Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
17 May, 2006

Yayra: «Insonning ichki dunyosiga nazar solish kerak»

YayraYayra — bu yosh, iste’dodli, maftunkor xonanda bugungi kunda ko’pchilikni e’tiborini o’ziga tortmoqda. Nima sababdan? Maftunkorligi tufaylimi yoki ijro etgan qo’shiqlari xalq nazriga tushganmi? Nima bo’lgan taqdirda ham u bugun xalq e’tiborida. Bugungi kunda Yayraning muxlislari ko’plab topiladi. Aynan mana shu muxlislardan bizga kelgan maktublar Yayra bilan suhbat uyushtirishimizga turtki bo’ldi. Suhbatni diqqat bilan o’qishni sizga tavsiya etamiz! -          Yayra, aytingchi shou-biznes olamiga sizni nima boshlab keldi?

-          Kutilmaganda men shou-biznes olamiga qo’shilib qoldim. Aslida men birinchi sinfdan musiqiy litseyda tahsil olganman. Shunday bo’lsada, hech qachon xonanda bo’laman, deb o’ylamagan edim. O’shandan buyon qo’shiq kuylayman va hech san’atdan chetlasha olmayapman. San’atga kirgan inson qaytib chiqib ketishi qiyin ekan. Bugungi kunga kelib san’at men uchun shunchaki xobbi yoki qiziqish emas, balki hayotimning bir bo’lagiga aylangan.
-          Siz juda ham maftunkorsiz! Nima deb o’ylaysiz shu maftunkorligingiz sizga hayotda yordam beradimi?

-          Albatta, ko’p hollarda tashqi ko’rinishim menga yordam beradi. Lekin, ba’zida halaqit ham beradi. Menimcha, ko’proq insonning tashqi ko’rinishiga emas, balki ichki dunyosiga nazar solish kerak. Agarda insonning ichki dunyosi go’zal bo’lmasa, bu uning tashqi ko’rinishida ham ta’sir qiladi.
-          Fotosuratlaringizga qarab sizni ilk bor ko’rgan odam fotomodel bo’lsa kerak, deyishi shubhasiz. Hech o’zingizni fotomodel sifatida sinab ko’rishni o’ylab ko’rmaganmisiz?
-          Men fotomodellik kasbiga juda ham qiziqaman. Fotomodellikni ham san’atning bir turi deb bilaman. Fotokamera oldida, usta fotograflar bilan ishlash menga yoqadi. Biroq, men hozircha xonandalikni tanladim.
-          Siz musiqani tanlaganingizdan afsuslangan paytlaringiz ham bo’lganmi?
-          Mana san’atga qadam qo’yganimga ham 5 yil bo’libdi. Shu o’tgan vaqt mobaynida turli qiyinchiliklar, hafagarchiliklarga duch keldim. Bu juda ham qiyin kasb ekanligini tushunib yetdim. Ko’pchilik esa aksincha oson deb o’ylashadi. Va holanki ular har bir qo’shiqning, har bir klipning yaralishi qay darajada qiyin bosqichlardan iborat ekanligini bilishmaydi. Katta mablag’, katta kuch, g’ayrat, mehnatni talab qiladigan kasb. Lekin hech qachon bu yo’lni tanlaganimdan afsuslanmaganman. Men o’zim istagan ishim bilan mashg’ulman.
-          O’z muxlislaringiz bilan muloqatda bo’lib turasizmi?
-          Ha, albatta! Ahir aynan mana shu muxlislarimiz uchungina ijod qilamizku, biz san’atkorlar. Men o’z muxlislarim bilan suhbatlashishni juda yoqtiraman. Ularning fikrini bilishni istayman. Agarda kimda-kim men bilan muloqatda bo’lishni istasa, bemalol o’z maktublarini yayra@sb.uz elelktron manziliga yo’llashlari mumkin. Qolaversa, Shou-biznes olami, ya’ni sizning saytingiz bo’lmish www.shou-biznes.uz sayti orqali ham menga SMS yo’llashingiz mumkin. Men har bir maktubni albatta o’qiyman va imkon qadar bariga javob yozishga harakat qilaman. Har bir muxlisimning fikri men uchun muhim.
-          Tasavvur qiling, sizda jahon miqyosidagi yulduzlar bilan duet ijro etish imkoniyati bor. Siz kim bilan duet ijro etgan bo’lardingiz?
-          Enriki Iglesias emas. Jennifer lopez ham emas. Uitniy Hyuston bilan aytsam meni tovushim hatto bilinmay ketadi. Demak, u ham emas. Repper bilan! Qaysinisi? Hmm… Busta Rhymes bilan ijro etardim. Sho’x tarona.
-          Oooo, yaxshi! Yana bir bora sizni tasavvur qilishga chorlaymiz. Tasavvur qiling, sizni xorijiy davlatlardan birida ijod qilishga taklif qilishdi. Ammo, siz O’zbekistonda yetarlicha muxlislarga ega bo’lgansiz. Shunday holat yuzaga kelsa, siz qanday yo’l tutardingiz?
-          Birinchidan, kim va qayerga taklif qilishiga qarayman. Agarda katta, ishonchli kompaniya bo’lib, 1 yil ichida jahon miqyosidagi yulduzga aylanishimga kafolat berishsa albatta borar edim. Lekin shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, men u yerda bo’lsam ham o’zbekistonliklar uchun, vatandoshlarim uchun kuylardim.
-          Siz uchun hayotingizda nima birinchi o’rinda turadi: san’at, oila va muhabbat?
-          Sevgi va san’at o’rtasida tanlaydigan bo’lsam, san’atni birinchi o’ringa qo’yardim. Oilam bilan muhabbat o’rtasida shubhasiz oilamni ustun qo’yaman.  Shu kungacha oila yoki san’atni tanlashimga to’g’ri kelmagan. Chunki, oila a’zolarim doim meni qo’llab-quvvatlab kelishgan. Shuning uchun bu haqda hech narsa deya olmayman.
-          Tanqidga qanday qaraysiz?
-          O’tgan 5 yil mobaynida meni tanqid qilishlariga-yu, olqishlashlariga ko’nikib qoldim.Men tanqidga juda ham oddiy qarayman. Agarda tanqid o’rinli bo’lsa, men quloq solaman va maslahatlariga amal qilaman. Agarda noo’rin tanqid bo’lsa, ahamiyat bermaslikka harakat qilaman.
-          Internetga ham tez-tez kirib turasizmi?
-          Ha. Asosan muxlislarimdan kelgan maktublarga javob yozish uchun kiraman. Qolaversa, internetga kirganimda www.shou-biznes.uz saytini bir bora kirib aylanib chiqish menga yoqimli. Chunki, bu saytga kirib, o’zbek shou-biznes olamida sodir bo’layotgan yangiliklardan xabardor bo’lish mumkin. Juda ham qiziq va original sayt deya bemalol aytish mumkin.
-          Muxlislaringizga tilaklaringiz…
-          Muxlislarim bizning baxtimizga sog’ va omon bo’lishsin. Hech qachon yuzlaridan tabassum arimasin. Men barcha muxlislarimni sevaman! Shou-biznes olami saytiga esa omadlar tilayman!


Muallif: | Bo'lim: Intervyu | 51 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *