Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 Avg, 2006

Yodgor Mirzajonov: «Meni ikki onam bor…»

Yodgor MirzajonovO’tgan sonimizda sizning hukmingizga ajoyib sensatsionni suhbatni taqdim edgan edik. Bu gal ham sizga atab ajoyib sinsatsionniy suhbat tayyorlaganmiz. Kim bilan deb o’ylayapsizmi? Unday bo’lsangiz biz bilan birga suhbatdoshga aylaning. Ha aytgancha, suhbatimizda nafaqat xonandaning o’zi, balki uning onasi to’g’rirog’i onalari qatnashadilar. Kim ekan deb hali ham boshingiz qotdimi? Mayli aytsak aytibmiz-da. Suratda ko’rib turganingiz qizlarning erkatoyi Yodgor Mirzajonov. Kulib turishini qarang, bu nigoh qanchadan qancha qizlarni maftun etgan. Bu yoqimtoy xonandamiz onasining ham erkatoyi. Xonanda e’tirof etishicha, uni ikkita onasi bor emish… Yo’g’e… Yani suhbat davomida bu haqida ko’proq bilib olamiz…- Yaratgan ilk qo’shig’ingizni eslay olasizmi?
- Yoshligimda Tohir Sodiqovning qo’shiqlarini maktabda kuylab yurardim. Tadbirlarda ham ularning taronasini aytardim… Ilk qo’shig’imga kelsak, u «Go’zalim» bo’lgan. Uzoq izlanishlar va katta mashaqatlar evaziga yaralgin.
- Yaratgan va yaratayotgan qo’shiqlaringiz borasidagi fikringiz?
- Har bir qo’shig’im, yuragimdan chiqqan navo. Qo’shiqlarim orqali men dilimdagi kechinmalarimni, o’y fikrlarimni qo’shiq orqali izhor etaman. Muhabbat haqidagi qo’shig’imni ijro etib, hayotda sevmasligim mumkin, lekin sevishganlarning dardini his etib kuylayman. San’atda yuzakilik soxtalik bo’lishi mumkin emas.
- Hayotda onangizning o’rni…
- Onam mening borlig’im. Ham ona, ham ota bo’lib meni voyaga yetkazgan, san’atga olib kirgan, har kuni, har on duo qiladigan onajonim. Shu kungacha nimagaki erishgan bo’lsam, barchasi onam tufayli. Bir umr volidamning oldidagi qarzni uzolmasam kerak. 
- Ijod bilan bo’lib ko’pincha uyda bo’lmaysiz. Asosan qayerda tamaddi qilasiz?
- Qayerda bo’lmay iloji boricha uyga kelib ovqatlanishni afzal ko’raman. Chunki, onajonimdan mazaliroq ovqat pishiradigan odam yo’q bu dunyoda. Bir kuni deng, yarim kechada sho’rva ichgim kelib qoldi. Hijolat bo’lib onajonimga erkalik qildim. Bir soatda shunaqa mazali sho’rva pishirdilarki, uni ichib mazza qilib uxladim.
- Qanday paytlarda ijodingiz jo’shib keladi?
- Kayfiyatga va vaziyatga qarab. Qo’qisdan yarim tunda ham ilhom kelib qolishi mumkin. Endi tasavvur qiling, tunning qoq yarmi. Yangi qo’shig’imning g’oyasi ichimdan quyilib kelyapti, soatga ham qaramay Feruza opamga telefon qilaman uyqu aralash ovozda «Zo’rku, yangi g’oyang» deb qoladilar. Yoqmasa yuzimga haqiqatni aytaveradilar. «Qizg’onaman» va «Sog’inganimda» qo’shiqlarim xit bo’lishini aynan Feruza opam bashorat qilganlar. O’shanda ishonmagan edim. Haligacha muxlislarim shu qo’shiqlarni ijro etishimni so’rashadi.
- Yodgor, Feruza Nodirova bilan ilk marotaba qachon tanishgansiz?
- Feruza opam haqida ko’p eshitgan edim. To’g’risini aytsam, birinchi marta xonalariga kirayotganimda qo’rqqandim. Qattiq qo’l bo’lsalarchi?.. Lekin ilk suhbatimizdayoq yuraklarini menga ochdilar. Va biz bir-birimizni tushundik. Feruza opamdan avval bir-ikkita odamga prodyuserlik qilish borasida taklif qilgan edim. Ular menga birinchi navbatda qat’iy shartlarni qo’yishdi. Feruza opam esa menga hech qanday shart qo’ymasdan taklifimni qabul qildilar.
- Feruza Nodirova. Ushbu so’zni eshitganingizda, nimani ko’proq his qilasiz?
- Bir narsani aniq bilaman Feruza opam meni juda yaxshi ko’radilar. Meni «erkatoyim» bolajonim deb erkalatadilar. Lekin ishga kelganda qattiq qo’llik ham qiladilar.
- Nima sababdan ayol prodyuser tanlagansiz?
- Farzandni onachalik hech kim yaxshi tushunmaydi. Ayol kishi ko’proq yuragiga quloq soladi…
- Qaysi onangiz qattiq qo’lroq?
- «Mening ikki onam bor ikkisi ham mehribon…» (Qotib-qotib kuladi).
- So’nggi marta qanday kitob mutolaa qildingiz?
- Hozir «Alkimyogar»ni o’qiyapman.
- Ertalab soat nechilarda turasiz?
- Soat nechilarda uhlashimga bog’liq. Meni uhlashim ham qiyin, turishim ham qiyin.
- Sevgi borasida nima deya olasiz…
- Sevgi… Yaxshisi qo’shiqlarimni tinglay qoling….
Shu yerda suhbatni to’xtatib tursakda, Yodgor Mirzajonovning «Mening ikki onam bor…» deb aytgan so’ziga oydinlik kiritish uchun uning ikki onasini suhbatga tortdik. Demak Patilaxon aya va Feruza Nodirovalar.
- O’g’lingizni qay bir hislatlari yoqadi yoki yoqmaydi…
Patilaxon aya: — Yodgorning tirishqoqligi, kamtarligi, maqsadi sari astoydil intilishi uning yahshi fazilatlari. Yolg’iz o’g’il bo’lgani uchun ba’zan erkalik ham qilib turadi. Kayfiyati bo’lmasa, iloji boricha yolg’iz qolishga harakat qiladi. «Ichimdagini top» deydiganlardan. Qaysarligi ham o’ziga yarasha. O’g’limni doim tushinishga harakat qilaman.
- Har bir onani orzusi farzandini baxtini ko’rish. Qachon kelin olasiz…
- Nasib qilsa… Kelinim ham o’g’limni tushunib ijodiga hayri-hoh bo’lishini hohlayman.
- Patilaxon aya ba’zi paytlarda o’g’ligizni prodyuseridan qizg’onmaysizmi?
- Yo’q, qizg’onmayman. Chunki Feruzaxondan o’g’limga yordam berishni o’zim iltimos qilganman. Eng ?iyin paytda bu ayol Yodgorga beg’araz yordam berdi. Men o’g’limni san’tkor bo’lishini tug’ilganidan orzu qilganman. Rahmatli otasi yo’lidan ketishini xohlganman. Otasi xofiz bo’lganlar, lekin ming afsus umrlari qisqa ekan… Yodgor hech qachon otasini ko’rmagan…(ko’ziga yosh olib)
- Feruza opani o’g’lingiz ona deb chaqirishiga qanday qaraysiz?
- Nima o’g’limni onasi ikkita bo’lsa yomonmi. Axir onaning qo’lidan yomonlik keladimi. San’atning qiyinchiliklari, dovonlari ko’p bo’ladi. Shunday paytda o’g’limga yaqin insoni qalqon bo’lsa, bolamni hech kimga hafa qildirmasa men qanday qilib qarshilik ko’rsatishim mumkin. Uyda men yolg’iz Yodgorimga onalik qilsam, san’atda uning sinalgan onasi borligidan hotirjamman.
- Feruza opa, sizni hamkasb sifatida yahshi bilaman. Qachon qaramay tinch yurmaysiz qachon orom olasiz?
Feruza Nodirova: — Hayotda qancha qiyinchilik ko’rsam shuncha g’ayratim oshadi. O’zingiz tasavvur qiling, farzandingiz sizga yordam berishini so’rab iltimos qilsa, qanday qilib charchadim deysiz. Jurnalistika sohasini tanlayotganimda, ota-onam qarshi bo’lishgan «Bu ayollarning kasbi emas, halovating bo’lmaydi». Men hozirgi Milliy unversitetining tarix fakultetini tugallaganman. Mutaxassisligim san’at tarixi bo’yicha, lekin jurnalist bo’lishni 10 yoshimdan beri orzu qilib kelganman birinchi maqolam 12 yoshimda o’quvchilar nashrida «hozirgi Tong yulduzi» gazetasida chop etilgan. O’sha-o’sha jurnalistika mening taqdirim ekanligini his qildim. Sohamni sevganim uchun charchashni bilmayman. Prodyuserlikka kelsak, bu ham mening faoliyatimning bir qirrasi.
- Hamkorigingiz qanday boshlangan?
- Bundan uch yil oldin boshlangan edi. O’sha paytlarda «Humo» gazetasida bosh muxarrir bo’lib ishlardim. Yodgor bilan ilk marotaba suhbat qurganimizda o’shanda tanishganmiz. Men suhbat qilishdan oldin suhbatdoshimni ichki dunyosini o’rganib unga ko’nglim tushdi. Uning hayotda qanchadan-qancha qyinchiliklarni ko’rgani meni o’ziga jalb etdi. Bir haftadan so’ng Yodgorni hayotidagi ilk katta ma?ola chop etildi. Shundan so’ng u bilan tez-tez gaplashib turadigan bo’ldik. Bir oydan so’ng Yodgor oldimga kelib prodyuserlik sohasini taklif qildi. Avvaliga prodyuserlikni mas’uliyati katta bo’lgani uchun boshida ikkilandim. Unga yo’q deya olmadim. Shundan so’ng, xonanda va prodyuserlik faoliyati boshlandi. Yodgorni bugungi yutuqlari mehnatimizning mahsulidir.
- Xonanda bilan prodyuser boshida shartnoma tuzib ish boshlaydi…
- Men Yodgorni o’z farzandim deb bilaman. Farzandingiz nechta deb savol berishsa. Men ikki farzandim qatorida uni ham farzandim deb javob beraman. Endi o’zingiz o’ylab ko’ring, ona bilan bolani o’rtasida qanday shartnoma bo’lishi mumkin.
- Ish jarayonida, ayniqsa, shou-biznesda tortishuvlar bo’lishi tabiiy. Bunday vaziyatlarda muammolarni qanday hal qilasizlar?
- Albatta tortishuvlar bo’ladi. Yodgor juda qaysar bola men ham undan qolishmayman (kulib). Lekin bizning arazimiz uzoqqa bormaydi. Kim nohaq bo’lsa, o’sha birinchi bo’lib aybini tan oladi. Ikkalamizning ham maqsadimiz san’at olamida yaxshi ma’noda yutuqlarga erishish. Bir-birmizni tushunganimizdan, mana deyarli to’rt yil birga ishlamoqdamiz.
- Feruza opa, sizning farzandlaringiz Yodgordan qizg’onishmaydimi?
- Bu masalada men farzandlarim bilan boshidanoq kelishib olganman. Azamat o’g’lim va Durdona qizim uchun Yodgor akadek bo’lib qolgan. Qizg’onishga hech qanday o’rin yo’q. Farzandim uchta ekanligi qon-qonimga singib ketdi (kulib).
- Bir kunmas bir kun Yodgor boshqa «krutoyroq» prodyuser bilan ishlashni hohlab qolsachi…
- Men bu savolni boshqacharoq ham berishim mumkin. Masalan: menga boshqa «krutoyroq» xonanda shu taklifni aytib qolsachi… Men Yodgorning oldidagi mas’uliyatimni doimo his qilib turaman va o’g’limga hech qachon hiyonat qilmayman. Moddiy manfaat o’z yo’liga, lekin bu dunyoda insoniy qadr-qimmat, mehr-oqibat degan tushunchalar ham borku. O’ylaymanki, Yodgorning fikri ham aynan shunday.
P/S: Yodgor Mirzajonovning ikkita bir-biridan mehribon onasi bor ekanligiga siz ham amin bo’ldingiz. Har kimni ham shunday suyanchiqlari bo’lsa, hayotdagi barcha qiyinchiligi, to’siqlardan bemalol o’tishi tabiiy. Bugungi suhbatimiz mazmunli o’tdi degan umiddamiz. Kelgusi uchrashuvlarni kuzatib borsangiz, bundanda go’zal suhbatlarga sherik bo’lasiz…
                                                                         Ravshanbek NURMUHAMEDOV suhbatlashdi.


Muallif: | Bo'lim: Intervyu | 102 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *