English Russian Uzbek

Siz haqingizda

Xush kelibsiz,
Mehmon

Ro’yhatdan o’tish yoki kirish

_BLOGIN

Hamkorlarimiz

REKLAMA

Ovoz berish!

Forum.SB.uz loyihasi borasida fikringiz...

Yangi sistemada ishga tushirish kerak
Moderatorlarini yangilash lozim
Faqat shou-biznesga aloqador forumga aylantirish kerak
Yangi mavzularni tashkil etish lozim
Hozirgi turgan holati ham chakki emas
SB.uz uchun forum kerak emas


Natijalar
Boshqa so’rovnomalar

Umumiy ovozlar: 200
Izohlar: 10

REKLAMA



Bosh sahifa  Yaxshisi    Mashhurlari   Ro’yhat  
Yangiliklar » Intervyu
Mamazoitovalar xonadoniga tashrif
GulsanamPortalimizning bugungi mehmonlarini siz ancha yaxshi taniysiz. Ularning san’atidan, ijodlari va shaxsiy hayotlaridan ham ozmi ko’pmi xabardorsiz. Biroq biz bugun sizga bu ikki san’atkorning sizga tanish bo’lmagan qirralari haqida so’z yuritamiz. Xo’sh, aka-singil bir-birlariga qay darajada o’xshaydilar? Ularning tabiati ham hamohangmi yoki unda farq bormi? Bu farqlar aynan nimada ko’rinadi? Bu haqda xonandalarning o’zigina emas, balki ularning oila a’zolari ham fikr bildiradilar. Quyidagi ma’lumotlar asosida ushbu savollarga birgalikda javob izlashga harakat qilamiz. Demak, Otabek Muhammadzohid va Gulsanam Mamazoitova.

MAMAZOITOVLAR XONADONIGA TASHRIF.
Sahifamizning bugungi mehmonlarini siz ancha yaxshi taniysiz. Ularning san’atidan, ijodlari va shaxsiy hayotlaridan ham ozmi ko’pmi xabardorsiz. Biroq biz bugun sizga bu ikki san’atkorning sizga tanish bo’lmagan qirralari haqida so’z yuritamiz. Xo’sh, aka-singil bir-birlariga qay darajada o’xshaydilar? Ularning tabiati ham hamohangmi yoki unda farq bormi? Bu farqlar aynan nimada ko’rinadi? Bu haqda xonandalarning o’zigina emas, balki ularning oila a’zolari ham fikr bildiradilar. Quyidagi ma’lumotlar asosida ushbu savollarga birgalikda javob izlashga harakat qilamiz. Demak, Otabek Muhammadzohid va Gulsanam Mamazoitova.
- Ilk bor necha yoshda kuylagansiz?

Otabek Muhammadzohid: - 2 yoki 3 yoshimda bo’lsa kerak. Tilim chiqar chiqmas Xayrulla Lutfullaevning «Kelarmi yor gul ko’tarib izlamasang» qo’shig’ini xirgoyi qilgan ekanman. 4 yoki 5 yoshimda Kamoliddin Rahimovning «Vatan» qo’shig’ini ijro etganman.

Gulsanam Mamazoitova: - Katta sahnaga 11 yoshda chiqqanman. O’avaskor sifatida tilim chiqqandan boshlab kuylaganman.

- Oilada kim erkaroq?

 O. M. - Menimcha Gulsanam erkaroq. Chunki u kenjatoy.

 G. M. - Akam erkaroq. Aytgani aytgan degani degan, chunki u oiladagi yagona erkak, bitta o’g’il.

 
 - Ularning qay biri o’jarroq deb o’ylaysiz?
 

Mana shu yerida suhbatga Gulsanamning akasi Otabek Muhammadzohid qo’shildi:

- Onajonimning fikrlariga qarshi chiqmoqchi emasman-u, ammo men Gulsanamni professionalroq deb bilaman. Chunki uning suyagi katta sahnada qotgan.    

Oiladagi san’atkor akasi va singlisiga birinchi tanqidchi Go’zalxon Mamazotova ham bizning «tesha tegmagan» savollarimizdan qochib qutulolmadi. Uning fikri siz uchun ham qiziq bo’lishi aniq:

- Siz ularning biriga singil, biriga opasiz. Qay birining qo’shiqlari dilingizga yaqinroq?

- Har ikkalalarining qo’shiqlarini ham ashaddiy tinglovchisiman. Bundan boshqacha ham bo’lishi mumkinmi?! 

- Singlingiz bilan kam ko’rishasiz... Alam qilmaydimi?

- Sog’ingan paytlarim ko’p bo’ladi, lekin bolaligimizdan san’atkorlar oilasida katta bo’lganimiz uchunmi, biz bunga ozmi-ko’pmi ko’nikkanmiz. Hohlagan paytimda uni ko’rolmasligim meni ko’p qiynaydi. Yaxshiyam uni teleekran orqali doim ko’rib turaman va har kuni telefon orqali gaplashib turaman.  

- Singlingiz bilan oxirgi marta qachon tortishib qolgansizlar?

- Tortishuvlar tez-tez bo’lib turadi albatta. Ammo keyingi paytlarda kam ko’rishganimiz uchun, uning Farg’onaga oz muddatda kelishini yaxshi tushunganim uchun, u bilan tortishib qoladigan paytlarda ham yon beraman, uni ranjitishni hohlamayman.   

- Akangiz bilan ularning qaysi fazilatlari bir-biriga juda yaqin?

- Ularning tasavvurlari (fantaziyalari) xarakterlari, ya’ni aynan, musiqa va yaxshi matnni jon-jahdlari bilan tinglashlari, san’at borasidagi bilimlari... Ular deyarli bir odam. Gulsanam bu - akam, akam bu - Gulsanam!   

Ana shunaqa gaplar. Sinchkov muxlislarimiz yana bir inson qolib ketdi-ku, deb o’ylayotgan bo’lishsa ajabmas. Yuqoridagi javoblarga qo’shimcha qilish uchun biz Otabek Muhammadzohidning turmush o’rtog’i Oydin Mamazoitovani savolga tutdik:

- San’atkorning rafiqasi bo’lish oson emas. Rashk qilsangiz kerak?

- To’g’ri. Rashk qilaman. Busiz iloji bormi? (kulib)

- Muxlisalar o’jarroq bo’lishadi... Tinimsiz qo’ng’iroq, xat yozishlarga qanday qaraysiz?

- Bunday vaziyatlar ko’p bo’ladi. Ammo jahl qilmayman. Axir ularning ishi shunaqa. Faqatgna o’ta befarq emasligimni bildirib turaman. (shirin jilmayadi)  

- Aka-singilning qay tomonlari o’xshash deb o’ylaysiz?

- Xarakterlari chindan ham o’xshab ketadi. O’jarliklari, bir narsani qilaman, degandan keyin mana shu so’zda qattiq turib olishlari ham bir xil. 

- Ularning qay birlari bilan til topishish osonroq?

- (kulib yuboradi) Gulsanam opam bilan.

- Nega aynan shunday deb o’ylaysiz?

- To’g’ri, Otabek akam bilan ham til topishamiz, ammo Gulsanam opam bilan sirdoshmiz. Ular menga kelinga qaraganday qaramaydilar, balki shuning uchundir?!

- Gulsanam bilan tez-tez uchrashishning imkoni yo’q. Ko’rishganlaringda odatda nima haqda gaplashasizlar?

- Telefonda ko’p gaplashamiz. Odatda so’zlashuv hol ahvol so’rashishdan boshlanadi. Mening ko’p beradagan savolim: «Sog’indik, qachon kelasiz?»   

- Qanday harakterlaridan hayratlanasiz?

- Bilmadim... o’alati savol ekan...

- Turmush o’rtog’ingiz ijrosidagi yangi qo’shiqning ilk tinglovchisi kim?

- Ilk tinglovchisi onajonimiz bo’ladilar.

- Otabek o’jarroq. Keyin ancha shoshqaloq ham. Gulsanam sofdil, ishonuvchan. Uning mana shu fe’li ko’p hollarda omad keltiradi.  

- Yoshliklaridagi biror qiziq vaqeani xotirlay olasizmi?

- Bunday voqelar ko’p bo’lgan. (biroz o’ylanib) Otabekni doim konsertlarga olib borardim. Katta bir sahnada «Munojot»ni kuylayotsam davrada o’tirganlar «qiz tushmagur yaxshi aytarkan» deyishsa, Otabek ularga qarab «o’sha qiz meni onam bo’ladi», degan ekan. Keyin o’zaro gapirib rosa kulishganmiz.    

- Farzandlaringizning el ardog’idagi san’atkor bo’lib yetishishlarini ona sifatida ilk bor qachon sezgansiz?

- Bog’chadan boshlab ikkalasida ham bunga layoqat, qiziqish borligini sezardim. Ular bog’chani ham o’zlarining kichin «sahnasi» qilib yurishardi. Gulsanamni o’sha paytdayoq ashulachi deyishardi. 

- Sizningcha ularning qay birlari professional?

- Men baribir Otabekni pirofessional, deb bilaman, Gulsanamga akasi she’rda ham, musiqada ham o’z maslahatlarini berib keladi. Biroq Gulsanam ham o’ziga yarasha bilimga ega, mana konservatoriyaning bakalavrlik bosqichini tugatib, hozirda aspiranturaga harakat qilyapti.

- Ijroingizdagi duetni muxlislar qachon tinglashlari mumkin?

O.M. - Mana shu savolga tayinli javob berish qiyin. Ikkalamiz aytishimiz mumkin bo’lgan «Zamin» haqida qo’shiq bor. Buni «Zamin yulduzlari shou dasturi»ga tayyorlashimiz mumkin. Ammo uning qachonligi noma’lum.

G.M. - Nasib qilsa tez orada aytsak kerak.

- Kim ko’p kitob o’qiydi?

O.M. - Bu nokamtarlik bo’lmasin-u, lekin kitobni men ko’p o’qiyman.

G.M. - Akam ko’p o’qiydilar. Bu yolg’on maqtov emas. Ular falsafiy kitoblarni yaxshi ko’radilar. O’zlari sevib o’qigan kitoblarini keyin menga o’qitadilar. (kuladi)

- Nimadan qo’rqasiz?

O.M - Allohning qahriga uchrashdan qo’rqaman.

G.M - Iymonni yo’qotishdan qo’rqaman.

- Qaysi san’atkorni ko’proq tinglaysiz?

O.M. - Ular ko’p. Ibrohim Tatlises, Sherali Jo’raev, Rasulqori Mamadaliev.

G.M. - YAxshi ijro qiladiganlarni hammasini tinglayman.

- San’atdan topgan pulingizni ilk marotaba nimaga sarflagansiz?

O.M. - Men har doim topgan pulimni onamga olib kelib beraman. Ishonchim komilki birinchi topganimni ham onamga berganman.

G.M. - Uy sotib olganman.

- Yoddan qancha she’r bilasiz?

O.M. - Bilmadim, sanab ko’rmaganman.

G.M. - Aniq sonini bilmayman.

- Vazningiz qancha?

O.M. - Men 50 bilan 60 kilo vazn orasida turaman. Doim bir xil vaznimni saqlab qololmayman.

G.M. -54 kg

- Nechta xorijiy tilni bilasiz?

O.M. - Agar rus tili ham xorijiy tillar sirasiga kirsa rus va turk tillarini bilaman.

G.M - Xorijiy tilni endi o’rganish niyatim bor. Ammo rus tilida erkin gaplashaman.

- YAngi yozgan qo’shig’ingizdan ko’nglingiz to’lmayapti... Nima qilasiz?

O.M. - Bunday chog’larda, bu qo’shiqdan yuz o’girib, boshqa qo’shiq ustida ish boshlayman.

G.M. - Ijodkor odamning ijoddan ko’ngli to’lmaydi, bo’lmasa ijoddan to’xtab qoladi.

- Qaysi rangni yoqtirasiz?

O.M. - Hamma rangni yoqtiraman. Ammo ko’proq yashil rang e’tiborimni tortadi.

G.M. - Hamma rangni yoqtiraman. Hamma rang menga yarashadi.

- Iqtisodiy inqirozdan qanday chiqib ketasiz?

O.M. - Iqtisodiy inqiroz paytida eng to’g’ri yo’l bu - sabr va aql bilan ish ko’rish. Shunga amal qilaman.

G.M. - Oilam va yaqin do’stlarim ko’magida chiqib ketaman.

- Siz uchun baxt nima?

O.M. - Bu avalo onamning borliklari, oila a’zolarimning sog’ salomatliklari va qolaversa, o’zim sevgan ishim bilan xalqimizga xizmat kelayotganligim.

G.M. - Mana shu yashab turganim, inson bo’lib yaralganim, hammasi baxt.    

Aka-singil bilan suhbatimizni shu yerda yakunlab turishimizga to’g’ri keldi. Sababi farzandlarini onachalik hech kim yaxshi bilmaydi. Xo’sh, o’g’li va qizi haqida ona nimalar deydi? Demak, endi savollarimizga Marhaboxon aya Nurieva javob beradilar:

- Kim onasiga-yu, kim dadasiga o’xshaydi?

O.M. - Meni ko’p jihatdan onamga o’xshatishadi.

G.M. - Onamga o’xshatishadi. Akamni bilmadim.

- Ikkalangiz ham el xizmatidasiz. Ashaddiy muxlislar borasida kim rashkchiroq?

O.M. - Kamina bu borada chindan ham juda rashkchiman.

G.M.- Akam albatta (kulib), bu haqda yaxshisi o’zlari gapiraqolsinlar.

- Odatda kim kech uyg’onadi?

O.M. - Kech turaman. Ammo Gulsanamdan vaqtliroq. (kuladi)

G.M. - Akam erta turadilar. Esimni taniganimdan beri ularni kech turganlarini bilmayman. Men bo’lsam kech o’yQonaman. Tabiatan shunaqaman.

- So’nggi marta qachon yig’lagansiz?

O.M. - Men Gulsanamni katta sahnada yoki televideniyada ko’rganimda doim ko’zimga yosh keladi. Masalan, o’tgan yili konstitutsiya bayramida katta sahnada jonli ijroda kuylaganida o’pkam to’lib, ko’zimga yosh keldi. Negadir bunga shunchaki ko’nokolmayman. Vaholangki, bu men uchun oddiy hol bo’lib qolishi kerak edi.   

G.M.- Qurbon hayitida bobomning qabrlariga borganimda, o’pkam to’lib yig’ladim...

- Singlingiz (opangiz)ning san’atga aloqasi yo’q. Kimni ko’proq tanqid qiladi?

O.M. - Tanqidga loyiq ish qiladigan bo’lsak, ikkalamizni ham tanqid qiladi.

G.M. - Akamni ham meni ham ayamay tanqid qiladi. Chunki u xalq!

- Kuylangan qo’shiqlar soni kimda ko’proq?

O.M. - Albatta menda!

G.M. - Akamda ko’proq deb o’ylayman. Aytilganlari-yu, aytilmaganlari qancha...

 

P/S: Mana siz Mamazoitovlar xonadoni barcha a’zolarining fikri bilan o’rtoqlashdingiz. Otabek Muhammadzohid va Gulsanam Mamazoitovaning qarashlari, o’y-fikrlari ham hukmingizga havola etildi. Ularda qanday farq yoki o’xshashlimklar borligini baholashni esa sizga qo’yib beramiz. Nima bo’lgan taqdirda ham har ikkala xonandaga samimiy suhbatlari uchun minnatdorchilik bildirib, ijodlariga omad, oilalariga esa xotirjamlik tilab qolamiz. 

Ravshanbek NURMUHAMEDOV suhbatlashdi


Bookmark and Share
dj_shaxzod (Mehmon)
Qo’shildi 17.11.2006 14:30 Izoh: 25
dj_shaxzod (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
maximum (Mehmon)
Qo’shildi 14.11.2006 20:34 Izoh: 24
maximum (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
kamina (Mehmon)
Qo’shildi 13.11.2006 15:39 Izoh: 23
kamina (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
zuhuz (Mehmon)
Qo’shildi 11.11.2006 06:58 Izoh: 22
zuhuz (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
__AXE_BOY__ (Mehmon)
Qo’shildi 10.11.2006 12:25 Izoh: 21
__AXE_BOY__ (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
zuhuz (Mehmon)
Qo’shildi 08.11.2006 14:25 Izoh: 20
zuhuz (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
uzbek (Mehmon)
Qo’shildi 07.11.2006 00:18 Izoh: 19
uzbek (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
asalbolakay_ (Mehmon)
Qo’shildi 04.11.2006 20:35 Izoh: 18
asalbolakay_ (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
benick (Mehmon)
Qo’shildi 02.11.2006 17:34 Izoh: 17
benick (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
__aks__ (Mehmon)
Qo’shildi 31.10.2006 12:03 Izoh: 16
__aks__ (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
sony (Mehmon)
Qo’shildi 28.10.2006 11:21 Izoh: 15
sony (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
Totti (Mehmon)
Qo’shildi 28.10.2006 04:17 Izoh: 14
Totti (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
Nasiba_USA (Mehmon)
Qo’shildi 22.10.2006 06:07 Izoh: 13
Nasiba_USA (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
Nasiba_USA (Mehmon)
Qo’shildi 22.10.2006 06:06 Izoh: 12
Nasiba_USA (Mehmon)

yaxshi lekin uzukka ko`r qo`ygande aaaaaaaaa |Checked by ASPero|
Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
Nasiba_USA (Mehmon)
Qo’shildi 22.10.2006 05:54 Izoh: 11
Nasiba_USA (Mehmon)

Shaxsan javobPastga Ïîäíÿòüñÿ ê íà÷àëó
Sizning izohingiz administrator tekshiruvi va ruhsatidan so’ng joylanadi.
Sizning ismingiz:
Izoh:
Kulgucha - 01 Kulgucha - 02 Kulgucha - 03 Kulgucha - 04 Kulgucha - 05 Kulgucha - 06 Kulgucha - 07 Kulgucha - 08 Kulgucha - 09 Kulgucha - 10 Kulgucha - 11 Kulgucha - 12 Kulgucha - 13 Kulgucha - 14 Kulgucha - 15 Kulgucha - 16 Kulgucha - 17 Kulgucha - 18
Yashirin kod:
Yashirin kod
Qaytarish:

REKLAMA

So’nggi xabarlar

Audio Time!
Portalimizning Audio Time loyihasida Otabek Mutalxo'jaevning "Kecha-kechalarda" hamda Jamshidning "Baxtliman" taronalari joy oldi. Bemalol tashrif buyurib, tinglashingiz mumkin.
Tinglash...
----------------------------------
Audio Time!
Portalimizning Audio Time loyihasida Bojalar - Durdona, Shahzoda - Lyublyu tebya, Oybek va Nigora - Netaman (Remix) hamda Otabek Mutalho'jaev - Ayt-ayt taronalari joy oldi. Hoziroq AUDIO TIME loyihasiga tashrif buyurib, tinglashingiz mumkin.
Tinglash...
----------------------------------
Audio Time!
Portalimizning Audio Time loyihasida Bojalar hamda Jamshid ijrosidagi yangi "Yona-yona" taronasi joy oldi. Ushbu tarona "Firibgar" filmi uchun navbatdagi soundtrack sifatida siz azizlarga eng birinchilardan bo'lib taqdim qilinmoqda. Bemalol tashrif buyurib, tinglashingiz mumkin.
Tinglash...
----------------------------------

REKLAMA

Tug’ilgan kunlar

3 oy 18 kun qoldi

Samandar
23 dekabr

Barchasini ko'rish

REKLAMA

Biz bilan aloqa

Portal ma'muriyati
info@sb.uz
REKLAMA BO'YICHA
E-Mail: reklama@sb.uz