Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Avg, 2007

Lola ijodni tark etadimi?

LolaIsh yuzasidan «Tarona Rekords» studiyasiga borganimizda, tasodifan Lolaga duch keldik. Lola shoshib turganiga qaramay bizning savollarimizga javob berishga harakat qildi. Demak, sog’ingan ko’ngillar uchun, 5 daqiqalik Loladan eksklyuziv suhbatni havola etamiz.- Keling, suhbatimiz avvalida hammani birdek qiziqtirgan savolni bersak. Ya’ni qizalog’ingizni ismini kim qo’ydi?
- Savolingiz uchun rahmat. Avvalambor, Assalomu Alaykum, mening aziz muxlislarim! Savolingizga javob beradigan bo’lsam, qizalog’im tug’ulgunicha ancha payt bu haqida o’yladim. Oyijonim, adajonim va turmush o’rtog’im bilan maslahatlashib, bir qarorga kelib, Shahinabegim deb qo’yishga qaror qildik.
- Javobingiz uchun rahmat. Endilikda Lola ijodini davom ettiradi-mi yoki…?
- Hozircha bir nima deyish qiyin. Avval qizalog’imni oyoqqa qo’yib olishni xohlayman. Bu yog’ini esa vaqt ko’rsatadi, -deb o’ylayman.
- Nima deb o’ylaysiz, kelajakda qizingiz qaysi kasb egasi bo’ladi? Qo’shiqchi bo’lishini istarmidingiz?
- Avvalambor, aqlli, odobli qiz bo’lishini istayman. Lekin, xonanda bo’lishiga adasi mutlaqo qarshi bo’ladilar albatta. Chunki ular bu soha ancha qiyin ekanligini va qiz bola uchun og’ir kasb hisoblanishini yaxshi biladilar. Qanday kasb egasi bo’lishidan qat’iy nazar, o’z sohasining ustasi bo’linishini xohlayman.
(Shu orada, Lolani chaqirib qolishdi. Lola bizdan uzr so’rab ketishi kerakligini aytdi. Biz esa o’z o’rinda bizni qiziqtirgan yana bir savolga javob olish uchun Lolaga yuzlandik)
- Lola www.Shou-bizneS.uz portali hamda sog’ingan muxlislaringiz uchun tilaklaringiz…
- Birinchi navbatda, sizlarning ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman. Kelajakda bundanda katta yutuqlarga erishib yuringlar. Muxlislarimga keladigan bo’lsak, men hali ham sizning sevimli Lolangizman! Sizlarga ham so’g'liq, baxt-saodat tilab qolaman…


Muallif: | Bo'lim: Intervyu | 135 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *