Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
2 Avg, 2010

Radioboshlovchilikdan imijmeykerlikka…

Akmal AkbarovFaoliyatini radioboshlovchilikdan boshlagan va shu sohada ko'p yillar mehnat qilib, oqibat qiziqish ustun kelib, imijmeykerga aylangan  Akmal Akbarov SB.uz portalining «Intervyu» sahifasi mehmoni. Hozirda u poytaxtimizda joylashgan «TAMO Style» go'zallik salonining bosh stilist-imijmeykeri hisoblanadi…

- Akmal aka, kasbingizni o'zgartirishingizga nima turtki bo'ldi?
- O'zMU ning o'zbek filologiyasini tugatganman. Magistraturani tugatganimdan keyin, «O'zbekiston» radiosiga sharhlovchi bo'lib ishga kirgandim. U yerdagi ishim qiziq edi-yu, biroq sartarosh o'rtoqlarimning oldiga tez-tez borganligim tufayli shu kasbga mehr qo'ydim. Havas bilan sekin-sekin shu kasb bilan shug'ullana boshladim. Bu sohaning sir-asrorlarini mahoratli stilist hamda imidjmeyker Dilorom Eshonqulovadan  o'rgandim.
- Har bir mijozingizga qancha vaqt sarflaysiz?
- Bir soat. Bu vaqt ichida mijoz va o'zim kutgan natijaga to'la erishamiz.
- Hamkasblaringizdan kimni alohida e'tirof etasiz?
- Manzuraning imidji dunyo yulduzlarnikidan  qolishmaydi. Bizning ta'bir bilan aytganda, eng «modniy» imidj sohibasi. Xonandaning stilisti Jamoliddin mohir, tajribali, sidqidildan ishlaydi.. 
- O'zingiz-chi? Јaysi xonandalarimizning ko'rinishiga «javobgarsiz»?
- Ozodbek Nazarbekov, Sardor Rahimxon, Ulug'bek Rahmatullaev, Mirjamol, Aziz Rametov, Alisher Fayz, Shohruhxonlarga imidjmeykerman. 
- YUrtimizda bu soha qay darajada rivojlanmoqda?
-A'lo darajada deyish mumkin. Stilistlarimiz Rossiya, Fransiya, Germaniya kabi rivojlangan davlatlarda ishlashmoqda. Yurtimizda o'tkazilib kelinayotgan «Style.uz» tanlovida shogirdlarim qatnashib,  yuqori natijalarni qo'lga kiritishdi.
- Har bir sohada yangilik uchun izlanish kerak. Faoliyatingiz uchun muhim bo'lgan qaysi  adabiyotlardan foydalanasiz?
- Sartaroshlar uchun maxsus chiqarilgan kitoblardan foydalanaman. Sartaroshlar assotsiatsiyasi tomonidan va eng sara deb topilgan stilistlarning ishini kuzataman. Ular yaratgan imidjlar ko'proq o'arb davlatlariga to'g'ri keladi. Ulardan g'oya olaman va sharqona ko'rinishni singdiraman.
- Nega?
-Xuddi shu imidjlar o'zbekona urflar to'g'ridan-to'g'ri    mos kelmaydi. «Istarasi sovuq» bo'lib qolishadi. Shu sabab ko'proq o'zim o'ylaganlarimni mijozlarimga tavsiya qilaman.
- Kasbingizning nozik qirralari…
-O'z ishimizni sevishimiz kerak. Mijozlarni ayashimiz lozim. Ayrimlar mijozlarning sochini chiroyli turmaklayman deb, jonsizlantirib qo'yishadi. Sochlarni asrash nafaqat ularning qo'lida, balki shu go'zalligini bizga ishonib topshirgani uchun  mutaxassislarning ham qo'lida deb bilaman.
- Bayramlarda uy sharoitida tayyorlasa bo'ladigan qanday soch turmagini tavsiya qilasiz?
-Sochlar yuvilganidan keyin sochiqda artib quritilib,  yengil holatda qoldiriladi. Keyin sochni himoyalovchi parfyumer surtiladi,  so'ng  muss suriladi. Keyin shakl berish uchun  g'ijimlanadi. Oxirida fen yordamida quritiladi. Bu soch turmagi «mokriy» deyiladi.

NIQOBLAR
* Sochlarni imkon qadar maxsus niqoblar bilan oziqlantirib turish kerak. Soch uchun mo'ljallangan niqoblarning eng foydalisi bu – achchiq bodomli kompressdir. Sochni yuvishdan oldin uning ildizlariga 20 daqiqaga bodom yog'i surtiladi. Iliq suvda boshni yumshoq massaj qilgan holda yuviladi.
* O'rtacha idishga toza aroq solinadi. Unga 3-4 ta qalampirni ivitib, boshga surtiladi. U  nafaqat to'kilayotgan, balki o'sishi sekinlashib qolgan sochlar uchun  ham  foydali.
 
 UCH MASLAHAT
* Har doim sochni fenda quritish ham yaramaydi. Goh-gohida tabiiy qurishiga ham imkoniyat tug'dirish kerak.
* Soch ildizlarini tirnoq bilan  qashlamaslik kerak.
* Sochlaringiz sog'lom jilo taratishini istasangiz, ularni oyda ikki bor limon sharbati bilan chaying.

Ozodbek Nazarbekov: Stilist Akmalni uchratgunimga qadar, ko'plab imidjmeykerlarga murojaat qilib yurardim. Bir kuni gala konsertga tayyorgarlik ko'rayotganimizda,  do'stlarimdan Akbar haqida iliq fikrlarni eshitdim va imidjimni o'zgartirish uchun unga yuzlandim. Ishini a'lo darajada yakunlagani uchun, uning doimiy mijoziga aylandim. Konsert yoki to'yga chiqishdan oldin hamisha Akmalga murojaat qilaman. Aziz Rametov: Akmal aka, har bir mijoziga shunchaki o'zgartirish kerakligi uchun ishlamaydilar. Xoh oddiy mijoz bo'lsin, xoh mashhur xonanda bo'lsin, barchaga bir xil muomalada bo'ladilar. 

Sardor Rahimxon:  Sidqidildan ishlashi unga bo'lgan hurmatimni oshirgan.


Muallif: | Bo'lim: Intervyu | 87 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *