Zoda: Internet olamida sayr qilaman!
Bugungi bizning mehmonimiz, iste’dodli yosh xonandalarimizdan biri, “Orzu”, “Jonginam”, “Sezaman” taronalari ila bizga anchayin tanilgan hamda qalbimizdan chuqur joy olgan ZODA. ZODAni savollarga ko'mishdan avval, u haqida qisqacha ma'lumot bersak. 1985 yil 15-oktyabrda toshkent shaxrida tavallud topgan Zoda, yoshligidan musiqaga juda ham qattiq qiziqib keladi.
- San'atga bo'lgan qiziqishingiz, yoki bo'lmasam san'atga kirib kelishingiz haqida... - Yoshligimdan san’atni juda ham qadrlaganim uchun qo'shiq kuylashni juda ham yoqtirganman. Oliygohni tugatgach, estrada olamidagi o'zimning ilk faoliyatimni boshladim. - Ijodingizdagi so’nggi yangiliklardan muxlislarni voqif etsangiz. - Juda ham ma’yus qo'shiq ijro qildim, tez kunlarda muxlislarimni mana shu yangi "Seni qalbing" deb nomlanmish tarona bilan xushnud etaman... - Bojalar bilan duet tarona ijro etdingiz. Ushbu duet haqida nima deya olasiz? - Menga “Bojalar” guruhining ijodi juda ham yoqadi, ular bilan do’stmiz... Shu tufayli duet ijro etish bo'yicha g'oya tug'ildi hamda biz birgalikda ushbu duetni ijro etdik. - Kelajakda yana duet ijro etsangiz, duetdoshingiz kim bo'lishi mumkin? - Bu savolga aniq javob berishim qiyin. Lekin kelajakda yana duet aytish niyatim yo'q emas... - Sizning ijroingizdagi qo’shiqlar ichki dunyoingizga mos keladimi? - Ha. Deyarli barcha qo'shiqlarim ichki dunyoimga mos keladi. Agar siz o’sha ijro etayogan qo’shig’ingiz qalbingizdan chiqmasa, siz uni muxlislarga yetkazib bera olmaysiz. Bundan kelib chiqadiki, qo’shiqni ich-ichidan ijro etish lozim. - Estradada sizning eng yaqin do'stlaringiz? - Barcha san'atkorlarni o'zimga do'st deb bilaman. - 14 fevral, Sevishganlar kuniga ham oz qoldi. Tabiiyki, hamma sevadi va seviladi. Shu o’rinda bir savol tug’iladi: sevgan insoningiz bormi??? - Sevgi-muhabbat mavzusida juda ham ko’p gapirish mumkin. Biroq, shaxsiy hayot - bu shaxsiy hayot. Shuning uchun ushbu savolga javob bermayman. - Oilangizdagilarni sizning san'at sohasidagi qadamlaringizga bo'lgan fikrligi qanday? - Mening ushbu sohada ijod qilishimga oila a'zolarimning hissasi juda ham katta. Ular meni hamisha qo'llab quvatlaydilar. Shunday oilada tavallud topganimdan baxtliman. Ayniqsa, opalarim doimo yonimda. Ularga ham rahmat! - Darvoqe, oila-a’zolaringiz haqida so’rashni unutibmiz. Ozgina shu haqda ham ma’lumot bersangiz. - Oilada 3 ta qizmiz, shulardan eng kichigi hamda eng erkatoyi o'zim bo’laman (kuladi).
 - Hozirgi kunda deyarli ko'pgina taniqli insonlar kinoda rol ijro etmoqda. Adashmasam sizni suratingizni "Olovuddinning sehrli chirog'i" filmining afishasida ko'rib qoldim... - Ushbu filmga qolgan san'atkorlar qatorida men ham chaqirildim. 2 kun davomida ushbu filmda suratga tushdim. O'ylaymanki tomoshabinlarga ushbu film juda ham yoqdi va yoqib kelmoqda... - Demak, aktrisalik borasida ham o’zingizni sinab ko’rdingiz. Kinoga takliflar ham ko’paygandir??? - Ha, kinoga takliflar bo’lyapti. Biroq, ularning hammasiga ham rozilik beraverish bu yaxshi emas. Yaqinda yana bir taklif bo’ldi, taniqli kinorejissordan. Hozircha u rejissor kimligini va qanday filmga taklif tushganligini ma’lum qilmayman. Vaqti kelganda o’zingiz hammasini bilib olasiz. - Siz odatda kayfiyatga qarab ish tutasizmi? - Ha. Agarda kayfiyatim bo'lmasa, to'grisi hech qanday ishga qo'l urmayman. - Sizningcha insondagi muhim hislatlar bu - ...... - Insoniylik hamda mehribonlik... Ushbu hislatga ega insonlar bilan suhbat qurish o'zgacha... - Qaysi guruh va xonandalarni ijodini qadrlaysiz? - “Yalla” guruhini yoshligimdan buyon yoqtiraman. Ular men uchun “KUMIR”. Xorij hamda o'zbek estradasini tinglayman... - Ko'pchilikni qiziqtirayotgan savol... ZODA internetda o'tiradimi??? - Ha, bo'sh vaqtim bo'lganida internet olamida sayr qilib turaman. Bu juda ham o’zgacha olam!!! - Radio tinglaysizmi? Agar tinglasangiz, odatda qaysi radioni ko'proq??? - Radio eshitib turaman. Ayniqsa O'zbegim taronasi radiosini... - O'z muxlislaringizga tilaklaringiz? - Omad, baxt, muhabbat... dunyodagi barcha eng ezgu va yaxshi tilaklarni tilab qolaman... - Ajoyib hamda qiziqarli suhbat uchun tashakkur... Shaxsiy hayotingizga baxt, ijodingizga esa omad... - Sizga ham rahmat!
Jahongir (JET) suhbatlashdi  Ìîé Ìèð
| Joylashtirdi: Mirtohir Mirgulamov Sana: 13.02.2007 O’qishlar soni: 6195 | |  | |
|