi kunda juda ham ko’p xonandalarimiz o’zlarini kino sohasida ham sinab ko’rishmoqda. Sizga kinoda suratga tushishga takliflar tushdimi?
- Xonandalik qilishimdan oldin ham ko’p takliflar tushgan, hozirda ham ko’p takliflar tushmoqda. Lekin barchaligiga rad javob berib kelmoqdaman. Chunki, o’zimni kinoda tasavvur qila olmayman.
- Hayotda qanday insonsiz?
- Hayotda juda ham ta’sirchan insonman. Shu sababli meni juda ham tez hafa qilib qo’yish mumkin.
- Muxlislaringizga tilaklaringiz?
- Shunchalik qiziqib, befarq bo’lmaganliklari uchun rahmat. Hamisha musiqa bilan yashashsin…

Suhbatni Jahongir (JET) olib bordi.


Muallif: | Bo'lim: Intervyu | 69 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *