|
So'nggi paytlarda yoshlar orasida anchayin ommalashgan guruh bu "Benom" guruhi hisoblanadi. Mazkur guruh ijrosidagi har bir tarona qisqa fursatlarda muxlislar e'tiborini qozonmoqda. Sarvar va Komilning yangi taronasiga ishlangan klip ham TV kanallariga chiqqaniga ko'p bo'lmagan bo'lsada ommalashishga ulgurganligi tahsinga sazovor.
|
|
|
|
"Du TOR" guruhi jonli ijroda kuylash uchun doimiy ravishda tayyorgarliklar ko'rib bormoqdalar. Har kuni turli qo'shiqlarni jonli ravishda kuylab, o'z ustilarida ish olib bormoqdalar. Ulardan birini ijro etayotgan vaqtlarida videotasmaga ham suratga tushirishga ulgurdilar. Mana shu video bugun saytimiz orqali sizlarga taqdim etiladi.
|
|
|
|
Yosh guruhlardan biri bo'lmish "Fayzboja" o'zining ilk klipini taqdim etmoqda. Bugun ushbu guruhni ilk klipi tayyor bo'lganligi va hozirda hayajonli damlarni boshdan kechirayotganliklarini aytib o'tish o'rinli. Biz bu yosh yigitlarga omad tilagan holda ilk kliplarini sizlarga havola qilamiz.
|
|
|
|
Xabaringiz bor O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxon 12-13 May kunlari Qashqadaryo viloyatida 3 yillik sog'inilgan konserti bilan mehmonda edi. 12 may G'uzor tumani markaziy stadioni hamda 13 may Qarshi shahri stadionlarida bo'lib o'tgan konsert aytish joizki kutilgandanda ziyoda o'tdi.
|
|
|
|
O'z nomiga, o'z ijod uslubiga ega bo'lgan xonanda Farruh Ahmedov bugun o'z muxlislarini yana bir yangi qo'shig'iga ishlangan klipi bilan xushnud etishga qaror qilgan. Bu klip va qo'shiq bilan u sizni nafaqat xushnud etadi, balki o'ynatishni ham uddasidan chiqmoqchi! Buni u qanchalik uddalaydi, albatta qo'shiqni tinglagach bilib olasiz!
|
|
|
|
Yosh estrada xonandasi Abbosxon RnB yo'nalishida Sherzod ismli yana bir yosh ijodkor bilan birgalikda yangi qo'shiq kuyladi. "Yomg'ir" deb nom olgan mazkur tarona hozirda bir qator radio to'lqinlar orqali hamda internet saytlari orqali taqdim etilmoqda. Balki, siz ham shu qo'shiqni tinglashga ulgurgan bo'lsangiz kerak.
|
|
|
|
Portalimizning haqqoniy hit-paradi navbatdagi natijalarni e'lon qilishga tayyor. Bir oy mobaynida siz aziz muxlislar tomonidan berilgan ovozlar asosida tuzilgan hit-parad bilan tanishish fursati ham yetdi. Unda ishtirok etgan so'nggi 7 nafar hit taronalar qay ko'rinishda joylashganligini bilib olamiz. Keyingi "SUPER HIT-PARAD" loyihasida esa yanada faolroq ishtirok etishga taklif qilib qolamiz. Zero, sizning sevimli yulduzingiz ijrosidagi qo'shiqlarning hit-paraddagi o'rni sizning ovozlaringiz bog'liq!
|
|
|
|
Bugun saytimizdan Alisher Uzoqov, "Bojalar" guruhi hamda Yodgor Mirzajonovning yangi kliplari o'rin oldi. Har bir klip ham o'ziga xos ravishda suratga olingan bo'lib, ulardan 2ta yangi filmlar uchun saundtrek tarzida kuylanganligi e'tiborga molik.
|
|
|
|
Estradamiz mega yulduzi Rayhon ijod qilishga ham, o'z vaqtida xordiq chiqarishga ham vaqt topa olmoqda. Kecha Rayhon SB.uz portali uchun maxsus, eksklyuziv ravishda Xitoy safaridan fotosuratlarini faqat biz uchun taqdim etdi. To'g'ridan-to'g'ri Xitoydan yuborgan fotosuratlarini siz azizlarga taqdim etamiz.
|
|
|
|
Juda ham qisqa fursat ichida "Photo Cup" loyihasi mana 3-chempionatni ham o'tkazmoqda. 2 oy davom etayotgan har bir chempionat qiziqarli uchrashuvlarga boy bo'lmoqda. 3-chempionatning 1-turida ham kurashlar jiddiy kechdi. Shahzoda mag'lub bo'ldi, Rayhon durrangga imzo chekdi. Ziyoda g'olib chiqdi! Murosasiz kurashlar haqida batafsil ma'lumot beramiz endi.
|
|
|
|
Estradamiz xonandasi, so'nggi paytlarda reytingini ancha yuqorilab borayotgan Dilso'zning yoshi ham bir yoshga "yuqoriladi", aniqrog'i yana bir bahorni qarshi oldi. Bugun u o'z yaqinlaridan iliq tilaklar eshitish uchun majbur! Bugun Dilso'z tavallud topgan!
|
|
|
|
Bizning doimiy hamkorimizga aylanib ulgurgan "Nirvana" musiqiy do'konlari tarmog'ida yana yangi albom sotuvga chiqdi. Navbatdagi to'plam yosh xonanda Ulug'bek Ismailov qo'shiqlaridan tashkil topgan "Rozi-rozi" nomli albomdir.
|
|
|
|
Yosh xonanda Botir bugun 2012 yilning 7 may kunida o'z tavallud kunini nishonlamoqda. Biz bugungi bayramona kun bilan Botirni chin dildan muborakbod etgan holda unga eng ezgu tilaklarni bildirib qolamiz.
|
|
|
|
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxon navbatdagi milliy taronasini yozib tugatdi. "Aylanib ketoyin - o'rgilib ketoyin" - yangi qo'shiq shunday nom oldi. Bu safar ijro etilgan milliy taronaning so'zlariga e'tibor yanada ko'proq qaratilganligi bilan ajralib turadi.
|
|
|
|
Ulug'bek Rahmatullaev o'zi bilmagan holda internet yulduziga aylandi. Yaqinda qo'shni davlatlardan biri, Ozarbayjondan kelgan Zaur ismli bir yigit Ulug'bek Rahmatullaevni bir yangilik bilan ham hayratga soldi, ham hursand qildi. Uni endi xorijda YARIM MILLION muxlisi bormi?!
|
|
|
|
Oybek Nigoraga sovchi qo'ydimi yoki Nigoraga boshqa joydan sovchi keldimikin, bunisi bizga qorong'u. Ammo, Oybek va Nigora yangi qo'shiqlari tez orada muxlis hukmiga havola qilinadi. Bu qo'shiq "Sovchi" deb nomlanganligi esa ayni haqiqat!
|
|
|
|