Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
18 Yan, 2010

Ubaydulla Omonni hayratga solgan scenariy!

OmadYakunlangan 2009 yilda 30 dan oshiq hususiy filmlar tomoshabinlar hukmiga havola qilindi. Lekin achinarlisi ularning atigi bir nechtasi kassabop bo'lib ommalashdi xolos. Bu filmlar orasida Jahongir Ahmedovning romantik komediya janrida suratga olingan «Uylanish» kartinasini ham kiritish mumkin. Jahongir Ahmedov shu kunlarda «Omad» nomli mistik drama janrida suratga olingan ikkinchi filmining prem'erasini taqdim qiladi. Ushbu filmda Ubaydulla Omon, Bobur Yo'ldoshev va Iroda Nosirovalar bosh qahramon obrazlarini yaratishgan. Bugun sizning e'tiboringizga Ubaydulla Omon bilan bo'lgan ajoyib va qiziqarli suhbatni havola qilamiz. Shuningdek, ikki kishilik taklifnomaga ham ega bo'lishingiz mumkin…

Aziz portalimiz foydalanuvchilari! Suhbat ichida harflar yashiringan. Agar harflarni birliashtirib chiqsangiz, filmning bir nechta ijodkorlarining ismi-shariflari kelib chiqadi. Yashiringan so'zlarni info@sb.uz elektron manziliga yuborishingizni so'raymiz. Xatda o'zingiz haqingizda qisqa ma'lumot va telefon raqamingizni ham yozishni unutmang!

–Ubaydulla aka, hozirgi kunda kino Biznes sohasida kassabop aktyor va aktrisalar ko'payib ketgan. UlArning qatoriga sizni ham qo'shishimiz mumkin. Shu sababli ham kinorejissorlardan juda takliflar ko'p. Aytmoqchimanki, Sizda filmda rol ijro qilish uchun imkoniyatlaringiz bor. Nega aynan yosh rejissor Jahongir Ahmedovning «Omad» kartinasini senariysini tanladingiz va rol ijro qilishga rozi bo'ldingiz?
–Men «Poyma-poy» filmining prem'erasiga tashrif buyurganimda, Jahongir Ahmedov assistentini yuborib, menga yangi suratga olinishi rejalashtirilgan filmning senariyni yetkazdi. Shu kunning o'zida bir o'tirishda o'qib chiqdim va menga yangi «Omad» filmining senariysi katta ta'sir qildi. Mening nazarimda, ushbu film o'zbek kinosining yangi bir sahifasini ochib beradigan film bo'ladi. Film ekran yuzini ko'rganidan so'ng, kinoTanqidchilar va tomoshabinlar o'z fikrlarini bildirishar albatta, ammo men shunday deb o'ylAyabman. Men senariyni o'qib chiqqanimdan so'ng, Jahongir bilan uchrashdiK va ancha muddat suhbatlashdik. Unga men rOziman, filmingizda jon deb o'ynayman,-deganimda, Jahongir «Boy ota» obrazini o'ynab beRasiz dedi. Men esa yo'q Jahongir, men «Omad»ni o'ynayman,-dedim. Jahongir bo'lsa, «Omad» obrazi bosh qahramon bilan tengdoSH bo'lishi kerak,-dEdi. Ha unday bo'lsa, mayli deb «Boy ota»ning Roliga rozi bo'ldim. Ammo bir necha hafta o'tgandan so'ng, Jahongir menga qo'ng'iroq qilib: «Ubaydulla aka, bu haqida ko'p o'yladim, keling siZga shu «Omad» Obrazini beraman»,-Dedi. Shundan keYin suratga olish ishlari bOshlandi. E'tirof etib o'tishim kerakki, filmning Suratga olish ishlari Ramazon oyIda bo'lib o'tdi. Bosh qahramoN obrazini talqin qilgan Bobur Yo'ldOshev xabaringiz bor, Milliy teatrda ishlaydi. Uning Vaqtlari to'g'ri kelmagani uchun ko'pincha kechasi soat 10:00dan tonggi 5 ga qadar og'iR bir sharoitlarda suratga olindi. Lekin natijA bor. «Omad» kartinaSi tomoshabinning yuragidan joy oladigan filmlardan biri bo'ladi. Chunki Jahongir Ahmedov yoShiga nisbatan, ushbu filmda juda muhim bir mavzuni ko'tarib chiqqan. Ushbu film insOnning ishonchi haqida… Aslida inson o'ziga ishonsa, uning hayoti boshqacha bo'ladi. Shu o'rinda bir rivoyat yodiMga tushDi.
Bir odam yo'lda ketayotsa, quduqqa duch keladi. Uning yonida qanoti singan qushnI ko'radi. Shu payt bir lochin uchib kelib, jarohatLangan qushga suv va yemish beradi.
Ey,-deydi shu quduq yonidan o'tib ketayotgan odam. Shunday bir qanoti singan qushga Alloh riSq berayotgan bo'lsa, demak menga Ham risq beradi,-deb shu yerda qoladi. Quduq yonidan o'tayotgan Odamlarga suv berib, kunini o'tkazaDi. Bir kuni quduqNing yonidan donishmand o'tadi. U insonga bu yerda sen nima qilaayabsan,-deb donishmand savol beradi. Men qanoti singan qUshga taqlid qilib, shu yeRda yashayabman,-deydI. Alloh qanotsiz qushga risqni berDi, demak menga ham beradi. Inson, shu qilayotgan ishim to'g'rimi,-deb so'rayDi. Bilmayman,-deb javob beribdi donIshmand.
Donishmand: Nima uchun sen o'sha qanotsiz qushdaN ibrat olayabsan? Nimaga lochindan ibrat Olmading?,-deb ketadi.
Bu film mana shu haqida. Insonning taqdiri haqida. Filmning senariysi juda ishonarli tarzda yozilgan va ishonarli qilib film ham suratga olindi. Jahongir AhmedoV bilan tanishganimdan juda hursandman. Bundan keyin ham suratga oladigan filmlarida men uchun obraz topa Olsa, albatta Jahongir bilan birgalikda ishlayman.
–Filmning suratga olish jarayonida o'zingiz qatnashdingiz. Senariyni o'qiganingizda, tasavvuringizda filmning bor syujeti gavdalangan bo'lishi tabiiy. Filmning suratga olish guruhi yosh ijodkorlardan tashkil topgan edi. Ish jarayonida sizning tasavvuringizdagi va sizning ko'nglingizga yoqqan senariydagi jarayonlar sodir bo'ldimi?
–Suratga olish guruhining yutug'i shundan iborat ediki, suratga olish maydonchasiga rejissor tayyor bo'lib kelardi. Aytmoqchimanki, ham oPerator ham aktyorlar uchun konkrEt savollarga javob bor edi. Jahongir biRor epizodni olishdan avvAldan uyida hayolan ko'rgan bo'lardi. Shuning uchun ham suratga olish ishlari mobaynida baxs va noroziliklar bo'lmadi va syomka jarayoni silliq kechdi. Boshida senariyni o'qiganda, boshqacha bir Tasavvurda bo'lasiz. Keyin kinOni ko'rganingizda afsuslanasiz. Chunki ko'pincha senaRiyda bor narsani 50 narI borsa, 60 % i ekranga chiQadi. «Omad» kartinasida Bunday bo'lmadi. Bu safar senariyni qanday o'qigan bo'lsam, filmni qanday tasavvur qilsam, huddi shunday chiqdi.
–Filmdagi partnyoringiz haqida…
–»Omad» filmidagi partyorim, mening do'stim rejissOr Bahodir Yo'ldoshevning o'g'li Bobur Yo'Ldoshev. Men Bobur bilan birgalikda mana uchinchi filMda birgalikda rol o'ynayabman. Bobur tabiatan juda talabchan inson. Ba'zi dubllarini 14-15 marotaba oldik. Chunki Bobur o'ziga o'zi yoqmadi. Yaqinda mEn filmning xomaki nusxasini tomosha qiLganimda, Bobur juda to'g'rI qilgan ekan,-degan fikrga keldim. Men Bobur Yo'ldoshevning ijodiga juda katta baho beraman.
–O'zingiz tajribangizdan kelib chiqib, filmning suratga olish ishlari boshlanmasidan sizning fikringizga tayangan holda rejissor Qahramonlarni talqin qilayotgan aktyorlarning O'rnini o'zgartirdi. Bu o'Zgartirish filmning yutug'iga xIzmat qildimi yoki nimalarnidir yo'qotdimi?
–Bilasizmi, bu savolga javob berish men uchun biroz noqulaY. Bu savolga xolis tomoshabin va kinotanqidchilar javob bErishi kerak. Ammo kinoni ko'rganimda, menga o'zim o'ynagan rolim yoqdi.
–Kinojarayonda hozirgi kunda kassabop degan tushuncha paydo bo'lgan. Rejissorlarimiz ham ketma-ket kassabop filmlar yaratishga harakat qilishmoqda. Kassabop mavzu ham bor, ya'ni qaynona-kelin munosabatlari… Siz nima deb o'ylaysiz, «Omad» kartinasi kassabop filmlar qatorida bo'ladimi? O'zbek tomoshabini sizning nazaringizda, kartinani qanday qabul qiladi? «Omad» kartinasining maVzusi bugungi kunda kerakmi?
–Menimcha, kassabop bo'ladimi, festivalniy bo'ladimi, falsafiy bo'ladimi, komediya, melodrama bo'lishidan qat'iy nazar faqat zerikarli bo'lmasligi kerak. Qaysi janrdagi film bo'lsa, bo'laversin. Zerikarli bo'lsa, bu film tomoshabinga yoqmaydi. Eng asosiysi filmda ko'tarilgan mavzu tomoshabinga yaqin bo'lishi kerak. Tomoshabinni filmning boshidan ohirigacha ushlab turishi kerak. Ba'zi filmlarning boshini ko'rgan tomoshabin qolgan qismini bir-biriga aytib beradi. Mana shunday filmlar agar ko'payib ketsa, biz tomoshabinning didini pasaytirib qo'yamiz. Aslida o'zbek tomoshabinining didini jahon kinolarigacha ko'tarishimiz kerak. Lekin hozirgi kundagi sharoit bizga yo'l bermaydi. Bizda chiqadigan kinolarimiz albatta jahon kinosi durdonalaridek bo'lishi lozim. Lekin baribir oliy maqsad o'zbek kinosi shu jahon kinosiga juda yaqin bo'lishi kerak. Menimcha, Jahongir Ahmedovning «Omad» kartinasi shu savollarga javob beradi.
–Hozirgi kinojarayonga sizning munosabatingiz? Shuningdek, ketma-ket yosh ijodkorlarning kinoga kirib kelishi…
–Bugungi kinoimizning kamchiliklaridan biri mutaxassislarning yo'qligidir. Filmning suratga olish guruhida o'z sohasining yetuk mutaxassislari kam bo'ladi. Ko'pchiliklar ko'chadan, chetdan kelgan bir guruhni tuzib olib, kino chiqarishmoqda. Bu albatta kinoning sifati va saviyasiga katta ta'sir ko'rsatmasdan qolmaydi. Film yaratish juda mas'uliyatli ish. Kino ham «Amru-maruf»ga o'xshagan bir narsa. Bu «Amru-maruf»ni million odamlar eshitadi, ko'radi va albatta o'zi uchun ma'naviy ozuqa oladi. Rejissor o'zi suratga olgan film bilan tomoshabinni yoki rahmon yo'liga yoki shayton yo'liga chaqirishi mumkin. Birinchidan, o'sha men rejissorman, kino olayabman degan insonni film suratga olish uchun haqqi bo'lishi kerak. Ikkinchidan esa uning ilmi bo'lishi kerak. Hozirda orzu-havas bor. Lekin imkoniyat yo'q. Shunga qaramasdan rejissorlar kino olyabti. Men o'ylaymanki, kinoni 70 %i rejissor bilan bog'liq. Agarda film omadsiz chiqsa, rejissor «Mana bu yerida bunday bo'ldi», «Bu aktyorni olmoqchi edim, lekin uning vaqti bo'lmadi»,-deyishga haqqi yo'q. Tomoshabinning bu bilan ishi ham yo'q. Tomoshabin pul berib kiradi, menga lazzat, orom yoki bo'lmasa savollarimga javob ber,-deydi. Va o'z o'rnida rejissor filmi orqali shu ishni bajarishi kerak. Kino tomoshabinga ko'rsatilgandan keyin rejissor o'zini oqlashi bilan hech narsa o'zgarmaydi. Bir buyuk fransuz rejissori o'rtog'iga, «Kinoning 50%i taxt bo'ldi»,-debdi. O'rtog'i «Qanday qilib, sen hali syomka jarayonlarini boshlamadingku»,-desa, rejissor «Men kinoning nomini topdim»,-degan ekan. Mening nazarimda, kino oladigan rejissorning faylasufoni nim kosasi bo'lishi kerak. Biror mavzuni olib, kino qilgandan keyin uning tagida ma'no-mazmun yotishi kerak. Agar mana shunday yo'l bilan ketsak, o'zbek kinosi yaxshi-yaxshi mahsulotlar berishi mumkin.
–Yuqorida ta'kidlab o'tdingiz, suratga olish ishlari asosan kechasi o'tkazilgan ekan. Chunki aktyorning vaqtiga qaralishi kerak. Ramazon oyi, tungi suratga olish ishlari, Bobur Yo'ldoshev teatrda ham band. Sizga qiyin bo'lmadimi va shu jarayon qanday o'tdi? Siz uchun filmdagi eng ta'sirli va qaysidir epizodni mas'uliyatli deb hisoblaganingiz?
–Menimcha filmning kulminatsion nuqtasi bu bekatda bo'lib o'tadigan lavha. Qachonki bosh qahramon, «Omad» bilan uchrashadi. Shu yerda «Omad» ohirgi marta ogohlantiradi va ketadi. Tahminan shu epizodik sahnani 5 soat suratga oldik. Chunki bosh qahramon Bobur Yo'ldoshevning holati o'ziga yoqmasdi. Shunday holatlar ham bo'ldiki, biz Boburni o'sha holatga kelishini yarim soatlar ham kutdik. Bobur suratga olingan epizodga rozi bo'lmadi. Shu joyni kechasi tahminan yarim tunda boshlab, tonggi 5 ga qadar suratga tushirdik. Hattoki nahorlik qilib, og'iz yopishga ham vaqt bo'lmagani uchun ro'za tutadiganlar quruq suv bilan yopishdi. Bilasizmi shunday bir senariylar borki, o'qib chiqqandan keyin men aktyor sifatida kino tezroq katta ekranga chiqib, tomoshabinlar tomosha qilishi uchun harakat qilaman. Yana shunday senariylar borki, senariy unchalik ham ma'qul bo'lmasdan aktyor ishlaydi. «Omad» kartinasining senariysini tezroq film bo'lib chiqishini xohlayabman. Suratga olish jarayonlari qiyin bo'lgan bo'lsa ham men qiyinchilik sezmadim. Har kunlik mahsulot va har kunlik qilgan ishimdan men rozi edim. Shunday bo'ldiki, Jahongir ish jarayonida yana mukammal yangi-yangi epizodlarni topib kelaverdi va bu bilan biz filmni boyitib ketdik. Filmning ohirigacha ijod to'xtamadi,-desam adashmagan bo'laman. Hattoki, filmning nihoyasi sifatida ko'rsatilgan epizodik lavha ham filmning suratga olish ishlarining ohirgi kuni hayolga kelgan. Film so'nggida men qizil mashinaga o'tirib ketishim kerak edi. Biz bunga tayyor edik. Bir kuni Jahongir, «Ubaydulla aka, bu sahna menga yoqmayabti, boshqacha qilamiz»,-deb qoldi. Jahongir: «Omad yo'lga qarab ketadi, omadni boshqa odamlar kutmoqda. Bobur bilan o'z ishini tugatdi, endi boshqalarga kerak»,-degan fikr keldiyu, keyin shu sahna suratga olindi. Mana shu so'nggi epizod bo'ldi.

Durbek SHOFAYZIEV suhbatlashdi.

Omad


Muallif: | Bo'lim: Intervyu | 117 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *