Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Apr, 2012

«Du TOR»: «Zveri» bilan hamkorlik qilishni o'ylab ko'rardik!

Du TORTashkil topganiga atigi 3 oy bo'lganiga qaramay, ketma ket ajoyib qo'shiqlarni yaratayotgan «Du TOR» guruhining ijodkorlari Eldor BEK va Azeez AKA studiyadan ertayu kech chiqmay, tinmay ijod jarayoniga kirib ketganliklarini, ushbu ijod jarayonini yaqindan kuzatish, hamda guruh vakillari bilan yig'ilib qolgan savollarimiz borasida suhbatlashish maqsadida, kecha, ya'ni 2012 yil, 8 aprel kuni ijodkorlarning studiyalariga tashrif buyurdik.

Kechagina boshqa jurnalistlar bilan ushbu studiyada suhbatlashgan Azeez AKA hamda Eldor BEK bizni ham mehmondo'stlik bilan kutib olishdi.

SB.uz: Portalimiz ijodkorlari, hamda muxlislar nomidan sizlarga alangalik salom! Menimcha, sizlar bir necha kundan beri studiyadan chiqmay ijodga kirib ketdingizmi deyman? Kecha kech soat 23:00 larda telefonlashganimizda shu yerdamiz deb aytgandingiz, bugun soat 10:00 ertalab ham qo'ng'iroq qilganimda Eldor BEK haliyam yangi qo'shiq ustida ish olib borayapmiz deb aytgandilar. Tinchlikmi?

Eldor BEK: Salom! Ha, haqiqatdan ham 3 kun bo'ldi shu yerda ko'rishganimizga, hali ham mana ko'rib turganingizdek, shu yerdamiz.

Du TOR

SB.uz: Hozir yaratayotgan qo'shiqlaringiz haqida batafsil aytib bering?

Eldor BEK:
Hozir biz bir emas, uchta yangi qo'shiq ustida ish olib borayapmiz. Birinchisi maftunkor, yosh va umidli xonanda Shirin bilan duetda kuylangan «To'yg'u» nomli qo'shiqdir. Ikkinchisi AQSH da tahsil olayotgan hamkasblarimiz va yaxshi do'stlarimiz, Boston shahrida mashhur bo'lgan «47 TRACK STARS» guruhi bilan hamkorlikdagi «I’m so sorry» nomli qo'shiq. Uchinchisi esa «Ko'zmunchoq» nomli, judayam mayin taronadir. Xudo xohlasa hozir suhbatdan keyin uchchalasidan birinchi o'rinda tayyor bo'lgan «I’m so sorry» qo'shig'ini portalingiz va muxlislarimiz hukmiga xavola etamiz.

SB.uz: Jon deb saytga qo'ygan bo'lardim ku, lekin yangi taronani klip bilan birga muxlislarga havola etishimiz mumkin. Nima sababdan o'nlab, yigirmalab qo'shiqlaringiz orasida kliplar yo'q?

Azeez AKA: Kechagi suhbatda ham aynan shu savolga javob bergandik. Ochig'ini aytganda bizda sifatli va yuqori bahoga sazovor bo'ladigan klip yaratish uchun barcha shart sharoitlar bor, klipmeykerlar ham judayam ko'pligini o'zingiz bilasiz, lekin ertaga shoshilinchda olingan video uchun uyalib qolishni istamaymiz. Klip olishdan avval, eng oldin ushbu mahsulotning g'oyasini original tarzda o'ylash lozim. Bugun telekanallarda uzatilayotgan kliplarning 50% dan oshig'i o'g'irlangan g'oyalar asosida ishlanmoqda. Bu menimcha achinarli holdir. Lekin yuqorida aytib o'tilgan «To'yg'u» nomli taronaga klip olishimiz ehtimoli bor.

Eldor BEK:
Lekin ushbu klipni suratni olish jarayoniga judayam jiddiy yondoshmoqchimiz.

Du TOR

SB.uz:  Men sizlarning «Majnun», «Yolg'iz», «O'zim o'zimga dushman», «Du TOR», «Zaberi» kabi qo'shiqlaringizni eshitib, u yerda sizlar ham rok, ham rep va uning ustiga milliy klassik musiqiy janrlarimizdan ham foydalanganingizga e'tibor berdim. Ushbu bir necha musiqiy yo'nalishdan iborat janrni qanday nomlasa bo'ladi?

Azeez AKA: Menimcha, agarda bizning yo'nalishimiz bir nom bilan ifodalansa, shunda «Du TOR»  umrini oxirigacha shu yo'nalish qolipida qolib ketishi mumkin. Bugun biz Rap, Rock, R&B, Chill Out yo'nalishlaridan aralashma qilsak, vaqti kelib klassika, milliy janrda ishlashni boshlashimiz ham mumkin. Shuning uchun hozircha biz janrimizni shunchaki zamonaviy, estrada yo'nalishi deb aytashimiz mumkin. Yoki keling hozircha yo'nalishimizni «Rap & Roll» deb ataylik.

Du TOR

SB.uz: Mana buni yangilik desa bo'ladi! Rap & Roll yo'nalishda kuylaydigan «Du TOR» guruhi. Yaqin kelajakga bo'lgan rejalaringiz haqida aytib bering?

Eldor BEK: Ijodkor odamda qanday rejalar bo'lishi mumkin? Yangi qo'shiq, konsert, taqdimot, gastrol, fotojamlanma va hakazo. Eng birinchi o'rinda biz o'zimizning albomimizni taqdimotini o'tkazmoqchimiz. Keyin esa gastrol deb o'ylayman. Hali ulkan rejalar qurish uchun vaqt bor ))).

SB.uz: Fevral oyining oxirida poytaxtimizning «Turkiston» san'at saroyiga Rossiyalik «Zveri» guruhi tashrif buyurishgandi. Ana shunda sizlar ham «repetitsiya» jarayonida ishtirok etganlaringiz to'g'risida ma'lumot berilgandi. Shu haqida batafsilroq aytib o'ting?


Azeez AKA:
Ochig'ini aytganda biz ushbu konsertga yoki «repetitsiya»ga borishni oldindan rejalashtirganimiz yo'q edi. Tayyorgarlik jarayonini borib kuzatganimiz sababi konsertda 100% jonli ijro bo'lganligi uchun.

Eldor BEK:
Lekin guruh solisti Roma o'zining xit «Rayoni Kvartali'» qo'shig'ini aytayotganida bizlar ham kirishib ketdik. Aziz rep bilan men esa bir oz bit boks qo'shib ko'rdik. Menimcha chetdan kuzatganlar ushbu qo'shiqning yangi talqinini yaxshi baholadilar.

Du TOR

SB.uz: Hamkorlik boshlanadimi «Zveri» bilan?

Eldor BEK: «Zveri» bilan menimcha hamkorlik bo'lish imkoniyati bo'lganda ham biz o'ylab ko'rardik. Bizning ular bilan did va yo'nalishlarimiz har hildek tuyuldi. Masalan, Bumboks yoki Gradusi guruhlari bilan jon deb hamkorlik qilgan bo'lardik.

Azeez AKA:
Vaqti kelib qilamiz ham.

SB.uz: Juda ham umidli rejalaringiz bor ekan. Ha, mayli. Uch kundan beri ijod qilib charchagandirsizlar. Sizlarni savollar bilan qiynab tashlamay. Javoblaringiz uchun rahmat. Ijodlaringizga omad tilayman.

Du TOR


Muallif: | Bo'lim: Intervyu | 216 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *