Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 May, 2007

Firdavs: «SB.uz portalini AQSHda ham bilishadi»

FirdavsO’zbek estradasida juda ham ko’p o’ziga hos uslub hamda yo’nalishga ega xonandalar mavjud. Kimdur imidj jihatdan boshqalardan ajralib tursa, yana kimdur esa nafaqat o’zbek, balki xorijiy tillarda ham bemalol qo’shiq kuylay olishi bilan ajralib turadi.

Ana shunday xorijiy tillarda ham bemalol qo’shiq kuylay oluvchi xonandalardan biri bugun bizning mehmonimiz. «Duxtari-pari», «Beg’uborim» taronalari ila bizga ma’lum va mashxur inson bu — Firdavs Pazletdinovdir.

- Firdavs, hozirgi kunda nimalar bilan bandsiz?
- Hozirgi kunda Yangi tarona ustida ish olib bormoqdaman.
Firdavs- Sir bo’lmasa qanday tarona?
- O’zbek mumtoz yo’nalishidagi ushbu qo’shiq «So’lim» deb nomlanadi. Ushbu qo’shiq musiqasi xalq qo’shig’idan olingan bo’lib, Dilshod Qurbonov tomonidan zamonaviy tarzda yozilgan. Ushbu qo’shiqqa tez orada zamonaviy tarzda klip ham suratga tushirish niyatidaman.
- Xabarimiz bor, yaqinda siz Amerika safarida bo’lib qaytdingiz. Safar ta’surotlari bilan o’rtoqlashsangiz?
- Ketar chog’imda Aeroport terminalida aeroport xodimlari tomonidan Moskvaga ketuvchi samolyotga chiqarib yuborildim. Sal qolganda Amerikagamas, balki Moskva shahriga uchib ketardim.
- Juda ham qiziqarli voqea yuz beribdi. Amerikaning qaysi shaharlarida bo’ldingiz?
- Amerikaning ko’pgina shaharlarida, jumladan, Vashington, Orlando, Richmond, Mayami hamda Nyu Yorkda bo’lib qaytdim. U yerda 4 ta qo’shig’imga klip suratga tushirdik.
- Kliplar haqida batafsil to’xtalib o’tsangiz…
- «Mayli», «Ti tolko ti», Arabcha «Adilhava» hamda forscha «Chehushkel» taronalarimga klip suratga tushirdik. Orlando shahrida joylashgan UNIVERSAL Studio ichida Davron Ergashev bilan birgalikda klip suratga tushirdik. Ko’pgina AQSh xalqiga qo’shiqlar yoqdi. Shu tufayli u yerda o’z albomim sotuvga chiqarilishi kelishib olindi. Ha aytgancha, AQSHda ham SB.uz portalini sevib tomosha qiladiganlar juda ko’p ekan. Amerikaliklar biz haqimizda qanday ma’lumot olishni so’rashganda, men SB.uz portaliga kirishlarini tavsiya etdim. Ularga juda ham ma’qul tushdi.
- Ajoyib yangilik! Demak tez orada Amerikada suratga tushirilgan kliplardan muxlislaringiz baxramand bo’lishar ekanda?
- Ha, albatta. Yaqinlashib kelayotgan bitiruvchilarga bag’ishlangan konsert dasturiga harakatdamiz. Shu yilning sentyabr oyida o’z yakkaxon konsert dasturimni taqdim etmoqchiman.

Firdavs

- Muxlislaringizga tilaklaringiz…
- Barcha muxlislarimga uzoq umr, sihat salomatlik hamda baxt ularni tark etmasligini so’rab qolaman.
- Qiziqarli hamda maroqli suhbat uchun raxmat. Kelajakdagi ijodingizga rivoj tilab qolamiz.
- Sizlarga ham rahmat!

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish

Jahongir (JET) suhbatlashdi.


Muallif: | Bo'lim: Intervyu | 69 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *