Mirtohir Mirg'ulomov - www.Shou-bizneS.uz (SB.uz) portali muallifi, rahbari va bosh muxarriri. Toshkent shahrida tavallud topgan. 2002 yildan buyon Shou-biznes olamida faoliyat yuritadi. Avvaliga "Navro'z" radiosida efir boshlovchisi, so'ng "Tasvir" gazetasida Shou-biznes olamini yorituvchi muxbir sifatida faoliyat yurita boshladi. 2005-2006 yillarda 30-kanalda o'zining mualliflik ko'rsatuvi bo'lmish "Shou-biznes yangiliklari" dasturida boshlovchilik vazifasini ham o'tagan. Orada qisqa muddat "TAKSI" nomli ko'rsatuvda ham boshlovchilik qilgan. Undan tashqari "Yoshlar", "Sport" hamda "Toshkent" telekanallarida ham kichik sahifalarda teleboshlovchilik vazifasini o'tagan. "Baxt uchun million", "Fotima va Zuhra", "Romeo va Jul'etta", "Sug'diyona" hamda "Superkelinchak" badiiy filmlarida muxarrirlik vazifasini bajargan. Shuningdek, yuqorida tilga olib o'tilgan filmlar hamda "Jonim seni yoxud Egizaklar kinokartinasining matbuot kotibi ham hisoblanadi. Aktyorlik borasida "Baxt uchun million", "Jonim seni yohid Egizaklar" hamda "Romeo va Jul'etta" badiiy filmlarida o'zini sinab ko'rgan. Xonandalardan Sogdiana, Davron Ergashev, Aziza Jonim, Anora, Zoda va boshqa yosh ijodkorlarga matbuot kotibi sifati ham ish yuritgan. 2007-2008 yillarda "Hamroh" radiosida "Shou-biznes.uz" nomli mualliflik radioloyihasini efir yuziga olib chiqqan. Ayni kunda MCHJ "Elite media" rahbari hisoblanadi.
Jahongir (JET) 1986-yil Toshkent shaxrida tavallud topgan. Yoshligidan texnikaga qiziqib keladi. 2005-2010 yil davomida ZIYO Internet provayderida administrator, web-master, texnik direktor lavozimlarida o'z ish faoliyatini olib borgan. Tosheknt Axborot Texnologiyalar Universiteti Telekommunikatsiya fakultetini 2010-yilda tamomlagan hamda universitetning TATU radiosida texnik hodim, radioboshlovchi, musiqiy muharrir, bosh muharrirlik qilgan. Radioboshlovchilik bo'yicha 2008-yil Zamin FM radiosida malaka oshirgan. Internet tarmog'ida bir necha saytlar va loyihalar muallifi. Jumladan Qalbim navosi internet radiosi asoschisi. SB.UZ portaliga 2007 yil avvalida muxbir sifatida ish faoliyatini boshlagan. Hozirda portal texnik hamda marketing ishlari bo'yicha administratori. Hozirda ToshFARMIda internet tizimi mutahassisi, O'zbegim taronasi radiosida yordamchi hamda MCHJ "ELITE MEDIA"da texnika masalalar bo'yicha menejer, bosh muharrir.
Sharofiddin Tog'asharov (Sharofiddin.uz) - 9 avgust, 1987 yilda tavallud topgan. 2002 yilda maktabni 9-sinfini bitirib, Toshkent Moliya instituti qoshidagi Moliya akademik litseyiga o'qishga kirgan. 2005 yilda ushbu ta'lim muassasini EHM operatori mutaxassisligi bo'yicha bitirgan.
2006 yildan buyon Toshkent Moliya institutida tahsil oladi. Ayni paytda ushbu dargohning bitiruvchisi hisoblanadi. Yoshligidan shou-biznes olami uni befarq qoldirmagani sababmi, 2005 yildan buyon SB.UZ portalining muntazam kuzatuvchisiga aylanib qolgan. Shu vaqt oralig'ida dizaynerlik sohasida o'zini sinashga ulgurgan.
Dastlab u dizaynerlik faoliyatini Turkiston gazetasidan boshlagan bo'lsa, so'ngra "MAX PRINT" MChJ hamda Ma'rifat gazetalarida faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda bir vaqtning o'zida, "Talim-media" MChJda dizaynerlik qilish bilan birgalikda, SB.UZ portalida ham faoliyat olib boradi.