"Smile"da Farruh Zokirov!!!
"Smile" on-line radiosi juda ham qisqa fursat ichida o'z mavqeiga ega bo'ldi. Bugun uni nafaqat estrada yulduzlari, balki butun dunyo tan oldi, deb bemalol aytishimiz mumkin. Bugun butun dunyodan muxlislar "Smile" on-line radiosini tinglagan holda O'zbekiston Xalq artisti Farruh Zokirov bilan suhbatlashish imkoniga ega bo'lishdi.
Anchadan buyon ajoyib san'atkorimiz bizning radioimizga tashrif buyurishni va'da berib kelayotgan edilar. Buni qarangki, "Smile"ning 2 oylik bo'lishiga atayin tashrif buyurgandek, bugun bizning mehmonimiz bo'ldilar. Avvaliga Farruh Karimovich internetni yaxshi tushunmaganliklari internet va bizning portal, qolaversa "Smile" radiosi haqida tushuntirib berishimizni so'radilar. Barchasini tushuntirib bergach, suhbatlashish uchun radio studiyasiga tashrif buyurdilar. Suhbat 1 soatdan oshiqroq davom etdi. Intervyudan so'ng Farruh Karimovich o'z xissiyotlari bilan o'rtoqlashar ekanlar shunday dedilar: "Bilasizmi, men juda ham qoyil qoldim. Menga sizning portalingiz va radioingiz juda ham yoqdi. Butun dunyodagi muxlislarimiz bilan muloqatda bo'lish anchayin zavqli ekan. Men bunday bo'lishini kutmagan edim. Nasib qilsa albatta tez kunda yana tashrif buyuraman".

Suhbat chog'ida tushirilgan fotosuratlarni tomosha qilish  Ìîé Ìèð
| Joylashtirdi: Mirtohir Mirgulamov Sana: 01.11.2006 O’qishlar soni: 2559 | |  | |
|